Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Psixologik bepushtlik

Bepusht juftliklarning 30% iga psixologik bepushtlik degan tashxis qo'yiladi. Bunda er-xotin sog'lom bo'lib, ya'ni jismoniy muammo yo'q bo'lganda ham orada homiladorlik yuz bermaydi. Odatda, bepushtlikni jismoniy tomondan davolaydilar, lekin er-xotinning psixologik holatini ham tekshirish bepushtlik sababini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etar ekan. 

Psixologik bepushtlik turlari:

  • Er-xotinning moddiy jihatdan qiynalishidan kelib chiqqan qo'rquv tufayli yuzaga kelgan bepushtlik (uy-joy muammosi, karyera qilish, ishdan bo'shash va hokazolar );
  • Ayol bolaligida kuchli psixologik stress olganidan kelib chiqqan bepushtlik (zo'rlanish, yoshligida ota-onasining o'zaro yomon munosabatlari, yoshlikda zo'ravonlikni boshdan kechirish va hokazo );
  • Jismonan sog'lom ayol o'zida jismoniy kasallik borligida amin bo'lib yurishi tufayli kelib chiqadigan bepushtlik (analizlar aksini ko'rsatgan taqdirda ham, ayol o'zini reproduktiv tizimida biron muammo bor deb hisoblaydi va o'zini kasal deb his qiladi).

Psixologik bepushtlik sababi:

Homiladorlik oldidan qo'rqish;

Tug'ish yoki to'lg'oqlardan qo'rqish;

Bolani tug'ish uchun shoshilish ("bu yil tug'ib olmasam, keyin kech bo'ladi", kabi fikrlar mavjudligi);

Bo'lajak otaga bo'lgan ishonchsizlik (muhabbatida, ma'suliyatida, moddiy holatida);

Homiladrolik davrida jismoniy go'zallikni yo'qotib qo'yishdan qo'rqish;

Bola tug'ilganida o'ziga vaqt yetmay qolishidan qo'rqish;

Tun-u kun faqat homiladorlik haqida o'ylash;

Bemahalda homilador bo'lib qolishdan qo'rqish (karyeraga salbiy ta'sir ko'rsatadi kabi fikrlar va hokazo);

Tug'ilajak bola oldida ma'suliyatni his qilishdan qo'rqish (yoshligim ketib qoladi, o'ynab-kulishga vaqt bo'lmay qoladi kabi mulohazalar);

Bolani moddiy ta'minlay olmaslikdan qo'rqish;

Birovlarning (qarindoshlarning) bola tu'gish kerakligi haqidagi bosimidan charchash;

Stress (kuchli stress ayol tuxum hujayralari funksiyasini buzadi).

Psixologik bepushtlikni davolash:

Prenatal psixolog konsultasiyasi;

Psixoterapevtik muolajalar (ba'zida er-xotin munosabatlarini yaxshilash uchun talab etiladi);

Relaksatsiya (stress davomida organizmga psixologik bo'shashish - relaksatsiya talab etiladi);

Shifokor maslahati bilan ba'zida psixotropik dori-vositalar talab etilishi mumkin;

Psixologik bepushtlikda o'ziga yordam berish:

Bepushtlikka sabab jismoniy kasallik emasligini aniq bilish uchun kerakli analizlarni topshirish va tekshiruvlardan o'tish;

Yuqorida keltirilgan psixologik bepushtlik sabablarini birma-bir o'qib chiqib o'zidagi qo'rquvlarni yuzaga chiqara olish;

Bu qo'rquvlarning negizida nima borligini topib, ular noo'rin ekanligiga o'zini ishontirish;

Jinsiy aloqani faqat homilador bo'lish uchun emas, balki muntazam ravishda lazzatlanish uchun bajarish. Dam olish maskanlariga ketib, jinsiy munosabatlardan to'liq lazzatlana olish kerak;

Homiladorlik davomida yuz berishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar haqida o'ylamaslik, o'qimaslik, so'ramaslik;

Yangi tug'ilgan chaqalog'i bor baxtli ayollar bilan ko'proq muloqotda bo'lish.

Ko'pincha psixologik bepushtlikka eng yaxshi davo er-xotin munosabatlariga iliqlik kiritish bo'ladi. Bir-birini sevib, ehtiroslarda yurgan er-xotinda homiladorlik yuz berishi ehtimoli katta.

