Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

egizaklar

Tabiiy tug'ilgan bolalar orasida egizaklar juda kam bo'ladi. Egizaklar tug'ilishi ajoyib bir mo'jiza bo'lishi bilan bir qatorda ota-onadan katta kuch va sabrni talab etadi.

Quyidagi maslahatlar egizaklarni katta qilishda yordam bera oladi:

1. Reja va tartib. Oilada bitta chaqaloq tug'ilsa juda qiyin. Ikkita va undan ko'p bo'lsa-chi? U holda ota-ona egizaklarni ovqatlantirish va uxlash davrlarini birlashtirishga harakat qilishi lozim. Asta sekinlik bilan egizaklar bunga o'rganadi. Chaqaloqlar tartibga tez odatlanadilar. Muhimi, ota-onaning bunga yondashuvi. Tartib va rejani astalik va mehr bilan o'tkazish lozim.

2. Ikkala chaqaloqni bir vaqtda emizish mumkin. Albatta ikki chaqaloqni ko'krak sutiga tutqazish juda katta mahoratni talab etadi. Shuning uchun birini ko'krakka qo'yib, ikkinchisini esa ko'krakdan sog'ilgan sut bilan butilkadan emizsa bo'ladi. Ikkala chaqaloq shunda onaning yonida bo'lishi muhim. Lekin keyingi emizishda chaqaloqlar o'rin almashadi, ya'ni biri butilkadan, biri esa ko'krakdan emadi.

3. Bir joyda uxlatish. Egizaklar chaqaloqligidan bir joyda uxlasa, yaxshiroq uxlaydilar. Birini uyqusi ikkinchisiga ham "yuqadi". Undan tashqari egizaklarni albatta egizaklar aravasida olib yurish lozim. Alohida aravada emas.

4. Egizaklar ko'pincha muddatidan oldin tug'ilgani sabab ularning nafas olish(o'pka) tizimida muammolar bo'lishi mumkin. Bunga e'tiborliroq bo'lish kerak.

5. Egizaklar kasalliklari bir-biriga oson yuqadi. Bir chaqaloq kasal bo'lib qolsa, imkon qadar ikkinchisini undan uzoqlashtirish lozim. Bu bilan kasallikni 100% foiz oldini olib bo'lmasa ham, lekin xavfni kamaytirsa bo'ladi.

6. Egizaklar bir xil bo'lgani bilan, ular juda har xildir! Hech qachon egizaklarni solishtirmang. "Akasi bunday, ukasi esa bunday emas," deyish noto'g'ri. Kelajakda ham ularning qiziqish va dunyoqarashi turlicha bo'lishini rag'batlantiring. Ikkisini bir maromga keltirmang. Ular hech qachon bir xil bo'la olishmaydi, ularning go'zalligi ham shunda! 

7. Egizaklarni katta qilish yildan yilga osonlashaveradi. Agar boshida egizaklar bilan ota-ona juda qiynalsa, yillar o'tgan sari bir farzandi bor ota-onadan ko'ra egizagi bor ota-onaga oson bo'ladi. Bu davr ularning 2 yoshidan so'ng keladi. 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Love you baby's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • She’riyat olami: РАМАЗОННИ СОҒИНГАНЛАР. Аллоҳ ризосинга зорман, Гуноҳим бисёр иқрорман. Орангизда мен хам борман, Рамазонни соғинганлар. Берсаларда тилло кўза, Ичмай шароб, тотмай бўза. Нақадар бахт тутмоқ рўза, Рамазонни соғинганлар. Шеърга излайвермай ташбеҳ, Виждон менга берур танбеҳ. Дер зикр қил айтгил тасбеҳ, Рамазонни...
    • Love you baby
    • Самира's Avatar
    • Homiladorlikda teri muammolari
    • Аптекалардан суранг. Иложи булса интернетдан уқиб узизга мосини танлаб номини ёзиб олиб борсайиз янаям яхши.
    • Самира
    • Самира's Avatar
    • So'z tuzish o'yini
    • Офарин Зизи... Қани суз усталари... Ф.А.Х.Д.
    • Самира
    • muslima1's Avatar
    • Tug'ish hikoyalari-3 konkursi go'libini aniqlash
    • 14 kishi voz beribdi lekin g'olib hali ham aniq emas, 3 kishida ovozlar soni teng omad kimga kular ekan, 1 kishi balki 1 kishini ovozi barchasi hal qilar ovoz bermaganlar ovoz berishga shoshiling!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Allergik bronxit
    • InshaAlloh hech nima qilmaydi, Alloh shifo bersin deb ichirng, suv ichirsangiz ham shunday deb ichirsangiz Alloh shifo beradi o'zi shundoq ham bilsangiz kerak etdim qo'ydimde😊
    • muslima1

Davomi »