Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Bu yoshga to'lgan bolani bir so'z bilan "aktiv", deb atasa bo'ladi. 

Bolaning tinmay chopib, har joyni ko'vlab, har joyga talpinishini ko'rayotgan ona uning chaqaloqlik davrini sog'inishi ajab emas. Endi bolada ichida bo'lsa ham savollari ko'p. "Koptokni tashlasam nima bo'ladi?", "Buni itarsan nima qiladi?", "Bu yerda nima bor ekan?" va hokazolar. Bola dunyoni o'rganadigan paytining eng avji boshlandi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bu davrda bolaga qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan o'yinchoqlar juda ko'p. Uning rivojlanishi va diqqatini bir joyda ushlay olishi, zehnini charxlashi uchun moslari quyidagilardir:

Katta bloklar. Endi bola o'zi katta-katta "bino" lar qurishni boshlaydi. Keyin esa uni buzib zavqlanadi. Shu orqali rang va shakllarni ham o'rganadi.

12 18 1

Itarib, tortadigan o'yinchoqlar. Agar bu o'yinchoqlar qo'shimcha ravishda tovush ham chiqarsa, bolaga undanda ko'p zavq bag'ishlaydi.

12 18 2

Turi va shakliga qarab yig'iladigan o'yinchoqlar. Bolaning muammoni hal qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

12 18 1

 

Osilib chiqish o'yinlari. Bola o'z kuchi bilan biron joyga chiqishni yaxshi ko'radigan davridir. Unga buning uchun imkoniyat yaratib, uyda maxsus yumshoq chiqish moslamalarni o'rnatish mumkin.

12 18 1

Ko'ptoklar. Bu davrda ham bola jondeb ko'ptoklar bilan o'ynaydi.

12 18 1

Qalam va qog'oz. Agar shu paytgacha bola qalamni ham qog'ozni ham yeyish kerak deb o'ylagan bo'lsa, endi ularni maqsadga muvofiq ishlatish vaqti keldi. Unga yorqin rangli 2-3 dona qalin chizadigan xavfsiz qalamlardan olib bering. Polga esa katta razmerdagi qog'oz skochlab yopishtirib qo'ying, bola mazza qilib ijod qilsin. 

12 18 1

1-3 yoshlik bolalarga mo'ljallangan velosipedlar. Pedallik yoki pedalsiz haydasa bo'ladigan mashina yoki velosipedlarni o'ynash vaqti keldi.

12 18 1

Albatta kitob. Endi bolaga kitobni o'qib berayotganizda u gap bilan rasmlarni bog'laydi, rasmlarni taniydi va orasidagi bog'liqliklarni topadi. 

12 18 1

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • bugun yana bitta imtixondan otib oldim eson omon Ollohga wukr. shu 1hafta imtixonlar... Zohida ilohim siz xam tezroq onalik baxtiga erishing.
    • ☆ZIZI☆
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Muslima opa sizgayam alohida Rahmat hamma hammasi uchun ilohim bollarizi rohatini ko'rib yurila birgalida qo'sha qarib)
    • Ezozaxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

loading...