Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Musulmonchilikda ham tibbiyot nuqtai nazaridan ham o'g'il bolani kestirish kerak hisoblanadi.

O'g'il bolani kestirish tibbiyot tilida sirkusizatsiya deb ataladi. Tibiyyotda bu muolajani amalga oshirishning bir muddati ko'rsatilmagan.

Psixologlarning fikricha, bola qancha vaqtliroq kestirilsa, uning psixikasiga zarar shunchalik kam yetkazilar ekan.

Diniy ulamolarimizga quloq solsak, ular bolani 7 kunligida kestirish kerakligini ta'kidlaydilar.

Amalda bolani kestirish uchun eng yaxshi muddat deb 1 yoshgacha bo'lgan davr belgilangan.

Agar 1 yoshgacha ma'lum sabablar bilan ulgurilmagan bo'lsa, u holda 3 yoshgacha kestirish zarur deyiladi.

Keyingi kestirish uchun optimal davrni 7 yoshgacha qilib belgilashgan. Lekin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davrda bola ko'p narsani anglay oladigan bo'ladi, shunda bu muolaja uning psixikasiga salbiy ta'sir qilib, muolajadan so'ng uning xarakteri o'zgarib qolishida, injiqligida namoyon bo'lishi mumkin. 

Bolani qaerda kestirish lozim?

Ba'zilar haligacham tabiblarni chaqirtirib bolani kestiradilar. Hozirgi kunda bunday yondashuv to'g'ri hisoblanmaydi. Chunki tabib muolaja davomida shifokor kabi tozalik qoidalariga rioya qila olmaydi. Bu esa keyinchalik yallig'lanish, yara bitmasligi, qo'shimcha salbiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.

Shifoxonda bolani kestirganda og'ritmaydigan ukol qilinadimi?

Bir necha oylik chaqaloqlarga hech qanday anesteziya qilinmaydi. Kattaroq bolalarda umumiy yoki mahalliy narkoz qo'llaniladi.

Muolaja ko'pi bilan 15 daqiqa davom etadi.

Qaysi hollarda muolajadan so'ng shifokorga murojaat qilish lozim?

- Kesilgan joydagi shish ko'payayotgan bo'lsa;

- Kesilgan joyda qizarish, yallig'lanish namoyon bo'layotgan bo'lsa;

- Kesilgan a'zodan suyuqlik ajralayotgan bo'lsa;

- Jinsiy a'zoda ko'k dog'lar paydo bo'lgan bo'lsa;

- Tana harorati bir necha kundan keyin ham tushmayotgan bo'lsa. (Kestirilgan kuni biroz oshishi normal holat) 

Bolani kestirish mumkin bolmagan holatlar qanday?

Bunga to'sqinlik qiladigan biron holat mavjud emas. Muhimi bola shu payt shamollamagan, biron kasallik bilan kasal bo'lib turmagan bo'lishi lozim. 

Kestirilgan bola qiynalmasligi uchun uy sharoitida nima qilsa bo'ladi?

Ilk kunlari bolaning jisniy a'zoi quruq bo'lishini ta'minlash muhim;

Agar chaqaloq bo'lsa, u holda kestirilgan joyiga mato yopishib qolmasligini nazorat qilish lozim;

Kestirilgan bolaning ichki kiyimlari badaniga yopishmaydigan, havo kirib turadigan bo'lishi darkor, muhimi jisniy a'zoning uchiga hech qanday zarba yetkazilmayotgan bo'lishidir.  

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

loading...