Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Chaqaloqqa qo'shimcha ovqat

Qo'shimcha ovqat berishda eng yaxshi yo'l, shoshmaslik.

Ba'zi kitoblarda chaqaloqqa qo'shimcha ovqatni 4 oyligidan boshlab bersa bo'ladi, deyilgan. Ba'zilar chillasi chiqishi bilan chaqaloqqa suv berishni boshlaydi. Buvilarimiz esa kattalar ovqatidan yalatish chaqaloqqa foyda deb, 3-4 oylik bolaga qozon ovqatidan yalatadilar.

Halqaro sog'liqni saqlash tashkiloti va 50 yillik pediatrlik stajga ega bo'lgan dunyoga mashxur Sears pediatri ona sutini emayotgan bolaga qo'shimcha ovqatni(shu qatorda suvni ham) 6 oydan berishni, sun'iy sut ichayotgan bolalarga esa 4-5 oydan boshlashni tavsiya qiladi.

Bunday yondashuvga tabiyat ham qo'shiladi:

1. Bolada 6 oydan boshlab ovqatni tili bilan itarib chiqarish refleksi pasayadi. Bu refleks kuchli bo'lgan payti(6 oyga qadar) ovqat yedirish qiyin bo'ladi, chunki o'zi bilmagan holda bola ovqatni itarib chiqaraveradi.   

2. Olti oyga qadar chaqaloq juda zaif bo'ladi. Qo'shimcha ovqat esa steril bo'lmaydi. Idish, qo'shiq, qaynagan suvda biron bakteriya bo'lsa, 6 oyga to'lmagan chaqaloqqa zarar yetkazishi mumkin.

3. Ona sutini emayotgan bola organizmida qo'shimcha ovqatlarni hilma xilini hazm qilish uchun yetarlicha fermantlari mavjud bo'lmaydi.

4. Olti oygacha bolaga berilgan qo'shimcha ovqatdan bola hech qanday foyda yoki vitamin olmaydi.

5. Kerakli holatga keltirilmagan qo'shimcha ovqatga bola qaqalib yoki tiqilib qolishi ehtimoli 6 oygacha yuqori bo'ladi.

6. Bolada odatda aynan 6 oydan so'ng kattalar ovqatiga qiziqishi uyg'onadi. Onasi yeyayotganda qaraydi, o'ziga so'raydi.

7. Ovqat yeyayotganda to'yganligi haqida bola 6 oydan keyingina ishora qila oladi. Qoshiqni itarish, labini qattiq siqib olish, yuzini bujmaytirish 6 oydan keyin paydo bo'ladigan xususiyatlardir.

8. Qo'shimcha ovqatni yeyish uchun bola 6 oydan so'ng o'tira boshlaydi.

9. Qo'shimcha ovqatni 6 oydan keyingina barmoqlari bilan ushlay oladi.

10. Qaysi ovqat yoqishi yoqmasligini 6 oygacha ifoda eta olmaydi.

Demak, bolaning organizmi va tabiati ham uni 6 oyiga qadar qoshimcha ovqat yeyishiga moslashmagan bo'lar ekan. Bola ona sutini emib, olti oyidan boshlab qo'shimcha ovqat yeyishga tayyor bo'ladi.

Sun'iy sut ichadigan bolalarga albatta tabiat qonuni mos kelmaydi va ularga 4-5 oydan boshlab qo'shimcha ovqat berish tavsiya etiladi.

Bolaning modda almashinuvi, oshqozon faoliyati buzilmasin, kelajakda ortiqcha vazn muammosiga duch kelmasin desangiz, qo'shimcha ovqat berishga, uni turlarini ko'paytirishga hech qachon shoshilmang.  

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • uzbaby's Avatar
    • Sayt kamchilik va xatolari
    • Qizlarjon tahrir tugmasi tufayli ba'zi texnik nosozliklar paydo bo'lyapti. Ularni bartaraf etishimiz bilan yana yoqiladi.
    • uzbaby
    • Pazandaxon's Avatar
    • Tortlar
    • Zavarnoy pishiriq (ekler) Masalliqlar: 1,5 piyola suv 250 gr margarin 1piyola un 7 dona tuxum Krem uchun: 1,5 piyola sut 1piyola shakar 2 katta qoshiq un 200 gr saryog' Tayyorlash: Suv va margarinni gazda qaynatib olamiz. Gazdan olib un qo'shib qoshiqda tez-tez aralashtiramiz. Sal sovugach tuxumni 1talab qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor massani yog'langan listga 1 qoshiqdan solib chiqamiz. 180 gradusda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Krem tayyorlash: Sut, shakarni gazda aralashtiramiz va un qo'shamiz. Xona haroratida yumshagan saryoqqa sutli massani qo''shib mikserda...
    • Pazandaxon
    • OYISHA NUR's Avatar
    • Pishiriqlar
    • rahmat uni uchun ko'pkina hamir qilishim kergda
    • OYISHA NUR
    • mavluda1492's Avatar
    • Bolangizni qanday uxlatasiz?
    • Raxmat pazandaxon. Qozon ovqat shavla palov gre4ka yaxwi ko'rib yerdi bowqa ovqatlarni un4alik yemasdi. Ke4adan beri wulaniyam 1 qowiqdan ko'p yemayabdi. Pe4enyeni o'ziyeb yuradi 1, 2 ta yeydi. Bilaman o'rganib qolgan narsadan voz ke4iw osonmas lekin dadasi tuwunmayabdi yozda ajratganing un wunaqa bulyabdi deb yozga yopiwib olgan. O'zi qizimni rosa ayardikda ( 1- farzandimizdan ayrilganmiz) deyarli yig'latmasdik endi baqirib yiglawi yurakni ezyabdi. O'zim ham xato qildim wekilli deb rosa siqilyabman. Duo qilinglar bu kunlarni yengilgina o'tkazaylik
    • mavluda1492

Davomi »

loading...