Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

Qish mavsumida bolan

1. Qish mavsumida bola organizmi ayniqsa C vitaminiga zor bo'ladi. Shunday ekan bolaga C vitaminiga boyitilgan sharbatlardan berib turish kerak. C vitamini immunitetni kuchaytiradi, modda almashinuvini yaxshilaydi. Undan tashqari namatak damlamasi, smorodina murabbosi, klyukva va brusnika sharbatlari vitamin C ga boy hisoblanadi.

2. Ko'rish qobiliyatiga va terining holatiga ta'sir qiluvchi A vitamini ham bola organizmi uchun zarur. Uning asosiy manba'lari sariq yoki olov rangdagi meva va sabzavotlar, ya'ni sabzi, turshak, qovoqlardir. Lekin sabzini bolaga har kuni berish man etiladi. Me'yoridan ortiq sabzi bola jigariga og'irlik qiladi.

3. Quritilgan mevalar qish mavsumida ayni muddaodir. Olimlarning ta'kidlashicha, kuniga 14 gramm yeyilgan quruq mevalar organizmni C, P, PP va E vitaminlarga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondiradi. Undan tashqari turshak va olxo'ri qoqisi ich qotishdan yaxshi vosita, anjirning qoqisi esa buyrak kasalliklarida davolovchi vositadir.

4. Malina istma tushuruvchi bezarar vosita.

5. Qora magiz gemoglobini past bo'lgan bolalarga juda foydali.

Meva va sabzavotlar nafaqat vitaminlarga boy, balki kaliy, mis, sink, ftor kabi minerallarga boy. Meva va sabzavotlar oshqozon-ichak tizimini yaxshilaydi, hazm qilish funksiyasini normallashtiradi.

Bolani kuch bilan ovqatlantirishdan foyda yo'q, bola yaxshi ko'rib ovqatlansagina yeyayotgan ozuqasining foydasi tegadi.

Qanday qilib kun mobaynida bolaga iloji boricha ko'proq meva va sabzavotlarni yedirish mumkin?

Ertalabki nonushta:
Bolaning har kuni yeydigan kashasi, tvorog yoki tayyor sutli myuslisiga quruq mevalarni maydalab solish, muzlatilgan reza mevalardan qo'shish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kunduzgi nonushta:
Sabzavotli sho'rvaning foydasi juda katta. Buning uchun sabzavotlarni 6-8 xilini mayda to'g'rab o'simlik yog'ida 5-10 daqiqa davomida qovurib olamiz. Keyin suvda qaynatib ta'mga ko'ra tuz yoki qaymoq qo'shib bolaga yediramiz. Yoki sabzavotlarni mayda to'grab qasqonda dimlab, baliq yoki go'shtli kotletlarga rangbarang garnir sifadida bersa bo'ladi.

Tushlik:
Kechka yaqin yengil taomlar qo'l keladi. Masalan, sabzavotli zapekanka, gul karamlik omlet, teftel, sabzavotli pirog.

Ovqatdan keyin sharbat ichirmang. Sharbatlar ovqatni bijg'itib bola qornida yoqimsiz holatni keltirishi mumkin. Uni o'rniga quruq mevalardan tayyorlangan damlamalar juda foydali bo'ladi.

Shamollash ko'paygan paytda loviya haqida unutmang. Loviya qonda virusga qarshi moddalarni ishlab chiqarishni kuchaytiradi va organizmni viruslardan asraydi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu's Avatar
    • MEN TAVSIYA QILAMAN
    • maxsus mujskoy shampun olmaymiz heldn shoulders kerasys hamda jenshenlii maxsus davolovcji shanpun iwlatamiz. lekin ancha yillardan.beri koreyskiy shanpun iwlatsam ham lekin maslahatim bow uchun shanpunni hilma hil qilib iwlatiish kk manaman deganiyam bazan yaxshi natija bermaydi
    • Ummu
    • Lily's Avatar
    • O'zim haqimda
    • hozircha shu ikkita chiccolarimi katta qilib olay, bugun chillamiz chiqdi o'zi. ozim ham hohlayapman ln bu bollarim bn yaxshi shugullanmoqchiman
    • Lily

Davomi »