Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Bepushtlik va ayol jinsiy a'zolari bilan bog'liq boshqa bir qator kasalliklarni davolashda qo'llab kelinayotgan muolaja - laporoskopiya haqida Doctor-D klinikasi ma'lumotlari. 

Laporoskopiya bu shunday muolajaki, unda bemorning qorin bo'shlig'iga optik vositalar bilan ta'minlangan asbob kiritiladi. Buning uchun kindik atrofida, undan sal pastroq yoki qorinning past qismida bitta yoki zaruratga qarab 2-3 ta 5-7mmlik kesim qilinadi.

Laporoskopiya aniq tashxis qo'yish, bepushtlik sababini aniqlash yoki ba'zi jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirish uchun qo'llaniladi.

So'nggi paytlarda shifokorlar laporoskopiyani gisteroskopiya bilan qo'shib o'tkazmoqdalar. Bu usul jinsiy a'zoni ko'z bilan kuzatish va zarurat bo'lsa, unda aniqlangan polip, mioma va shu kabi patologik o'zgarishlarni olib tashlash imkonini beradi. Ushbu muolaja kuchli jarohatli aralashuv hisoblanalib, uni hayz davri normal va bachadonning ultra tekshiruv holati me'yorida bo'lgan yosh ayollarda o'tkazmaslik ma'qulroq. 

Agar ayolda peritonit, ichak tutilishi va shu kabi sabablarga ko'ra qorin bo'shlig'ida avval jarrohlik operasiyalar bilan bog'liq katta chandiqlar mavjud bo'lsa, laporoskopiya qilinmaydi, chunki muolaja davomida ichak shikastlanish xavfi yuqori bo'ladi.

Undan tashqari laporoskopiya muolajasini yurak faoliyati aniq ifodalangan buzilishga ega bo'lganda o'tkazish mumkin emas. Chunki muolaja davrida bemor boshi bilan pastga qarab yotqiziladi va uning qorin bo'shlig'i gaz bilan to'ldiriladi, bu esa yurak faoliyati kompensatsiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Bugungi kunda laporoskopiya yordamida quyidagi muolajalar amalga oshiriladi:

  • bachadon naychalari tutilishini tiklash maqsadida tortmalarni yorish;
  • tuxumdondagi uncha katta bo'lmagan kista va miomatoz tugunlarni olib tashlash;
  • endometrioz o'choqlarini kuydirish;
  • polikistoz (ko'p kistasi bor) tuxumdonlarning koagulyasiyasi;
  • bachadondan tashqari homiladorlik bo'lsa, bachadon naychasini olib tashlash va boshqalar.

Laporaskopiya muolajasidan so'ng bemor tezda faol hayot tarziga qayta oladi. 

Afsus laporoskopiya imkoniyatlari cheklangan bo'lib, katta rekonstruktiv operatsiyalar qorin boshlig'ini kesib ochgan holdagina amalga oshiriladi. Undan tashqari juda ko'p hollarda laporoskopiya muolajasidan so'ng qisqa davr ichida olib tashlangan tortmalarning bitishi qaytalanadi.  

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Pazandaxon's Avatar
    • May2017
    • [image] [image] Bu esa Malayziya-O'zbekiston reysida samalyot oynasidan olgan suratim.
    • Pazandaxon
    • uzbaby's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Har safar forumga kirib shu mavzuni ko'zdan kechirsam mavzu muallifi Zaychikka minnatdorchilligim cheksizdir. Mavzu ochilganiga 3 yildan oshibti, demak yonimizdagi chaqalog'imiz bu davrda 3 yoshga ham kiribti degani. Juda qiziqarli va hammaga menimcha yoqimli mavzu uchun Zaychik sizga kottakot rahmat. O'shanda bekorga ENG zo'r mavzu muallifi sizfatida konkursda g'olib bo'lmagan ekansiz. Zaychikka yordam berayotgan qizlarjonga ham rahmat, shu mavzu yo'q bo'lib ketmasligiga o'z xissangizni qo'shayotganingiz uchun. Ahir mezbon bo'lish ham oson emas. Hammamiz qo'limizda kcihik bolalarimiz bor....
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...