Quyidagi savollarga javob berish o'zingizda psixologik bepushtlikni ko'ra olishda yordam beradi:

Homilador ayollar yoki chaqalog'i bor ayollar oldida o'zingizni noqulay his qilasizmi? (ha -0/yo'q-10)

Homilador ayollar yoki chaqalog'i bor ayollardan uzoqroq yurishga harakat qilasizmi? (ha -0/yo'q -10)

Er-xotin orasidagi jisniy munosabatlaringizda hammasi yaxshimi? Agar unchalik yaxshi emas bo'lsa, homiladorlik bu munosabatlarni yanada buzadi deb o'ylaysizmi? (ha-0/yo'q-10)

Jinsiy aloqa faqat urug'lanish mumkin bo'lgan davrda sodir bo'ladimi? (ha -0/yo'q-10)

Turmush o'rtog'ingiz sizga ko'p yordam beradimi, unga ishonasizmi? (ha-10/yo'q-0)

Har kungi kayfiyatingiz qanday? Oddiy hodisalar sizni xursand qila oladimi? (ha-10/yo'q-0)

Siz bezovtalanasizmi? Uyqungiz yaxshimi? Havotir kabi tuyg'ular ko'p bo'ladimi? (ha-0/yo'q-10)

Ishtahangiz o'zgarganmi?(ha-0/yo'q-10)

Mana shu savollarga javob berib, o'zingizni tahlil qilib ko'ring. Qancha ko'p ball olgan bo'lsangiz, shunchalik yaxshi, demak siz psixologik bepushtlikdan holisiz. Agar natija juda past yoki 0 ga teng bo'lsa, demak psixologik bepushtlik borligi aniq.

Eng muhim savol!

Sizga bola nega kerak?

Qaynonani xursand qilish, reproduktiv tizimda muammo yo'qligida amin bo'lish, erni xursand qilish, yoshim o'tguncha tug'ib olish, qo'shni kelinga o'xshash va boshqa shu kabi sabablar uchunmi yoki ona bo'lish baxtiga muyassar bo'lish uchunmi? 

Agar sababi ikkinchi bo'lsa, u holda shuni bilingki, hech qanday muammo (moddiy holat, karyera, jismoniy go'zallik, og'riq, uyqusiz tunlar, charchoqli kunlar...) sizga haqiqiy onalik baxtini his eta olishga to'sqinlik qila olmaydi!  

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Bolangizni qanday uxlatasiz?
    • Raxmat pazandaxon. Qozon ovqat shavla palov gre4ka yaxwi ko'rib yerdi bowqa ovqatlarni un4alik yemasdi. Ke4adan beri wulaniyam 1 qowiqdan ko'p yemayabdi. Pe4enyeni o'ziyeb yuradi 1, 2 ta yeydi. Bilaman o'rganib qolgan narsadan voz ke4iw osonmas lekin dadasi tuwunmayabdi yozda ajratganing un wunaqa bulyabdi deb yozga yopiwib olgan. O'zi qizimni rosa ayardikda ( 1- farzandimizdan ayrilganmiz) deyarli yig'latmasdik endi baqirib yiglawi yurakni ezyabdi. O'zim ham xato qildim wekilli deb rosa siqilyabman. Duo qilinglar bu kunlarni yengilgina o'tkazaylik
    • mavluda1492
    • Zahroxon's Avatar
    • Pishiriqlar
    • OYDIN listda ham qilsiz buladi, man ham rosa kup qilardim qish faslida 2ta list qilib, 1tasini turtburchak listida, bittasini yumaloq listida qilib pazaandaxon qilishganini ham list deb uylabman
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Tortlar
    • Paxlava Masalliqlar: 4st un 200gr margarin 1 stakan qatiq 0,5 ch.q soda 4 ta tuxum sarig'i Nachinkasi uchun: 4 dona tuxum oqi 1 st shakar 1kosa yong'oq 1piyola mayiz Tayyorlash: Unga margarinni qirg'ichdan chiqarib, qo'lda uqalab olamiz. Qatiq,soda,tuxum sarig'i solib yumshoq xamir qoramiz. Tayyor xamirni 6bo'lakka bo'lib olamiz Zuvalalarni (lagandan kichikroq) yoyib, nachinka surtib o'raymiz. Ruletli paxlava yuziga tuxum sarig'i surtib, duxovkaga 30 daqiqa qo'yamiz. Pishgandan so'ng issiqligida asal+saryog' eritmasi surtiladi (50gr saryog'+2osh qoshiq asal).
    • Pazandaxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...