Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Varikotsele nima degani?

Erkak kishining jinsiy a'zolarida mavjud bo'lgan tomir va arteriyalar uning tuxumini qon bilan ta'minlash vazifasini bajaradi. Qon tomirlari orqali qon yurakdan butun tana bo'ylab aylanadi. Aylanish bir tomonlama bo'ladi. Ba'zida organizmda biror kasallik tufayli qon bir tomonga emas, balki uning oz miqdori teskari tomonga qayta boshlaydi. 

Shunda qaytgan qon hisobiga tomirlar kengayadi, shishadi, kattalashadi. Natijada varikotsele kasalligi yuzaga keladi.

Kim varikotsele bilan kasallanishga moyil bo'ladi?

Varikotsele juda ko'p tarqalgan kasallik bo'lib, odatda 15-25 yoshlik erkaklarda paydo bo'ladi. Buning sababi jinsiy rivojlanish jarayonida tuxumlar katta tezlikda o'sadi va ularning to'g'ri rivojlanishi uchun ko'p miqdorda qon talab etiladi. Agar shu davrda qon tomirlari yaxshi faoliyat ko'rsatmayotgan bo'lsa, kuchli qon oqimiga bardosh bera olmay, tomirlarda varikotsele yuzaga kelishi oson bo'ladi.

Ko'pincha varikotsele chap tomondagi tuxum tomirlarida namoyon bo'ladi. Kam hollarda o'ng tomonda ham yuzaga chiqishi mumkin.

Varikotsele xavflimi?

Varikotselening xavfliligi uning darajasiga bog'liq. Varikotsele tufayli erkak tuxumida harorat yuqori yuradi, bu esa spermatozoidlarning o'limiga, sifatini buzilishiga, natijada bepushtlikka ham olib kelishi mumkin .

Varikotsele alomatlari qanday?

Varikotsele mavjudligi haqida erkak ko'pincha bilmay yuradi. Issiq kunda yoki uzoq vaqt bir joyda o'tirish yoki tik turish natijasida ba'zi alomatlar namoyon bo'lishi mumkin:


- tuxumlarning qichinishi;
- jinsiy a'zolarda og'irlik paydo bo'lishi;
- tomirlarning bo'rtganligini qo'l bilan sezilishi;
- tuxum tomonda noqulaylik sezilishi;
- bir tomondagi tuxumning boshqa tomon tuxumdan shakli va razmeri bilan farq qilinishi.

Varikotsele qanday davolanadi?

Shifokor varikotsele kasalligini aniqlash uchun tuxumni tekshiradi. Bunda tuxum razmeri, shakli, joylashishi, harakatlanishiga ahamiyat beriladi. Agar varikotsele borligiga shubha paydo bo'lsa, qo'shimcha ultra tovushli diagnostika yoki stretoskopik tekshiruv talab qilinishi mumkin.
Agar varikotsele erkakka hech qanday noqulaylik keltirmayotgan bo'lsa, u holda u, odatda, davolanmaydi.

Varikotsele darajasiga qarab ba'zida uni jarrohlik yo'li bilan olib tashlash yoki varikotsele tufayli tuxum va boshqa jinsiy a'zolardagi yallig'lanishni dori vositalari bilan davolash talab etilishi mumkin.

Yana bir yo'l, tomir ichiga sun'iy yo'lakcha joylashtirish orqali plastik jarrohlik qo'llaniladi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...