Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
bo'yin qiyshiqligi

Bo'yin qiyshiqligi - bo'yin deforatsiyasi bo'lib, bunda bosh bir tomonga egilgan bo'ladi. Bo'yin qiyshiqligi suyak, mushak va asab to'qimalarining holatini buzulganligidan dalolat beradi.

Bo'yin qiyshiqligi tug'ma va orttirilgan bo'ladi.
Tug'ma bo'yin qiyshiqligi juda ko'p uchraydigan kasallikdir. Bu kasallikka ko'pincha qizlar uchraydi. Odatda bo'yin qiyshiqligi o'ng tomonda rivojlanadi. Kasallik rivojlanishiga tug'ish jarayonidagi shikast va bo'yin mushaklari rivojlanishidagi patologiya sabab bo'ladi.


Afsuski tug'ma bo'yin qiyshiqligini tug'ruqxonaning o'zida bilish juda qiyin. Faqatgina 1% holatlarda u chaqaloq hayotining birinchi kunlarida aniqlanadi. Bola o'sgan sari bo'yinning kasal tomoni rivojlanishi sog' tomondan ortda qolib, chaqaloqning 3 haftasiga kelganda bola boshini faqat bir tomonga qaratayotgani aniq seziladi.

Agar vaqtida bo'yin qiyshiqligini davolamasa, borgan sari bolaning yuzi assimetriyaga uchraydi, bosh doim bir tomonga qaragani sababli yuz suyaklari qiyshiq rivojlanadi va g'ilaylik vujudga kelishi mumkin. Bola 6-7 yoshga yetganda uning nafaqat boshida, balki umurtqasida ham qiyshiklik aniq ko'rinadi.

Tug'ma bo'yin qiyshiqlikni davolash

Agar tashhis vaqtida qo'yilgan bo'lsa, kasallik asoratsiz davolanishi mumkin. Chaqaloqning ilk kunlaridan boshlab unga maxsus massaj qilinishi kerak. Undan tashqari bolani boshini bo'yinning kasal tomoniga qaratib yotqizish shart. Bola katta bo'lgan sari boshini sog' tomonga qaratishga o'zi harakat qiladi, unda boshiga qattiq yostiq tirab bunga yo'l qo'ymaslik lozim. Fiziomulojalar, maxsus gimnastika hamda uyda massaj qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Davolanish to'g'ri va vaqtida amalga oshirilsa, ko'pincha bola 1 yoshga to'lguncha bo'yin qiyshiqligi to'g'irlanadi. Agar asorat qolsa, u holda plastik operatsiya talab qilinishi mumkin. Operatsiyadan so'ng bola 1.5-2 oy davomida maxsus bo'yin ushlagich taqib yurishi kerak bo'ladi.

Bo'yin qiyshiqlikning boshqa shakllari ham mavjud bo'lib, ular juda kam uchraydi:

  • Neyrogen shakli - bo'yin paralichi natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik;
  • Ter shakli - bo'yin lat yeyishi va qattiq kuyishi natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik;
  • Suyak shakli - bo'yin umurtqachalarining nuxsoni natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik;
  • Shikast shakli - umurtqa shikastlanishi natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik;
  • Refleks shakli - quloq, jag' kasalliklari natijasida vujudga kelgan qiyshiqlik.

Bo'yin qiyshiqlik alomatlari:

  • Bola boshini faqat bir tomonga qayiltiradi. Ikkinchi tomonga kam hollarda va chala qayiltiradi;
  • Bosh biroz orqaga tashlanib turadi;
  • Yuz tuzilishida assimetriya bo'ladi;
  • Bola belida yotganida tanasining bir qismi ikkinchisidan ko'ra balandroq turadi;
  • Yelka bilan bo'yin orasida bir tomonda chuqurlik shakllanadi.
  • Ushbu alomatlar ba'zida nevrlologik patologiya - bo'yish mushaklarining gipertonusida ham namoyon bo'ladi.


Bo'yin qiyshiqlikning asosiy sabablari:

  • Homiladorlik davrida bola bachadonda noto'g'ri joylashgani;
  • Homiladorlik paytida homila bo'yni mushaklarining yallig'lanishi;
  • Tug'ish jarayonida bo'yin shikkastlanishi;
  • Bolaning o'sishi davomida bo'yin mushaklarining noto'g'ri rivojlanishi.

Tug'ilayotganida dumbasi bilan tug'ilgan bolalarni bo'yin mushaklarini rivojlanishiga alohida ahamiyatli bo'lish lozim.

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • sevarushka's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Salom qadrli dugonajonlarim yaxshi dam oldinglarmi? Yangi haftaning ilk kuni barchamizga fayzli va barokatli bo'lsin! Sizlarni barchangizni yaxshi ko'raman.
    • sevarushka
    • muslima1's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • qanday insonlardan nafratlanasiz , yoqtirmaysiz? Hech kimdan nafratlanmayman Alloh insof bersin! Har bandaga Alloh insof bersin to'g'ri yo'lga boshlasin adashtirmasin!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1

Davomi »

loading...