Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Agar sun'iy urug'lantirish homiladorlikka olib kelsa, bu juda yaxshi, lekin ayrim holatlarda salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.


Ular:
Ayol tuxumdoning giperstimulyatsiyasi:
Buning natijasida tuxumdonda ko'plab sariq moddalar vujudga kelib, ular gormon chiqara boshlaydi. Bir xil ayollar ushbu gormonlarning ko'payib ketganidan o'zlarini yomon his qiladilar. Asosan, qorin tagidagi og'riq, ko'ngil aynishi kuzatiladi. Lekin ayrim hollarda bo'shashish, siydik miqdorining kamayib ketishi, qorinning qattiq shishi kuzatilishi mumkin.
Juda oz holatlarda giperstimulyatsiyaning natijasi og'ir asoratlarga olib keladi. Bunda ayol nafas olishga qiynaladi va qon bosimi tushib ketadi.
Odatda, bu holatlar oson davolalanadi. Davolanish davomida ko'p suyuqlik ichiladi, maxsus dori kapelnitsa orqali organizmga kiritiladi.
Giperstimulyatsiyaning yengil shakllarida shifokor bilan maslahatlashgan holda uyda qolish mumkin, lekin og'irroq hollarda shifoxonaga yotish talab etiladi.
Ko'p homilali homiladorlik:
Homila paydo bo'lishi uchun sun'iy urug'lantirish jarayonida ayol bachadoniga bir nechta (ko'pi bilan 3 ta) embrion o'tqaziladi. Ba'zida bu ko'p homilali homiladorlikka olib kelishi mumkin. Agar bachadonda ikkitadan ko'p homila bo'lsa, bunday homiladorlikni o'tkazish va saqlab qolish juda qiyin bo'ladi. Shuning uchun maxsus usullar bilan bir embrionning rivojlanishi to'xtatiladi. Bunda boshqa embrionlarga ziyon yetkazilmaydi. Bu maxsus jarrohlik operatsiyasi bo'lib, u ultra tovushli diagnostika apparati yordamida amalga oshiriladi. Sun'iy urug'lantirish natijasida vujudga kelgan homiladorlik bir oz zaifroq bo'lgani uchun bachadonda ikkitadan ko'p homila bo'lmasligini ta'minlash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bachadondan tashqari homiladorlik:
Agar ayol bachadoniga embrion o'tqazilgandan so'ng bo'shashib ketish, bosh aylanish, noaniq kuchli og'riq va homiladorlikning belgilari kuzatilsa bachadondan tashqari homiladorlik vujudga kelgan bo'lishi mumkin. Bunda homila bachadonda emas, balki unda tashqarida rivojlanadi. Bu juda xavfli holat bo'lib, tezda shifokorga murojaat qilishni talab etadi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zohida97's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu aleykum mehribon opajonlarim yaxshi dam oldizmi kun sizlarga quvonchli utsin
    • Zohida97
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Mani uģlim q xarfi suzni boshida kelsa, aytolmaydi qovunni tovun, qani ni tani, qalamni talam deydi, lekin suz urtasida q xarfi kelsa bemalol ayta oladi, nimadan ekana
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...