Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Spermatazoid sifati va erkak bepushtligi

Erkak bepushtligini asosiy sababchilaridan biri - spermatozoid sifati bilan bo'gliq muammolardir. Hozirgi zamon tibbiyoti bu muammolarni ko'pincha muvaffaqiyatli bartaraf etib kelmoqda. Quyida spermatozoid bilan bog'liq muammo va yechimlar haqida suhbatlashamiz.

Jinsiy aloqa jarayonida millionlab spermatozoidlar ayol organizmiga kirib, ular orasidan faqat bir necha yuztasi ayol tuxumdoniga yetib borishi va uni urug'lay olishi mumkin bo'ladi. Spermatozoid ayol tuxum hujayralarini muvaffaqiyatli urug'lashiga bir qator faktorlar ta'sir qiladi:

  • Spermatozoid miqdori;
  • Spermatazoid konsistensiyasi (1 millimetr urug'da spermatazoidlarning soni);
  • Erkak urug'i hajmi;
  • Spermatozoid harakat qilish qobiliyati;
  • Spermatozoid harakati tezligi;
  • Spermatozoid morfologiyasi (shakli).

Ushbu faktorlarning yomonlashuvi erkak bepushtligiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun ularning har biri yuqori ko'rsatgichga egaligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Spermatozoid muammolarini nima keltirib chiqaradi?

Erkakning yoshi

Umuman, erkakning ayolni urug'lay olish qobiliyati 35 yoshdan so'ng asta so'nishni boshlaydi. Bu asosan spermatozoid miqdori va harakatlanuvchanligida namoyon bo'ladi.

Immunitet muammolari

Erkak immun tizimida muammolar yuzaga kelsa, ba'zida organizm spermatozoidni yot modda deb qabul qila boshlaydi va ularni nobud qilish uchun maxsus antimodda ishlab chiqaradi.

Saraton kasalliklari

Saraton kasalligini davolashda qo'llaniladigan radio-kimyoviy terapiya, ba'zi dori-vositalari erkak bepushtligiga olib kelishi mumkin.

Jinsiy aloqa orqali o'tadigan kasalliklar

Shu turkumdagi ba'zi kasalliklar jinsiy aloqa jarayonida spermatozoid yo'llarini zararlantirish xususiyatiga ega.

Boshqa faktorlar.

Tashqi muhitning holati va erkakning hayot tarzi ham spermatozoid buzilishiga olib kelishi mumkin. 

Undan tashqari erkak bepushtligiga anotomik muammolar ham sababchi bo'ladi:

  • Varikotsele - erkak tuxumi tomirlari kasalligi bo'lib, bepusht erkaklarning 40% da uchraydi.
  • Noto'g'ri eyakulyatsiya - bunda urug' tashqariga emas, balki siydik pufagiga tashlanadi.
  • Kriptorxizm - tuxumning o'z joyiga joylashmagani tufayli ba'zida unda spermatozoid ishlab chiqarilmaydi.
  • Erektil disfunksiya - bunda erkak jinsiy aloqaga kirisha olmaydi, kuchsiz bo'ladi.

Bir necha yil davomida oilada farzand bo'lmayotgan bo'lsa, erkak albatta spermatozoidini tekshirtirishi talab etiladi. Aynan spermatozoid sifatiga qarab bepushtlik sababini aniqlash oson va tez bo'ladi. 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • sizlar 5ta qizmisizlar oilada, sizlar ham mazza qilibsizlarda diydor shirinda baribir
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Mart 2017
    • Bugun kotta buvijonimiz bizikiga mehmonga keldilar, buvimiz bn ham rasmga tushib oldik... [image] [image]
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bolalardagi kasalliklar
    • Va aleykum assalom Miyrxan. Forumga xush kelibsiz! Qizizga alloh shifo bersin. Shina yechilgandan keyin xar 3 yoki 6 oyda massaj, elektrafarez, parafin olib turasizlar. Qiziz yurishni boshlagandan keyin maxsus yassi oyoqchalar un tufliklar sotiladi, shuni kiydirasiz. Xar 6 oyda ortaped ko'rigidan o'tkazib turasiz. Keyinchalik qiziz bemalol yurib ketgach uyda oyoq uchida, tovonda, baklajka qopqoqlari ustida yurgizib o'ziz shugullansangiz ham bo'ladi.
    • Pazandaxon
    • Oymomo's Avatar
    • Go'zallik sirlari
    • Juda xavfli parhezlar: takrorlashga urinmang Bahor kelishi bilan hamma ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin. Foto: “ Gastronom.ru” Oqsilli parhez Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan...
    • Oymomo

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...