Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Chaqaloqlik uyni xavfsiz qilish

Tizangizga o'tirib uy bo'ylab bir aylanib chiqing, uyga bolangiz ko'zi bilan bir nazar tashlang-chi...atrofda qanchalik uning ko'ziga qiziq narsalar ko'p. Bir-ikki yoshli bola xavfli va xavfsiz degan tushunchani anglay olmaydi. Shuning uchun siz uni havfdan xoli qilish uchun uyni bolaga moslashtirishingiz kerak. Quyidagilarga alohida e'tibor qarating:

1. Uydagi dorilar:

- Dorilar bola qo'li yetmaydigan joydami?
- Agar dorilar ochiq joyda saqlansa, qopqoqlari yaxshi yopilganmi (bola ocholmaydigan darajadami)?
- Dorilar turadigan shkaf quluplanganmi?
- Muddati o'tgan dorilarni vaqtida tashlab yuborasizmi?
- Qaychi, lezviya, nina va shu kabiboshqa narsalar bola qo'li yetmaydigan joyda saqlanadimi?

2. Vannaxona:

- Vannaning ichida bola sirpanmasligi uchun kerakli anjomlar (gilamcha, sirpanmaslik uchun nakleykalar) bormi?
- Vannaxonadagi gilamchalar ho'l bo'lsa sirpanmaydimi?
- Elektr asboblar suvdan uzoqda joylashganmi?
- Lak, aseton, kosmetik buyumlar bola qo'li yetmaydigan joyda saqlanadimi?
- Vannani eshigi doim yopiq turadimi? (Ikki yoshli bolalarning vannaxonaga kirib ichkaridan qulflanib olish odatlari bor). Shunday holat yuz bermasligi uchun qulfni olib tashlang, va ichkaridan yuqoriga oddiy osilgichli zanjir o'rnatib qo'ying.
- Unitaz qopqog'i yopiqmi, bolar unitaz ichiga mo'ralayman deb ichiga tushib ketishlari va suv bilan tiqilib qolishlari mumkin.
- Vannaxonada shishali buyumlar yoqmi? (Kafelga tushib sinsa parchalari keng tarqalib ketish xavfi bor).
- Vannada cho'milib bo'lgandan so'ng suvni tezda tushirib yuborasizmi?

Eng asosiysi hech qachon bolani yolg'iz vannada qoldirmang. Bola 3 sm chuqurlikdagi suvda ham tiqilib cho'kishi mumkin.

3. Oshxona:

- Bola qo'liga sinadigan idishlar tushishi kerak emas.
- Ovqat pishirayotganingizda qozon-tovoqlar ushlagichlarini orqa tomonga surib qo'yishni unutmang, oldingizda o'rmalashib yurayotgan bola ularni tortib yuborishi oson, iloji boricha gazning orqa komforkalarida ovqat pishiring.
- Uyda olov o'chirgich moslamalarini saqlang.
- Pichoqlarni uzoqda saqlang.
- Bola oshxona stulini surib ustiga chiqib olsa, zaharli moddalar yoki xavfli asboblar qo'l ostida bo'lib qolmaydimi?
- Bola tiqilib qolishi mumkin bo'lgan narsalar bola ko'rmaydigan joyda joylashganmi?
- Pol kafel bo'lsa sirpanmaslik uchun kerakli anjomlar o'rnatib qo'yilganmi?
- Blender, toster kabi elektranjomlarni tokdan o'chirib yurishni odat qiling.
- Bola uchun oshxona ishkoplaridan birini ajratib qo'ying, siz ovqat qilish jarayonida bolada o'z shkopchasi bilan o'ynab o'tirish imkoniyati bo'lishi kerak.
- Ayrim ishkoplarga kerakli qulflar o'rnatib qo'ying. Xlorka, yuvadigan suyuqliklar, tarakan dori kabi narsalar quluplangan ishkopda saqlanishi lozim.
- Elektrasboblar simi yerga, bola qo'li yetadigan darajada osilib turmayaptimi? Tortib olishi hech gap emas.

Hech qachon bolangiz haqida kam o'ylamang, siz o'ylagandan ham zukkoroq va pishiqroq bo'ladi.

4. Ovqat yeyish jarayoni:

- Bolangizni ovqat yeb turgan payti xona bo'ylab chopib yugurishini ta'qiqlang: tiqilib qolishi mumkin.
- Ovqat tayyorlash jarayoniga e'tiborli bo'ling: masalan, sosiskla xavfli bo'lishi mumkin, chunki bola tishlab olgan qismni chaynamay yutib yuboradi va qaqalib qolishi mumkin. Mahsulotlarni yutishga oson bo'lgan darajada to'g'rab bering. Olma, uzum, nok po'choqlarini tozalab bering. Danak, pistalarni ezib bering.

5. Yotoqxona:

- Bola uxlaydigan joyi har tomonlama xavfsiz ekanligiga amin bo'ling
- Bolani hech qachon katta karavatda bir daqiqaga ham qarovsiz qoldirmang (masalan, tagliklar almashtirish jarayonida)
- Bolani parvarish qilishda kerak bo'ladigan narsalarni (pipetka, paxta, yog', qaychi va hokazo) bola qo'li yetmaydigan joyda saqlang.

Doim esingizda bo'lsinki, bolaga "yo'q", "tegma", "mumkin emas" degandan ko'ra, uyni bolaga moslashtirish sizga ham oson, bolaga ham xavfsiz bo'ladi.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Rahmat Sevara opajon, yuribman shu ovqatlangandan keyin biroz noqulaylik bo'ladi #yahoo## boshqa vaqt hozircha yaxshi Allohga shukr %mua#
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • maroqli suhbat uchun rahmat, Sevara opamni hamma gaplariga men ham qo'shilaman, MUslima opa, Lilyginam sog' bo'linglar ilohim! Lilyginam endigi navbatni kimga bermoqchisiz?
    • muyassar2017
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

loading...