Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

EKU - bu, oddiy qilib aytganda, sun'iy urug'lantirishdir. Bu usul 1978-yildan beri dunyoda samarali qo'llanib kelib, minglab bepusht oilalarga farzand ko'rish baxtini ulashib kelmoqda.

EKU ekstra korporal urug'lanish atamasining qisqartmasidir.

Uning ma'nosi shundaki, urug'lanish ayol organizmida emas, balki tashqi muhitda sun'iy ravishda amalga oshirilib, hosil bo'lgan embrion esa bir necha kundan so'ng ayol bachadoniga sun'iy kiritiladi.

Buning uchun ayol tuxumdoni kuchli stimulyatsiya qilinadi. Natijada tuxum hujayralariga ega bir necha follikula yetilib chiqadi. Shifokor tuxumdonini tashqaridan maxsus igna orqali punksiya qilib yetilgan tuxum hujayralarini chiqarib oladi. Bu tuxum hujayralari erkak spermatozoidlari bilan maxsus probirkada urug'lantiriladi. Agar erkak spermatozoidlarining sifati past bo'lsa, IKSI uslubi yordamida spermatozoidning urug'lantirish qobiliyatiga ega bo'lgani ajratilib olinadi, agar urug'lantirish qobiliyatiga ega bo'lmasa unda donor spermasidan foydalaniladi. Probirkada urug'langan tuxum hujayrasi bir necha kun davomida bo'linish natijasida embrionga aylanadi. Shundan so'ng, embrion ayol bachadoniga maxsus yo'l bilan kiritiladi va embrion o'z rivojlanishini bachadonda oddiy homiladorlik singari davom etadi.

Sun'iy urug'lantirish bepushtlikning qaysi holatlarida qo'l kelishi mumkin?

1. Ayolning ikkala bachadon yo'llarining yo'qligi yoki ularning o'tkazuvchanligi juda pastligi;

2. Erkak bepushtligi (spermatozoidlarning sifatsizligi);

3. Bepushtlikni davolashning boshqa yo'llari 10 yildan ortiq samarasiz bo'lganligi;

4. Bepushtlikning sababi noaniq ekanligi.

Erkakning spermatozoidlari umuman urug'lantirish xususiyatiga ega bo'lmagan hollarda spermatozoidlar bazasidan donor spermasidan foydalaniladi.

Sun'iy urug'lantirishning natijasi qanday?

Suniy urug'lantirishdan homilador bo'lish imkoniyati yaxshi, lekin bunday homiladorlikni saqlab qolish ko'p faktorlarga bog'liq:
- er-xotinning umumiy salomatligi;
- er-xotin yoshi (qanchalik yosh bo'lsa, shunchalik homiladorlik saqlanish ehtimoli katta);
- sun'iy yetilgan embrionning sifati;
- to'g'ri belgilangan va amalga oshirilgan muolaja va boshqa faktorlar.

Bir marta sun'iy urug'lantirish natijasida homiladorlik yuz bermagani hech narsani bildirmaydi. Xuddi oddiy homiladorlik singari sun'iy homiladorlik urinishlari ham bir necha bor takrorlanib bola tug'ilish ehtimoli bor.

Sun'iy urug'lantirish muolajasi o'rtacha necha pul turadi?

Sun'iy urug'lantirish muolajasining narxi har xil mamlakatda turlichadir. Statistik ma'lumotlarga qaraganda o'rtacha 5000 AQSH dollaridan 10000 AQSH dollarigacha tashkil qiladi. Undan tashqari samolyot, yashash va dori-darmon xarajatlarini ham inobatga olish lozim.

Sun'iy urug'lantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich

Er-xotin to'liq diagnostika qilinib, sun'iy urug'lantirish dasturi belgilanadi. Dastur ichida undan keyin amalga oshiriladigan homiladorlikni olib borish tizimi ham aniq ko'rsatiladi.

2-bosqich

Er-xotinni sun'iy urug'lanish muolajasiga ruhan va jismonan tayyorlash: ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlarni tuzatish, spermatozoidlar sifatini oshirish, infeksiyalarni davolash va hokazo.

3-bosqich

Ovulyatsiyani stimulyatsiya qilish (kuchaytirish), Ultra tovushli diagnostika orqali kuzatish (10-30 kun davomida).

4-bosqich

Sun'iy urug'lantirishni amalga oshirishdan oldin tuxum hujayrasini to'liq rivojlantirish maqsadida ayolga HCHG (maxsus suyuqlik) kiritiladi.

5-bosqich

Tuxum hujayralari ayol tuxumdonidan maxsus igna yordamida olib chiqariladi, erkak spermasi topshiriladi. Tuxum hujayralari probirkada spermatozoidlar bilan sun'iy urug'lantiriladi (1 kun).

6-bosqich

Embrion rivojlanishi kuzatiladi (2-5 kun).

7-bosqich

Embrion ayol bachadoniga sun'iy kiritiladi. Qolgan embrionlar har ehtimolga qarshi muzlatib qo'yiladi (1 kun).

8-bosqich

Sun'iy urug'lantirish natijasida vujudga kelgan homiladorlikning ilk davrida qo'shimcha gormonlar ichiladi (homiladorlikning 10-14 haftasigacha).

9-bosqich

Homiladorlikni aniqlash, test o'tkazish (sun'iy urug'lantirishdan so'ng 2 hafta o'tgach).

10-bosqich

UTD diagnostikasi (sun'iy urug'lantirishdan so'ng 3 hafta o'tgach).

11-bosqich

Homiladorlikni olib borish (oddiy homiladorlikdan ko'ra ko'proq e'tibor va mas'uliyat talab etiladi).

12-bosqich

Tug'ish jarayoni.

Sun'iy urug'lantirishda ayol tuxumdoni stimulyatsiya qilinib, bir nechta tuxumdon vujudga kelishi natijasida, egizaklar tug'ilish ehtimoli katta.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • maroqli suhbat uchun rahmat, Sevara opamni hamma gaplariga men ham qo'shilaman, MUslima opa, Lilyginam sog' bo'linglar ilohim! Lilyginam endigi navbatni kimga bermoqchisiz?
    • muyassar2017
    • sevarushka's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Muyassarxon raxmat o'ziz ham yaxshimisiz, do'mbillavolib yuribsizmi?qiynalmayapsizmi?
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...