Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bola yiqilsa nima qilish kerak?

Bolaning yiqilishi unga jiddiy ziyon yoki jarohat keltirishi mumkinligi uchun ota-onani qattiq vahimaga soladi. Lekin ko'pincha bolaning yiqilishi jiddiy bo'lmaydi. Quyidagi maslahatlar ota-onaga bola yiqilsa qanday yo'l tutishi mumkinligini ko'rsatib beradi. 

Bola odatda qanday yiqiladi?

  • Uch yoshgacha bo'lgan bolalar ko'pincha o'z karavatidan yiqiladilar. Bu balandlik odatda 90 sm - 1 metrdan yuqori bo'lmagani tufayli bolaga katta ziyon keltirmaydi.

 

  • Ba'zida stoldagi o'gir buyumlar bolaning ustiga tushib ketishi mumkin. Bunda bolaning lat yeganlik darajasiga buyumning shakli va og'irligiga qarab baho beriladi.

 

 

  • Bolani kattalar yiqitib yuborishi yoki kattalarning bolaning ustiga tushishi ham uning lat yeyishiga olib kelishi mumkin. 

 

  • Agar bola 1 metrdan yuqori bo'lgan balandlikdan yiqilsa, ayniqsa qattiq tekkislikka, u holda jarohat jiddiy bo'lishi mumkin.

Bola yiqilsa, ota-ona nima qilishi kerak?

1. Bolanining holatini o'rganing. Vahimaga tushmang! Sizning vahimangiz bolaga ham o'tadi. shunda uni yaxshilab tekshira olmaysiz;

2. Tez yordam chaqirishga yoki shifoxonaga borishga shoshilmang;

3. Bolani yechintirib uning qo'l, oyo'gi, boshi va tanasini quyidagi belgilar mavjudligiga tekshiring:

  • Ishishni boshlashi;
  • Shish paydo bo'lishi;
  • Qizarishi;
  • Lat yegani (ko'karishi);
  • Deformatsiyalanishi (shaklining o'zgarishi)

Agar uning tanasi yoki boshida katta shish ko'rinmasa, tana a'zosi shishayotgani kuzatilmasa, u holda jiddiy jarohat olinmagan bo'lishi kerak. 

4. Bolaning yiqilishi yuqoridagi alomatlarga ko'ra, jiddiy emas deb tuyulgan holda ham, uni 24 soat davomida kuzatish lozim. Yiqilgandan so'ng yana o'ynab yurib (emaklab), xursand bo'lib, kulayotgan bo'lsa, u holda xavotrilanmasa bo'ladi. Lekin bola birdan passiv bo'lib, uyqusi kelib, ko'ngli aynab, holati yomonlashib borib yoki uzoq vaqt og'riq borligiga  shikoyat qilayotgan bo'lsa, shifokorga uchrash talab etiladi.

Jiddiy bo'lmagan lat yeyishni davolash uchun eng yaxshi vosita - muzdir. Lat yegan joyga muzni ingichka sochiqqa o'rab kamida 15 daqiqa davomida bosib turish kerak. Bu muolaja shish paydo bo'lishini oldini oladi.

QUYIDAGI HOLATLARDA DARHOL SHIFOXONAGA BORISH YOKI TEZ YORDAM CHAQIRISH TALAB ETILADI!

  • Bola bir necha soat davomida oqsoqlanayotgan bo'lib, biron tana a'zosi shishayotgani yoki deformatsiyalangani namoyon bo'lsa;

 

  • Bola yiqilganda 90 sm dan yuqori balandlikdan qattiq tekkislikka boshi bilan tushgan bo'lsa;

 

  • Agar bola tanasidan oqayotgan qonni qo'l bosimi bilan to'xtilmayotgan bo'lsa;

 

  • Bolada yiqilganidan so'ng tutqanoq yoki xuruj tutishi kuzatilsa;

 

  • Bola xushidan ketsa yoki uyquga ketib uyg'ona olmayotgan bo'lsa;

 

  • Bolada qo'li yoki oyo'gi singani alomatlari (shakli o'zgarishi, qimirlata olmasligi, tez shishishni boshlashi, tegsa qattiq og'rishi) namoyon bo'lsa;

 

  • Bolaning burun, quloq yoki ko'zlaridan oz bo'lsa ham qon oqsa yoki qon bilan qoplansa. Bir daqiqa ham kutish mumkin emas!

 

  • Bolaning gapirishi yoki o'zini tutishida o'zgarish va buzilishlar kuzatilsa;

 

  • Bolaning tashqi ko'rishida jiddiy jaroxat yo'q bo'lgani bilan uning qiynalib yig'lashi hech to'xtamayotgan bo'lsa;

 

  • Onaga bolasining yiqilishi haqiqatan jiddiydek tuyulsa.

Manba: askdsears.com, babycenter.com.

 

 

 

 

 

Buni ham o'qib ko'ring

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Вақт қадри Анча йиллар илгари, болалигимда отам нимадир иш қилаётганида унинг ёнида ўтиришни яхши кўрардим. Айниқса, отамнинг бирор нимани ушлаб туришимни сўрагани мен учун шарафли юмуш эди. Шу тахлит ота-қиз мириқиб суҳбатлашардик, отам учун қизиқишларим, фикрларим жуда қизиқ эди. У оталар бериши мумкин бўлган энг катта...
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

loading...