Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Chaqaloq "injiqliklari"

Chaqaloq ham injiq bo'ladimi? Yo'q, albatta. Lekin uning ba'zi qiliqlari ota-onani qiynab qo'yishi mumkin. Nima qilsa bo'ladi?

Yangi tug'ilgan chaqaloqda sekin-sekin odat va qiliqlari paydo bo'la boshlaydi.

Shunda ba'zi ota-onada har xil qo'rquvlar yuzaga chiqa boshlaydi.

  • Qo'lga o'rgatib qo'ymadimmi?
  • Bizning karavatda uxlashga o'rganib qoldimi?
  • Qo'lda ko'tarib uxlatishga o'rgatib qo'ymadimmi?
  • Ko'krakni o'ynab emishga odatlanib qolibtimi?
  • Uyquda ham ko'krakni qo'yib yubormay uxlashga o'rganib qolmadimi?
  • Tongda bozni oldimizga yotib olishni odat qilib qo'ymadimi? 
  • va boshqalar...

"Voy, bu kichkinagina bo'lib qo'lni biladi-ya", degan gapni ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak.

Aslida chaqaloq kichkinagina bo'lib qo'lga o'rganib oladi emas, u qorinda yotganida doim onasining bag'rida bo'lgani uchun bu dunyoga kelib o'sha eski o'rgangan holatini qumsaydi. Shunga onasini qo'liga talpinadi va qo'lda tinchlanadi.

Chaqaloq hali o'ylashni yoki hiyla ishlatishni bilmaydi. U nima qilsa ham refleks asosida yoki ehtiyojidan kelib chiqib qiladi. Emib uxlamoqchimi, demak shu kunlarda bunga ehtiyoji bor. Ko'krakni o'ynab yotibdimi, demak onasiga yaqinroq bo'lishni istayapti.

Chaqaloqlar shunday tez kattaradiki, bu kabi odatlari bir zumda o'tib ketadi. Bir yil davomida o'tmasa ham, bir kun o'tib ketadi. Keyin, "Kel, birga yotamiz," desangiz ham qochib ketadigan paytlari ham keladi.

Qadrlang! Bolaning chaqaloqlik davrini qadrlang. Nima istasa, bajaring. Chaqaloqlik davr inson hayotidagi ehtiyoji eng kam bo'lgan davrdir. Bu payt unga faqat mehr va yegulik kerak, xolos. Mana shu 2 dona ehtiyojni bajara olmaydigan yoki bajarib o'rgatib qo'yishdan qo'rqadigan ota-ona bola oldidagi burchini bajara olmayotgan hisoblanadi.

Ahir chaqaloqqa supurilgan hovli yoki pishirilgan manti, yoki qimmatbaho karavot va o'yinchoqlar emas onaning mehrga to'la bag'ri kerakliroqdir. Manti, hovli hali butun umr oldingizda. Uydagilar ham shuni tushuna olishi lozim. Bolaning chaqaloqlik davri esa bir zumda o'tadi, ketadi. Shu davrda onaning mehriga to'liq to'yib olishi kelajakda uning salomatligiga, rivojlanishiga, mustaqil bo'la olishiga, injiq bo'lmasligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Chaqaloqni ko'rgan odam unga talpinadi, uni erkalashni, qo'lga olishni istaydi, farzandini chaqaloqlik davrini qumsaydi. Chunki bu davr eng qisqa va tez o'tadigan davrdir. Shu davrda boshqa narslalarga ovora bo'lib eng muhimini o'tkazib yubormang. Unda chaqaloqning har bir istagini bir soniya ham kuttirmay bajarish darkor. O'rganib qolishidan qorqmang. O'rganib qolsa, ham bu uzoqqa cho'zilmaydi. O'tib ketadi. U esa bu dunyoda o'zini kerakli ekanligini his etib ulg'ayadi.

Katta farzandlarimiz yig'laganida uni ovutish uchun birgina bag'rimizga bosishimiz yetarli bo'lmay qoladi.

Chaqaloqqa esa shuginani o'zi kifoya. Uni qo'lga olish. U onasining bag'rida bir soniyada tinadi. Hali buni qumsyasiz! Bu sehrli davr.     

 

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zarinabonu's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Lilyginam hozir kiyimlar olishni surib quyganmiz faqat fasl boshida kiyinyapmiz holos rejalar borligi sabab . Uzbga borib soham bo'yicha ishimi yo'lga qo'yvosam azgina daromadga kirvosam, vaqti hohishi borlani albatta uyimizga taklif qilish niyatim bor Hudo hohlasa .man uchun Qadrdon bo'lib qoldila hammelar huddi oila a'zolarimdeksizlar. :sevgi
    • Zarinabonu
    • Chiccita's Avatar
    • MEN TAVSIYA QILAMAN
    • Oishanur faberlic olmen narsalariyam yaxwimas dezodrantlariyam bowida wirin ga o'xwedi sepsez sasiq bo'ladi duxilariyam wunaqa
    • Chiccita

Davomi »

loading...