Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

TELEGRAM


Oilada bepushtlik muammosi bo'lsa, odatda birinchi bo'lib ayol davolanishni boshlaydi. Lekin erkaklarda ham bepushtlik muammosi keng tarqalgan bo'lib, erkak bepushtligiga quyidagilar sabab bo'ladi:

 

1. Azospermiya. Bu kasallikda erkakda spermatazoidlar mavjud bo'lmaydi. Bu patologiya og'ir kasalliklar, kuchli jarohat va tuxumdonning o'tkir kasalligi natijasida vujudga keladi.
2. Urug' yo'li tomirlarining shishlari. Bepushtlikning bu shakli ko'pchilik bepusht erkaklarda uchraydi.
3. Kuchli stress.
4. Ayrim dori vositalari.
5. Bolalikda o'tkazilgan ayrim kasalliklar: tuberkulyoz, parotit (tepki), qizilcha, shikastlanish.
6. Tuxumdon va jinsiy a'zolarning kasalliklari.
7. Spermatazoid yo'llari o'tkazuvchanligi buzilishi. Bunda jarrohlik yo'li bilan yo'llar ochiladi va homiladorlik oson yuz beradi.
8. Gormonal buzilishlar (endokrinologik kasalliklar).
9. Infeksiya (erkaklarning har xil ayollar bilan jinsiy aloqada bo'lishi TORCH infeksiyalari (gerpes, xlomidiya, taksoplazma va boshqalar)ni orttirib olishga olib keladi. Bu infeksiya boshida namoyon bo'lmay erkak jinsiy a'zolariga katta jarohat keltiradi. Afsuski, kasallik alomatlari namoyon bo'lganda davolanish samarasiz bo'lishi mumkin. Infeksiya bepushtlikka olib kelishi mumkin, infeksiya davolanmay turib homiladorlik yuz bersa, farzand og'ir tug'ma nuqsonlar bilan tug'iladi.
10. Erkak tuxumdonlarining ortiqcha qizib ketishi (saunada ko'p vaqt o'tirish, qizdiradigan, siqib turadigan kiyim kiyish).
11. Alkogol.

Homiladorlik yuz berishi uchun kamida 20 mlnga yaqin spermatazoid mavjud bo'lishi kerak. Ulardan yarmi harakatchan bo'lishi shart. Afsuski, ayrim kasalliklar, infeksiyalar spermatazoidlar harakati va soniga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Erkak bepushtligi shakllari ayol bepushtligiga nisbatan aniqroq bo'ladi, uni davolash odatda bir necha oydan bir necha yilgacha davom etadi, lekin erkak bepushtligining ayrim shakllari umuman davolanmaydi. Bunday hollarda donor spermatazoidlardan foydalanish maslahat beriladi.

Erkakning bepushtligiga qandli diabetning ta'siri juda katta ekan. Angliyalik professor Con MalLidis fikricha, erkak qonidagi qand miqdorining ortiqchaligi spermatozoid DNKsining buzilishiga olib kelishi mumkin ekan.

Diabet bilan kasal erkaklarni spermatozoidlarni molekulyar tekshiruvdan o'tkazganda, ularning DNK holatiga zarar yetkazilgani topilgan.
Bunday spermatozoiddan hosil bo'lgan embrion sifati juda past bo'lib, natijada homila tushib qolishi yoki homiladorlik vujudga kelish imkoniyati pasayishi kuzatilar ekan.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Bolajonlarimizga berayotgan dori vositalarimiz
    • Muslima Levakarantin tarkibli dori haqida an4a oldin yozgan ekansiz wu dorini i4irganmidiz aynan nima sababdan? Bizgayam 2 oylikda privivka oliwdan oldin nevropatolog ko'rikidan o'tganimizda bola sog'lom degan lekin wu bn intellan degan dori i4iriwni tavsiya qilgan wowib instruksiyasini ko'rmasdan olganmiz keyin o'qib juda ku4li dorilar bo'lgani un i4irmaganman hozir ham turibdi wu dorilar
    • mavluda1492
    • uzbaby's Avatar
    • TELEGRAM kanaliga obuna bo'ling!
    • Qizlarjon bizning saytimizda Uzbaby.uz telegram kanali ishga tushdi. Sayt rivoji uchun hissangiz qo'shmoqchi bo'lsangiz, ushbu kanalga ssilkani ( telegram.me/uzbaby ) do'stlaringizga, siz bilgan guruxlarga TELEGRAM orqali tarqatib yuboring. Kanalimizga qancha ko'p odam obuna bo'lsa, biz shunchalik rivojlanamiz, shunchalik ko'payishamiz! Rahmat.
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...