Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Yangiliklar

Hayz nega kechikishi mumkin?

Homiladorlikni kutayotgan ayolda hayz kechikayotganligi haqidagi xayol o'rnini hech narsa bosa olmasa kerak. Nahotki homiladorman? Lekin hayz kechikishiga nafaqat homiladorlik, balki boshqa faktorlar ham sababchi bo'lishi mumkin ekan.

1. Stress

Stress hayotimizdagi ko'p narsaga ta'sir etishi mumkin. Shu qatorda hayz siklining buzilishiga ham. Ba'zida biz shunday kuchli siqilib stress olishimiz mumkinki, organizmda GnRH gormoni miqdori ko'payib ovulyasiya bo'lmasligi yoki hayz kelmasligiga olib kelishi mumkin. Stress holati o'tganda, hayz sikli odatda normallashadi.

2. Kasallik

Og'ir yoki uzoq vaqt davom etgan kasallik ham hayz kelmasligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu vaqtinchalik muammo bo'lib, kasallik davolangandan so'ng hayz sikli yana normaga tushadi.

3. Vaqt o'zgarishi

Ma'lum bir mamlakatdan boshqa mamlakatda tez-tez safarga borib turgan ayollarda ham hayz sikli buzilishi mumkin. Bir mamlakatda tun bo'lib, boshqa mamlakatda shu payt kun bo'lishi ayol organizmi soatlarini biroz adashtirib yuboradi. Natijada kutilayotgan hayz sikli boshlanmaydi.

4. Dori vositalari

Ba'zi dorilarning ta'siri natijasida hayz sikli o'zgarib ketishi yoki hayz umuman kelmasligi mumkin. Agar siz yangi dori vositasini qabul qilayotgan bo'lib, hayz siklingiz buzilib yoki hayz kuni kechikayotgan bo'lsa, u holda ichayotgan dorini almashtirish yoki to'xtatish to'g'risida shifokor bilan maslahatlashish talab etiladi.

5.  Semirish

Vaznning ortishi organizmda ma'lum gormonal o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Ortiqcha vazn natijasida hayz sikli buzilishi yoki umuman kelmasligi ham mumkin. Ko'pincha ayol ozishi natijasida hayz siklini normaga qaytadi.

6. Ozib ketish

Keskin va qisqa vaqt ichida ozish natijasida hayz sikli normadan chiqib ketishi mumkin. 

7. Menopauzadan oldin

Bu davr ayolning tug'ish yoshidan tug'maydigan yoshga o'tadigan davrga aytiladi. Bunda hayz miqdori kamaygan bo'lib, davomiyligi qisqara boshlaydi. Undan tashqari hayz sikllar soni ham kamayib boradi.

8. Menopauza

Menopauza davrida ayol hayz ham ko'rmaydi ovulyatsiya ham yuz bermaydi. Menopauza tabiiy ravishda ayolning yoshi 50dan oshganda va ba'zi kimyoviy operatsiyalar tufayli boshlanadi.

9. Adashish

Hayz sikli har xil ayolda turlicha bo'ladi. Norma deb qabul qilingan 28 kunlik sikl hammada ham uchramaydi. Bir ayolda 26 kunlik sikl bo'lsa, boshqa ayolda hayz har 32 kunda ham kelishi mumkin. Ikkala holat ham normal hisoblanadi. Shuning uchun ba'zida ayol siklni noto'g'ri hisoblashi tufayli hayz kelishi kechikkandek tuyilishi mumkin. 

10. Homiladorlik

Nihoyat, hayz kelmayotganligining yana bir sababi - homiladorlikdir. Aynan homiladorlik yuz berganda hayz kelmaydi. 

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring