Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Mastopatiya - ayol ko'krak bezi to'qimalaridagi o'zgarishdir.

Mastopatiya sababi

Mastopatiyaning asosiy sababi ayol gormonal tizimidagi buzilish hisoblanadi.

Ayol organizmida har oy gormonal o'zgarishlar siklik ravishda bo'lib o'tadi. Bu siklik jarayon buzulsa, ko'krak bezida o'zgarishlar, ya'ni mastopatiya vujudga kelishi mumkin.

Gormonal sikl buzilishiga nima olib kelishi mumkin?

1. Bachadon va bachadon oldi yo'llarining yallig'lanishi;
2. Ona avlodida bunday kasallikning mavjudligi;
3. Qolqonsimon bez kasalliklari;
4. Jigar va o't pufagi kasalliklari;
5. Diabet, semirish;
6. Organizmda yod moddasining yetishmovchiligi;
7. Stress, depressiya, noregulyar jinsiy hayot;
8. Abort, ko'krak bezi shikasti, alkogol, chekish, radiatsiya;
9. Homilador bo'lmaslik yoki kechki homiladorlik;
10. Emizish davrining qisqaligi;
11. Hayzning kech yoki erta kelishi.

Mastopatiya simptomlari

Mastopatiyaning asosiy simptomi bo'lib, ko'krakdagi aniq seziladigan shishlar hisoblanadi. Ayrim hollarda ko'krakdan qon ko'rinishidagi suyuqlik chiqishi kuzatilishi mumkin (rak kasalligi yoki ko'krak bezlarining jiddiy kasalliklari haqida dalolat beruvchi simptom).
Odatda shishlarga ayollar ahamiyat bermay yuradilar. Bu shishlar ko'pincha x

hayz boshlanishidan 2-3 kun oldingina og'riq berishi mumkin, keyin og'riq sezilmaydi. Ayrim hollarda og'riq qo'lga va yelkaga ham tarqalib, mastopatiyaning og'ir ko'rinishi yuzaga kelganidan dalolat beradi.

Mastopatiya diagnostikasi

To'qson foiz holatda mastopatiyani ayolning o'zi belgilay oladi. Agar siz ko'kragingizda shishlarning mavjudligini yoki ko'krak og'rig'ini sezib tursangiz darhol vrachga murojaat qiling. Erta aniqlangan kasallikni davolash osonroq bo'ladi.

Mastopatiyani davolash

Asosan mastopatiya gormonlar va nogormonal usullar bilan davolalandi. Bu usulning har biri kasallikning xususiyatiga va boshqa bir qator faktorlarga qarab belgilanadi. Davolashning asosiy maqsadi organizmdagi gormonal buzilish sababini yo'q qilishdan iborat.
Mastopatiyaning o'tib ketgan ko'rinishi jarrohlik yo'li bilan davolanadi.

Mastopatiyaning oldini olish

  • Birinchi navbatda sog'lom turmush kechirish;
  • Yod moddasining organizmga yetarlicha kelib tushishini ta'minlash;
  • Jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanish;
  • Stressdan holi bo'lish;
  • Ko'krakka shikast yetkazmaslik;
  • Muntazam ravishda ko'krakni tekshirib turish (shishlar bor yoki yo'q);
  • Bir yilda 2 marta vrach nazoratiga borish.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom dugonajonlar kunlar yaxshi o'tyaptimi? bormisizlar ? Muyassarxon bu yogi oz qolibdiku. sumkalariz tayyormi?
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...