Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

homiladorlik

Homiladorlik testi homiladorlikni aniqlash uchun eng qulay vositadir. Homiladorlik testidan foydalanishdan oldin unga ilova qilingan yo'riqnoma bilan tanishib chiqish zarur.

Hayz siklining qaysi kunida homiladorlik testini o'tkazish mumkin?

Agar hayz sikli muntazam ravishda bir xil bo'lsa, u holda testni hayz kechikkan kunida o'tkazsa bo'ladi. Ya'ni, hayz 22 mart kuni boshlanishi kerak bo'lib kelmasa, shu kun yoki undan 1-2 kun keyin testni o'tkazish mumkin. Bu davrda test natijasi salbiy(hamiladorlik mavjud emas) bo'lib chiqsa, biroz kutish zarur. Hayz kelavermasa, bir necha kundan so'ng testni qayta o'tkazsa bo'ladi. Hayz sikli muntazam bo'lmagan hollarda testni oxirgi hayz kelgan kunidan boshlab 35-40 kun o'tgach amalga oshirgan ma'qul. Javob aniqroq chiqadi.

Test homiladorlikni tez aniqlay olmasligini sababi, aynan shu oyda ovulyasiya kechroq sodir bo'lgan bo'lishi mumkin yoki hayz kutilishi mumkin bo'lgan kun sanasi adashtirilgan bo'lishi mumkin.

Kunning qaysi davrida test o'tkazgan ma'qul?

Homiladorlikni ko'rsatuvchi HCHG gormoni miqdori ertalab ko'paygan bo'ladi. Shuning uchun tezroq va aniqroq natija uchun testni ertalab, uyg'ongandan so'ng ilk siydikdan foydalangan holda amalga oshirish ma'qulroq.

Homiladorlik test aniqlagan javob necha daqiqada namoyon bo'ladi?

Odatda javob 5 daqiqadan 10 daqiqa oralig'ida namoyon bo'lishi kerak. Bu oraliqda hech qanday javob ko'rinmasa, test notog'ri qilingan yoki buzuq hisoblanadi.

Homiladorlik testini buzib qo'yish osonmi?

Homiladorlik testi tayoqchalarini ehtiyotkorlik bilan ushlash lozim. Siydikni tayoqchada ko'rsatilgan joygacha tekkizish kerak. Siydik tegadigan joyni qo'l bilan ushlash mumkin emas. Test tayoqchasidagi siydik tegadigan joy quruq bo'lishi muhim.

Test tayoqchasiga siydikni qanday tekkazish zarur?

Ba'zi test tayoqchalarini toza idishdagi siydikka botirish, ba'zilarini siydik oqimi ostida ushlab turish talab etiladi. Bu haqda testga ilova qilingan foydalanish yo'riqnomasidan bilib olsa bo'ladi. Aynan yo'riqnomada ko'rsatilgan usulni qo'llash shart.

Siydikning farqi yo'qmi?

Siydikni o'rta qismini testga qo'llash yaxshiroq. Ya'ni siydikning oz miqdori chiqariladi, keyin o'rta qismi test uchun qo'llaniladi.

Agar test natijasi salbiy chiqsa?

Test natijasi salbiy chiqishi ikki holatdan dalolat beradi.

1. Test juda erta o'tkazilgan, ya'ni organizmda homiladorlikni ko'rsatuvchi gormon hali kerakli darajagacha ko'tarilishga ulgrumagan. Bu holatda bir necha kundan so'ng testni qayta o'tkazish mumkin.

2. Homiladorlik yuz bermagan. Bu holatda tez kunda hayz keladi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom. raxmat Muyassarxon nik masalasiga kelsak o'zim o'ylab topganman)))) chet ellik do'stlarim ismimni talaffuz qilisholmasdi. ularga nick namedan foydalanish m.mligini va Lily va Susy deb murojaat qilishlarini aytardim. bori shu)))
    • Lily
    • Lily's Avatar
    • Ozish uchun nima qilasiz?
    • man esa kamroq yeyishga o'tdim sutim kamayganiga tez tez ovqatlanardim hatto kechasi turib qornim ochsayam. enfi esa yotishdan avval ovqatlanmay mashq qilaman. bu to'yimli va sekin hazm boluvchi kechki ovqatni yoglarini parchalaydi va kamroq vazn yigyapman. tigruqdan song yuzlarim tolishib ancha semirgandim. hozir yuzlarim yana kirdi ichiga. asosiy muammoyim esa byodra yani boksada qoldi. unga ham mashq qilyapman. hozir domdamiz shungayam semirdim hali hovliga borsak anchaaa ozib qolaman yana))))
    • Lily
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...