Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Sistit - bu siydik pufagi va siydik yo'llarining yallig'lanishidir. Afsuski, sistit tez-tez uchrab turadigan kasallik bo'lib, ayolga ko'plab muammolar yaratib berishi mumkin. Aslida jiddiy bo'lmagan bu kasallik tezda surunkali shaklga o'tib qolish xavfi borligi tufayli uni vaqtida davolashga jiddiy yondashish talab etiladi.

Alomatlari:

  • Siyish jarayonida achishish;
  • Tez-tez siyish qistashi;
  • Siydik qistashi kuchli bo'la turib, bir-ikki tomchidan ko'proq siya olmaslik;
  • Siydikka qon aralashishi.

Sababi:

  • Siydik pufagini yetarlicha bo'shatmay, siydikni uzoq vaqt mobaynida ushlab yurish;
  • Tozalikka rioya qilmasdan yurish. Ichki kiyim, tualetning kirligi va noto'g'ri gigiyena;
  • Shikast: jinsiy a'zolardagi arzimagan shikastlanish, timdalanish natijasida bakteriyalar ko'payib sistitga olib kelishi mumkin;
  • Jinsiy aloqaning haddan tashqari ko'pligi;
  • Homiladorlik: homiladorlik davrida ayolning asab tizimi va immuniteti pasaygan bo'lishi mumkin, bu esa sistitga olib kelishi mumkin;
  • Klimaksdan so'nggi davr boshlanishi, bu davrda ayol organizmida keskin gormonal o'zgarishlar sodir bo'ladi;
  • Asablarning buzulishi, stress, charchov.

Davolanishi:

Sistit davolanishning asosiy tamoyili tez-tez ko'p miqdorda siyish orqali siydik pufagini tozalash. Buning uchun siydik chiqaruvchi vositalardan damlab ichish tavsiya etiladi:

Na'matak damlamasi;
Maxsus buyrak choylari;
Tarvuz;
Ko'k choy;
Brusnika barglari damlamasi (nafaqat siydik haydaydi balki antibakterial xususiyatga ham ega);
Klyukva sharbati (sistitni davolashda, uni oldini olishda eng yaxshi vosita).
Odatda sistit belgilari ko'ringanidan boshlab yuqoridagi damlamalardan kuniga kamida 3 litr ichilib, oyoq issiq yung paypoq yoki adyolga o'ralib, qorin past qismiga dumba yog' surilib dam olinsa, kasallik 3-4 kunda yo'q bo'ladi.

Agar kasallik cho'zilayotgan bo'lsa, u holda shifokor bilan maslahatlashgan holda antibakterial dori vositalarni ichish talab etiladi.

Afsuski sistitning surunkali xili mavjud bo'lib, u yilda bir necha bor qaytarilib turishi bilan oddiy sistitdan farqlanadi. Surunkali sistitni faqat shifokor maslahati bilan davolash lozim.

Sistitni oldini olish

1. Jinsiy aloqadan so'ng albatta, kuchanib bo'lsa ham siyish;

2. Jinsiy aloqadan so'ng yuvinish;

3. Vitamin C ga boy mahsulotlarni ko'p iste'mol qilish;

4. Agar sistit tez-tez qaytarilib turadigan bo'lsa, klyukva sharbatini har kuni ichib yurish;

5. Gigiyenaga rioya qilish;

6. Najasni jinsiy a'zolarga tegib ketmasligini ta'minlash;

7. Siyish qistaganda albatta siyish;

8. Kuniga kamida 8 soat uxlash;

Homiladorlik davrida sistitga ehtiyot bo'lish kerak, chunki buyrakka o'tib ketish ehtimoli katta.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...