Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

EKO (sun'iy urug'lanish) haqidagi yolg'on fikrlar

Sun'iy urug'lanish yo'li bilan ko'plab bolalar dunyoga keldi. Ammo hanuzgacha bepushtlikdan qutqaruvchi bu muolaja haqida ko'plab baxs va munozaralar olib borilmoqda.

Quyida EKU (sun'iy urug'lanish) haqida eng ko'p tarqalgan xato fikrlarni keltirib o'tamiz.

1. EKU (sun'iy urug'lanish) muoaljasini faqat 35 yoshdan keyin amalga oshirish mumkin. 

Aksincha, ayol qancha yosh bo'lsa, EKU (sun'iy urug'lanish) natijasi shunchalik yaxshi bo'ladi.

2. EKU (sun'iy urug'lanish) orqali homilador bo'lsa, albatta egizaklar tug'iladi. EKU (sun'iy urug'lanish) muolajasi amalga oshirilganida odatda ovulyasiya qo'zg'atiladi, natijada ayolda bir nechta tuxum urug'lanishga tayyor bo'ladi. Lekin bu degani, ularning barchasi urug'lanadi degani emas. Bunday ehtimollik yuqoridir, xolos. 

3. EKU (sun'iy urug'lanish) orqali dunyoga kelgan bolalar sog'lig'i sust bo'lib, genetik kasalliklarga ega bo'ladilar. Bunday bo'lishiga EKU (sun'iy urug'lanish) emas, balki onaning bu muolajani odatda katta yoshida (35 dan so'ng) o'tkazishi sabab bo'lishi mumkin. Undan tashqari EKU (sun'iy urug'lanish) muolajasida embrion probirkadan ayol bachadoniga o'tkazilguniga qadar, maxsus genetik tekshiruvdan o'tadi va onaga tekshiruv natijasiga ko'ra sog'lom bo'lgan embrion o'tqaziladi. 

4. EKU (sun'iy urug'lanish) jarayoni juda og'riqli kechadi. Jismoniy og'riq bo'lmaydi. Lekin psixologik zarba bo'lishi mumkin.

5. EKU (sun'iy urug'lanish) bilan yuzaga kelgan homiladorlik faqat kesarcha kesilish bilan yakunlanadi. Bu yo'l bilan yuzaga kelgan homiladorlikda ham, tabiiy homiladorlikdagi singari kesarcha kesilish bilan tug'ishga ko'rsatmalar bo'lsagina bu usul qo'llaniladi.

6. EKU (sun'iy urug'lanish) har qanday bepushtlikka chek qo'yadi. Yo'q. Bepushtlikning faqat ba'zi turlarida EKU (sun'iy urug'lanish) ijobiy natijaga olib keladi.

7. EKU (sun'iy urug'lanish) orqali homilador bo'lish uchun bir necha bor urinish talab etiladi. Yo'q. Juda ko'p hollarda birinchi urunishdan ham homiladorlik yuz beradi.

8. EKU (sun'iy urug'lanish) muolajasi davomida va undan keyin ayol vazni oshib ketadi. Bunga muolaja talab etadigan gormonlar ta'sir qilishi mumkin. Lekin tog'r'i taqdim etilgan va nazoratda bo'lgan dori-vositalari ayolning vazni keskin oshishiga olib kelmaydi.

9. EKU (sun'iy urug'lanish) bilan homilador bo'lsa, bolaning otasi boshqa bo'ladi. Yo'q. EKO (sun'iy urug'lanish) muolajasini ayol erining spermatozoidlaridan foydalanilgan holda amalga oshirsa bo'ladi.

10. EKU (sun'iy urug'lanish) muolajasi ayolning salomatligini yomonlashishiga olib keladi. Agar ayol shifokorning barcha tavsiyalariga amal qilsa, uning salomatligiga salbiy ta'sir yetkazilmaydi. 

Kamil Rafaelyevish Baxtiyorov, professor, akusher-ginekolog.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • sevarushka's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Salom qadrli dugonajonlarim yaxshi dam oldinglarmi? Yangi haftaning ilk kuni barchamizga fayzli va barokatli bo'lsin! Sizlarni barchangizni yaxshi ko'raman.
    • sevarushka
    • muslima1's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • qanday insonlardan nafratlanasiz , yoqtirmaysiz? Hech kimdan nafratlanmayman Alloh insof bersin! Har bandaga Alloh insof bersin to'g'ri yo'lga boshlasin adashtirmasin!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...