Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Ortiqcha vazn (semizlik) va bepushtlik

Ortiqcha vazn bor yo'qligini aniqlash uchun Tana Massasi Indeksi(TMI) yordam beradi. Agar sizda TMI 30 va undan yuqori bo'lsa, sizda ortiqcha vazn muammosi mavjud.

TMI ni hisoblash:

TMI=tana og'irligi/bo'y ko'rsatkichi kvadratda.

Masalan, ayol og'riligi 68 kg bo'lib, bo'yi 165sm bo'lsa, TMI quyidagicha hisoblanadi:

68/165*165=0.00249770431 Demak, 0 dan keyingi sonni umumlashtiramiz va TMI 0.00249770431=24.9 ga teng bo'ladi. Bu degani bu ayolda ortiqcha vazn bor, lekin u muammo darajasida emas.

TMI 30 dan yuqori bo'lsa, o'ta semizlik, og'ir vaznning muammolik darajasi mavjud hisoblanadi. 

Masalan, ayol o'girligi 88 kg, bo'yi 164 sm bo'lsa, TMI 88/164*164=0.00327186198, ya'ni 33ga teng bo'ladi. Demak bu ayolda muammolik ortiqcha vazn mavjud.

Ortiqcha vazn homilador bo'lishga ta'sir qiladimi?

Vazni muammolik darajada yuqori bo'lgan ayollarda avallambor ovulyasiya  sikli buzilgan bo'ladi, bu esa tabiiy ravishda homilador bo'lishga yo'l qo'ymaydi. Buning sababi, vazni ortiq ayollar organizmida gormonal disbalans mavjudligidadir.

Undan tashqari vazni ortiqcha bo'lgan ko'pchilik ayollarda polikistali tuxumdon sindromi (ayol tuxumdoni kistasi) holati bo'ladi, bu ham bepishtlikka olib keluvchi faktordir. 

Vazn yuqori bo'la turib hayz sikli normada va muntazam ravishda keladigan ayollarda bepushtlik muammosi bo'lmaydi, bu ulardagi og'ir vazn organizmda gomonal disbalans keltirmayotganligidan dalolat beradi.

EKU usuli yordamida homilador bo'lish uchun ham ortiqcha vazn to'sqinlik qiladi.

Homiladorlik yuz bergan taqdirda ortiqcha vazn homiladorlik davomida qanday muammo keltirib chiqarishi mumkin?

1. Homiladorlik davomida yuzaga keladigan gestasion diabet (homiladorlik diabeti) kasalligini;

2. Preeklampsiya (homiladorlikda qon bosimining oshishi) holatini;

3. Infeksiyani. Vazni muammolik darajada yuqori bo'lgan ayollar siydik tizimi infeksiyalariga tez-tez uchraydilar.

4. Muddatidan o'tib ketgan yoki muddatidan oldin yakunlanib qolgan homiladorlikni;

5. Tug'ish jarayoni muammolarini(ko'p qon yo'qotish);

6. Kesarcha kesish usuli bilan tug'ishni;

7. Homila tushishi yoki o'lik homilani.

Onaning ortiqcha vazni bolaga qanday ta'sir qiladi?

  • Bola yirik tug'iladi;
  • Bola katta bo'lganida unda qand yoki yurak kasalligiga duchor bo'lish ehtimoli yuqori bo'ladi;
  • Bolada tug'ma nuqson bo'lish ehtimoli biroz yuqori bo'ladi.

Ortiqcha vazn bilan yuz bergan homiladorlikni qanday nazorat qilish lozim?

1. Homiladorlik to'g'ri davom etib, bola kerakligicha rivojlanib borishini nazorat qilish maqsadida onaning gormonlarini normada ushlash talab etiladi.

2. Homiladorlikda yuz beradigan qand kasalligini aniqlovchi diagnostikani homiladorlikning boshlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

3. Skrining diagnostikani o'z vaqtida va biroz keyinroq qayta o'tkazish muhim hisoblanadi (Qorindagi ortiqcha yog'lar UTD natijasiga ta'sir ko'rsatadi).

4. Doppler diagnostikasini o'tkazish tavsiya etiladi.

5. Shifokor ko'rigida muntazam ravishda, o'z vaqtida bo'lish talab etiladi.

 

Ortiqcha vazndan xalos bo'lish uchun avallambor kerakmas taomlardan voz kechish zarur:

  • Yog'da qovurilgan taomlar;
  • Tez pishadigan taomlar (gamburger, pizza);
  • Mayonez, ketchup kabi souslar;
  • Yog'liq, qaymoqlik shirinliklar;
  • Shirinliklar.

Bu taomlar nafaqat ortiqcha vaznga ega bo'lganlarga, balki barcha homilador ayollarga ham zarar keltiradi.

Agar bir necha yildan beri homilador bo'la olmayotgan bo'lsangiz, buning sababi sizdagi muammolik ortiqcha vazn bo'lsa, u holda homilador bo'lish davrini biroz uzoqroqqa surganingiz ma'qul. Hozir shoshib homilador bo'lib, keyin homiladorlik muammolariga yoki bola tushishiga duch kelishdan ko'ra, avallambor ozing. 

Yuqoridagi taomlardan voz kechib, kuniga kamida 30 daqiqa davomida tez-tez yurish mashqini bajarishning o'zida 6 oyda anchagina vazn yo'qotasiz. Ana shundan so'ng homiladorlikni rejlashtirib, endokrinolog va ginekolog nazorati ostida ijobiy yakun topadigan homiladorlikka erishishingiz oson bo'ladi. 

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • munojatxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Дунё ташвишидан бир зум холимас, Булут канотида учар хаёли. Тонгдан кечга кадар ишлаб чарчамас, Бардошли, жафокаш узбек аёли. Гохо аскардаги углини эслар, Куз олдига келар турки-жамоли. Келин туй орзуси дилида ёнар, Мехрибон, жафокаш узбек аёли. Мехр гушасида тизилган севинч, Калбидан эсади шодлик шамоли. Улкан орзу билан...
    • munojatxon
    • Zarinabonu's Avatar
    • Nikohda mahr
    • Bu mavzuni endi ko'ribman .Bizga nikoh o'qigan domla 2 mln so'm pul yoki o'sha pulga biror nima olib berasiz degandilar. Muhimi 2 mln so'm pul Jufti halolingizga ishlatin deb aytganlar. Shunda Turmush o'rtog'im roziman deganlar. Keyin Moskvaga kelishimga 170 $ qaytishimga 220$ bilet oberganla. Rajotlashib ketganmiz desammi))))) Ba'zida esimga tushib qosa qarziz bor deb qo'yaman. Bilganimda avvalroq voz kechgan bo'lardim man ham. Bu yerda yozilganlarni o'qib eeeeeh deb qo'ydim bilganimda qarziz bor demasmidim))))) Kech bo'lsada bilvoldim.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...