Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

1. Bachadon bo'yni eroziyasi faqat tuqqan ayollarda bo'ladimi?

 

Yo'q, bachadon bo'yni eroziyasi yosh qizlarda ham namoyon bo'lishi mumkin. Lekin bu haqiqiy eroziya emas,  adash eroziya hisoblanadi.

2. Adash eroziya sog'liq uchun zararli emasmi?

Agar uning darajasi og'ir bo'lmasa, oddiy davolanish bilan o'tib ketadi. Lekin adash eroziya ayol qinigacha tarqalib ketgan bo'lsa, bu hol onkologik jarayonni boshlanayotganidan dalolat berishi mumkin.

3. Bachadon bo'yni eroziyasini qanday bilsa bo'ladi?

Agar hayzdan tashqari bo'lgan payt ayolda qon chiqishi kuzatilsa yoki jinsiy aloqadan so'ng u kuchaysa, eroziya borligiga shubha qilsa bo'ladi va darhol ginekologga murojaat qilish kerak. Lekin ko'p hollarda eroziya hech qanday alomatsiz ham kechishi mumkin. Shuning uchun har bir ayol yilda 1 marta ginekolog qabulida bo'lish kerak.

4. Eroziyaning salbiy oqibatlari qanday?

Eroziya, ko'pincha, yallig'lanish natijasida paydo bo'ladi. Yallig'lanishga turli xil infeksiyalar olib keladi. Bu infeksiyalar vaqtida davolanmasa, bachadon bo'yni patologik kasalliklari yuzaga chiqishi mumkin.

5. Eroziyani davolash usullari qanday?

- kimyoviy usul: azot bilan kuydirish, radioto'lqinlik

ta'sir;
- operasiya usuli: bunda bachadon bo'yni eroziyaga uchragan qismi olib tashlanadi.
- elektr kuydirish;
- lazerli kuydirish.

Shuni ta'kidlash lozimki, davolash usullarining ayrimlari tug'magan ayollar uchun xavfli, chunki bachadon bo'yni kuydirilgandan so'ng unda chandiq qoladi, bu esa kelajakda ayol tuxumini urug'lantirish uchun erkak spermatazoidi bachadon bo'yni bo'ylab oson harakatlanishiga to'sqinlik ko'rsatishi mumkin.

6. Eroziya bepushtlik sababchisi bo'lishi mumkinmi?

Ha, lekin bachadon bo'yni eroziyasi davolangandan so'ng oson homilador bo'lish imkoniyati bor. Muhimi, davolanishni yuqori toifali ginekolog amalga oshirishi kerak, chunki yuqorida aytganimizdek, ayrim davolash usullari kelajakda homilador bo'la olishga to'sqinlik qilishi mumkin.

7. Eroziya bo'lishiga nima sabab bo'ladi?

- Abort ko'p qilingan bo'lsa;
- Jinsiy hayot juda erta boshlangan bo'lsa;
- Jinsiy infeksiyalar;
- Noto'g'ri kontrasepsiya;
- Gormonal balansning buzilgani;
- Tug'ishdan so'ng yirtilish;
- Jinsiy a'zolarning shikastlangani.


โ„–1 MU "EKDS" Ginekologi Ivanova Viktoriya Sergeyevnaning savollarga javobi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • :sevgi hlopok aynanib kete polvon ukamdan Maryamxonni konglini kotaribsizda nima bolyatkanini tushunmasa ham. Olloh panohida asrasin....
    • Ummu Soliha
    • Ummu Maryam's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Duxovkamiz tuzaldi. Endi tuxumu shakarlani kunini korsatvomman disammm.๐Ÿ˜‰๐Ÿ˜‰๐Ÿ˜‰๐Ÿ˜‰
    • Ummu Maryam
    • Zarinabonu's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • Muslima opam mana usha ko'tarib yuradigan Tandir. Moskvada sotilyapti. [image]http://picasion.com/
    • Zarinabonu
    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • demak Pazandaopajon nishondasiz))) raxmat azizlarim)))
    • Lily
    • Zahroxon's Avatar
    • Kundalik taomlar
    • Tarkibi 1 kg lavlagi 6 dona tuhum qaynatilgan oqi 6 dona kartoshka salonka qilib qovurilgan 300 gr kolbasa Tuzlangan bodring, sabzi salat va 400gr mayanez URL=http://radikale.ru/][image][/URL] Coinmarketcap Telegram Bot
    • Zahroxon

Davomi ยป

Buni ham o'qib ko'ring

loading...