Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

bepushtlik

Bir qator tekshiruvlardan o'tgan bepusht juftliklarga ba'zida noaniq bepushtlik degan diagnoz qo'yiladi. Bunda homiladorlik yuz bermasligiga yoki yuz berib homila tushishiga keltiruvchi sabab aniqlanmay qoladi.

Bepusht juftlik har tomonlama tekshiruvlardan o'tgan bo'lsa ham, homiladorlik yuz bermasligining yoki bir necha bor homila tushishining sababini aniqlash qiyin bo'lishi mumkin. Ko'pincha bepushtlikka genetik, gormonal yoki ayol va erkak reproduktiv tizimidagi boshqa kasalliklar sabab bo'ladi. Bu muammolar maxsus tekshiruvlar yordamida oson aniqlanadi. Ota-ona sog'lom bo'la turib, embrionda genetik kasalliklar mavjud emasligi aniqlangan holda ham homila tushishi bir necha bor  takrorlansa  yoki homiladorlik yuz bermayotgan bo'lsa, immunologik bepushtlikka shubha qilinadi.  

Immunologik bepushtlik nima degani?

Insonning immun tizimi o'ta murakkab bo'lib, u organizmni kasalliklardan, xususan virus va bakteriyalardan himoya qiladi. Aynan immun tizimi tufayli biz ko'p kasal bo'lmaymiz. Buning uchun organizmda biron bakteriya yoki virus kabi yot narsa paydo bo'lsa, immun tizimi uni yo'q qilish harakatiga kirishadi va tez orada organizmdan chiqarib yuborishga erishadi.

Immun tizimidagi nosozliklar ba'zida immunologik bepushtlikni yuzaga keltiradi. Bunda immun tizimi homiladorlik yuz berishi uchun zarur holatlarni yot deb qabul qiladi va ularni nobud qilib organizmdan chiqarish uchun kurashadi. Natijada homiladorlik yuz bermaydi yoki yuz bergan taqdirda ham homila tushadi.

Immunologik bepushtlikka moyillik kimda mavjud?

  • Oilada immunologik bepushtlikka chalingan juftliklar bo'lsa;
  • Sababi aniqlay olinmagan homila tushishi bir necha bor takrorlansa;
  • Endometrioz bo'lsa;
  • Sababi aniqlanmagan bepushtlik bo'lsa;
  • Ovulyasiyani stimulyasiya qilish natijasida tuxum xujayralarining hosil bo'lishi sust bo'lsa;
  • Bepushtlikkacha aniqlangan immunologik kasalliklar mavjud bo'lsa;
  • Erkak jinsiy a'zolarida yallig'lanish mavjud bo'lsa.

 

Immunologik bepushtlikka erkak va ayol birgalikda yoki alohida sababchi bo'lishlari mumkin.

Erkaklarda immunologik bepushtlik deganda, erkak immun tizimi o'z spermasini yot modda deb qabul qilib, yo'q qilishiga aytiladi. Bunga ko'pincha jinsiy a'zolardagi yallig'lanish sababchi bo'ladi.

Ayol immun tizimida muammolar bo'lsa, u ham erkak spermasini yot modda deb qabul qiladi va ularni tinmay nobud qiladi.

Davolanishi:

Immunologik bepushtlikni davolash juda murakkab hisoblanadi va 100% davolanadi deb aytish qiyin. Undan tashqari immun tizimini o'zgartirishga qaratilgan davolanishni boshlashdan oldin bepusht juftlikda genetik bepushtlik yo'q ekanligiga amin bo'lish zarur.

Shifokorlar bir qator analiz va tekshiruvlardan so'ng immunologik bepushtlikka shubha qilgan bo'lsa, davolanishni sifatli va bu borada tajribali klinikada amalga oshirish talab etiladi. Davolanish bir qator pog'ona va turlardan iborat bo'ladi. Bunda yaxshi diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi. 

Hozirgi kunda zamonaviy EKO, IKSI muolajalri ham immunologik bepushtlikni davolashda keng qo'llanilib kelmoqda.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Umaraliyeva's Avatar
    • MEN TAVSIYA QILAMAN
    • Meni yuzim ham o'rtacha, yaqinda eveline pudra olgandim shumtaka o'g'lim sindirib qo'ydi, stol qo'yib chiqib,kosm sumkami ichini ochib turganda kirib qoldim,:woohoo: ulgimadim qo'lidan tushib ichidagilar sinib ketdi, endi yana olishim kk o'zi bazi bazida bo'yanib turaman undayam dadamiz ishdan kelguncha turadi, keyin bir taxorat qilganda yuvilib ketadi mult:
    • Umaraliyeva
    • Umaraliyeva's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Bizda kiyim topish muammo,biz kiyadigon kiyimlar deyarli yo'g har safar o'zbga borganda olib kelaman, ayniqsa yozda umuman topib bo'lmedi, uzun bo'lsa yengi yo'g',yengi bo'lsa ko'ylak kalta,tor lekin oyoq kiyimlar, sharf,sumka,detskiy narsalar molodes
    • Umaraliyeva

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...