Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

spermatozoid

Erkak bepushtligining asosiy sababchilardan biri bo'lmish azospermiya (azoospermiya), bugungi kunda dolzarb muammo hisoblanmoqda. Xalqaro Sog'liqni Saqlash Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra bepusht erkaklarning 10%da azospermiya mavjud ekan.

Azospermiya nima degani?

Erkak jinsiy suyuqligida spermatozoidlarning yo'qligi yoki juda kamligiga azospermiya deyiladi.

Azospermiya holatiga nima sabab bo'ladi?

Ko'pincha, u moyak yetishmoqchiligi tufayli yuzaga keladi. Undan tashqari erkak jinsiy yo'llarining ikki tomonlama buzilishi asoratida ham rivojlanishi mumkin. Agar azospermiyaning kelib chiqish sababi aniqlanmasa, u holda noaniq genezga ega azospermiya, degan tashxis qo'yiladi.

Azospermiya turlari:

Azospermiyaning obsturktiv(ekskretor) va noobstruktiv(sekretor) shakllari mavjud. Ular quyidagicha farqlanadi: 

Obstruktiv azospermiya:

  • Gormonal holat normada;
  • Tuxum razmeri tabiiy ravishda normal;
  • Erkak jinsiy suyuqligida maxsus tekshiruv natijasida spermatozoid hujayralari aniqlanmaydi;
  • Urug' o'tuvchi yo'llarda patologik o'zgarish mavjud, bunga quyidagilar sababchi bo'ladi:
  • Tug'ma kasalliklar, ya'ni tashqi va ichki jinsiy a'zolarning shakllanishida patologiya;
  • Jinsiy a'zolar yallig'lanishi;
  • Kichik tos a'zolarda jarrohlik operasiya o'tkazilgani;
  • Jinsiy va reproduktiv a'zolarda tan jarohati mavjudligi.

Noobstruktiv azospermiya:

  • Gipogonadizm (erkak jinsiy bezlari faoliyatining yetishmovchiligi);
  • Jinsiy suyuqlikda oz miqdorda spermatozoid hujayralari mavjud;
  • Gormonal buzilish;
  • Bemor anamnezida (tarixida) gen va xromosoma o'zgarish ro'y bergan.

Noobstruktiv azospermiyaning tug'ma bo'lishi sabablaridan biri tuxumning rivojlanishidagi anomaliyalardir. Undan tashqari noobstruktiv azospermiyaga nurlanish, varikosele, alkogol ichimliklar, muzlash va infeksiya sababchi bo'lishi mumkin.

Betartib jinsiy aloqa azospermiyaga olib kelishi mumkin!

Azospermiyaning davolanishi:

Azospermiya turiga va kelib chiqish sababiga ko'ra davolanadi. Bunda jarrohlik yo'li, gormonal terapiya va kerakli dori-vositalar bilan terapiya qo'llaniladi. Ko'p hollarda azospermiya tufayli homilador bo'la olmayotgan juftlikka IKSI muolajasi tavsiya etiladi. Bunda mikrojarrohlik usuli bilan moyakdan sun'iy ravishda spermatozoidlar ajratib olinadi va o'z farzandiga ega bo'lish imkoniyati paydo bo'ladi. 

Manba: stanfordhospital.org

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • bugun yana bitta imtixondan otib oldim eson omon Ollohga wukr. shu 1hafta imtixonlar... Zohida ilohim siz xam tezroq onalik baxtiga erishing.
    • ☆ZIZI☆
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Muslima opa sizgayam alohida Rahmat hamma hammasi uchun ilohim bollarizi rohatini ko'rib yurila birgalida qo'sha qarib)
    • Ezozaxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...