Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Afsuski, bepusht oilalar oramizda yo'q emas. Farzand ko'ra olmay yuzlab shifoxonalarga qatnagan, ko'plab qiyinchiliklardan o'tgan er-xotin qanchalik qiynalishi boshidan kechirmaganga qorong'u bo'lsa kerak. Atrof muhitning ta'siri, yaqinlarning munosabatlari, do'st-dushmanning gaplari bunday er-xotinga juda katta psixologik ta'sir ko'rsatadi.

Oilada bir necha yil davomida farzand dunyoga kelmasa:

Avvallambor to'g'ri va aniq davolanish lozim. Afsuski, ayrim shifokorlar davolash o'rniga jarohat yetkazishi ham mumkin. Qanday desangiz, noto'gir diagnoz qo'yilib davolangan kasallik og'ir oqibatga olib kelishi mumkin. Shuning uchun birinchidan, turmush qurganingizga 1 yildan oshmagan bo'lsa, aslo shifokorga murojaat qilmang. Sog'lom oilalarning 12% da muntazam jinsiy aloqalar 8-12 oy davom etganda homiladorlik yuz beradi. Siz ana shunday oilalar qatorida bo'lishingiz mumkin. Ortiqcha dori-vositalar bilan sog'lom organizmingizga zarar keltirib qo'ymang. Savodli shifokor 1 yillik kelin-kuyovga hech qachon o'tkir davolanish mexanizmini qo'llamaydi.

Agar oila qurganingizga 1 yildan oshgan bo'lib homiladorlik yuz bermay, shifokorga murojaat qilishni ko'zda tutgan bo'lsangiz, bunga mas'uliyat bilan yondashing. Tanishlardan surushtirib yaxshi va ishonchli shifokorni topib, u bilan maslahatlashing. Bepushtlikda eng asosiysi - to'g'ri diagnostika. Bepushtlik sababini aniq bilish uni davolanishning 50% garovidir. Bepushtlik sababi esa ayolda ham, erkakda ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun diagnostikani er-xotin birga boshlashi shart.

Bepushtlik sababi aniqlanganda, davolanishni shifokorning maslahatiga binoan amalga oshirilish kerak. Shifokor aytgan dori-vositalari adashtirilmay, o'z vaqtida, kerakli miqdorda o'zgartirilmay qabul qilinishi kerak. Bepushtlikka qarshi dori-vositalar gormonal bo'lishi mumkin. Gormonal vositalarni to'g'ri va vaqtida ichmasa, davolanish samarasiz bo'ladi. "Bu dori juda kuchli, buning o'rniga boshqasini ichaqolay", yoki "Dori soni ko'p ekan, bir-ikkitasini ichmay qoya qolay",-deb shifokor bilan maslahatlashmagan holda qaror qabul qilsangiz, davolanish samarasiz bo'ladi.

Davolanish boshlanganda er-xotin sog'lom hayot kechirishi kerak. Vitaminga boy ovqatlanish, yog'li, achchiq ovqat va shirinliklarni me'yoridan ko'p yemaslik lozim. Erkaklar sauna va hokazolar orqali jinsiy a'zolarini ortiqcha qizib ketishidan saqlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Spirtli ichimliklar va chekish davolanish davomida iloji boricha yo'qqa chiqarilishi lozim.

Stress va psixologik holat davolanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Stress organizmda kuchli gormonal o'zgarishlarni, natijada ayollarda ovulyatsiya buzilishini yoki boshqa salbiy o'zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Davolanish tugab homiladorlik yuz bermasa, tushkunlikka tushmaslik zarur. Odatda davolanish tugasa ham, organizmga vaqt talab etiladi.

Shifokorning davolash mexanizmini boshqa shifokor bilan solishtirib ko'ring. Iloji bo'lsa, bir necha shifokor maslahatini olib, tahlil qilib ko'ring. Sizda ishonch tug'diradigan, gaplari asoslangan va samarasi sezilayotgan shifokorda davolanishni davom eting.

Davolanish haqida saytlarda suhbatlashing. Bepusht bo'lib farzand ko'ra olgan boshqa oilalar bilan maslahatlashing.

Er-xotin bir-biringizga nisbatan mehr-muhabbat bo'lsa, kurashing. Hozirgi kunda bepushtlikni davolash yo'llari juda ko'p va samarali. Tushkunlikka tushib, xatolarga yo'l qo'ymang. Birovlarning gina, kesatuvlariga ahamiyat bermay o'z baxtingiz sari intiling. Bir necha yildan so'ng Olloh farzand berganda sizchalik baxtli inson dunyoda bo'lmaydi.

Er-xotin bir-biringizni qo'llab quvvatlang. Hozir eng muhimi sizning munosabatlaringiz. Agar birga kurashsangiz, albatta muammolarni yengasiz.

Farzand 10 yildan ortiq dunyoga kelmasa, davolanishning yangi uslublarini izlang, imkoniyat topib chet el shifoxonalariga murojaat qiling.

Eng asosiysi, bunga kurashishga sabab bo'lishi kerak. Bu sabab er va xotinning aynan bir-biridan farzand ko'rishni niyat qilishidir. Bir-biringizni sevib, niyat qilib, ishonsangiz, Ollohni o'zi farzand beradi.

Bepusht er-xotin hali dunyoga kelmagan farzandi bilan gaplashib uni qanchalik kutayotganingizni, sevishini aytib xayolan chaqirish kerak.

Farzand ko'rishdan ortiqroq baxt bo'lmasa kerak dunyoda. Bunday baxtga barchamiz sazovor bo'laylik. Ollohni o'zi har bir juftlikka farzand bersin.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...