Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
bola zaharlanishi

Bola zaharli modda iste'mol qilganini bilsangiz, darhol toksikologik markaziga olib boring yoki kasalxonadan tez yordam xizmatini chaqirtiring !

Ularga quyidagi ma'lumot kerak bo'ladi:

  • Bola yutib yuborgan mahsulot nomi, va uning tarkibi;
  • Bola zararli mahsulotni qachon va qancha ichib yubordi;
  • Bola yoshi va vazni;
  • Simptomlar: yo'tal, qusish, g'ayri oddiy holat va boshqalar;
  • Sizning telefon raqamingiz.

Agar toksikologik markaz yoki kasaxonadan sizga bolani qustirish kerakligi aytilsa, quyidagilarni amalga oshiring:

- Bolaga 1 osh qoshiq ipekakuana siropini, orqasidan 1 stakan (240 ml) suv ichirib yuboring. Oldingizda tog'ara bo'lsin, yoki bolani darhol vannaga olib boring.

- Sirop bola oshqozonida yaxshilab tarqalishi uchun bolani qo'lingizda chayqab o'tiring

- Agar 20 daqiqa orasida qusish boshlanmasa, ipekakuana siropidan yana 1 osh qoshiq ketidan 1 stakan suv bilan ichiring.

- Bola qusishni boshlaganda, bolani yuzi bilan yerga qaratib engashtiring, bola boshi tanasidan pastroq bo'lmog'i lozim. Qusgan suyuqlikni tashlab yubormang. Ichidagi moddalar toksikologik markaz tomonidan o'rganilishi kerak bo'ladi.

- Qustirgandan keyin bolani 1-2 soat davomida kuzating. Unda zaharlanish alomatlari bor-mi, yo'q-mi?

Eng asosiysi, HECH QACHON kasalxonadan yoki toksikologik markaz bilan maslahalashmagan holda bolani qustirmang. Ayrim zaharli moddalar qusish jarayonida bola nafas olish organlariga qattiq zarar yetkazishi mumkin!

Masalan, neft mahsulotlari, mebel yoki avtomobil ehtiyot qismlari, yediruvchi kuchli moddalar, nashatir spirti, xlorkali suyuqlik kabi moddalar bilan bola zaharlansa bolani vrach maslahatisiz aslo qustirmang.

Agar bola burun yo'llari bilan, toksikologik hidlardan zaharlanib qolsa, u holda honani shamollatib, bolani darhol ko'chaga toza havoga olib chiqing. Uni yaxshilab kuzating. Agar bolada yo'tal, bo'shashish paydo bo'lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

loading...