Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

TELEGRAM

urug'lanish

Ayolda ovulyasiya sodir bo'lib, homiladorlik yuzaga kelgunga qadar bo'lgan davrda ayol tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashib bachadonga joylashadi. Shu davr o'rtacha 1-2 hafta davom etadi va urug'lanish deb ataladi. Shundan so'ng navbatdagi hayz sikli boshlanmaydi va homiladorlik aniqlanadi.

1. Ayol tuxumdonidan tuxum ajralib ovulyasiya yuz beradi. Tuxum bachadon tomon harakatlanadi, uning o'rnida sariq tanacha hosil bo'ladi. Ushbu sariq tanacha urug'langan tuxum bachadonga joylashishi uchun va homiladorlik boshlanishi va normal davom etishi uchun kerakli gormon ishlab chiqaradi. Agar tuxum urug'lanmay nobud bo'lsa, sariq tanacha ham nobud bo'ladi. 

Sariq tanachaning progesteron gormonini yetarlicha ishlab chiqarmasligi tufayli homilador bo'la olmaslik yoki homilaning erta tushib qolishi xavfi bor.

2. Ovulyasiya sodir bo'lgan kun atrofida erkak va ayol jinsiy aloqada bo'lsalar, erkak spermatozoidi bilan ayolning urug'lanish uchun tayyor tuxumi bachadon bo'ynida uchrashadi.

Urug'lanishga tayyor bo'lgan tuxum 24 soat yashaydi. Aynan shu 24 soat ichida u spermatozoid bilan urug'lanishga ulgurishi kerak. Spermatozoid ayol organizmida 3-7 kun yashay oladi.

 

3. Spermotozoidlarning biri tuxum tashqi qoplamini buzib, uning ichiga kirib olsa, tuxum urug'lanadi. Aynan shu zahoti bo'lajak homilaning jinsi aniq bo'ladi. Ya'ni kirib olgan spermotozoid Y xromosomalik bo'lsa, o'g'il bo'ladi, X xromosomalik bo'lsa, qiz tug'iladi.

Tuxum urug'langan zahoti bo'lajak bolaga erkak va ayolning genetik ma'lumotlari o'tadi.

4. Urug'langan tuxum kimyoviy tarkibi o'zgaradi, natijada boshqa spermatozoid unga endi kira olmaydi.

5. Urug'langan tuxum 24 soat ichida bir necha xujayralarga bo'linishni boshlaydi.

6. Bo'linib borayotgan urug'langan tuxum bachadon tomon harakatlanadi. 

Implantasiya sodir bo'lmaguncha homiladorlik yuz berdi, deb bo'lmaydi.

7. Urug'langan tuxum bachadonga joylashadi. Bu jarayon implantasiya deb ataladi. Ba'zi ayollar aynan shu kunda qindan oz miqdorda qon kelishini kuzatadilar.

Farzandi bor ayollar ba'zida implantasiya yuz bergach, homiladorlikning ilk alomatlarini ham seza boshlaydilar.

 

8. Bachadon devorlari qalinlashadi. 

9. Ilk 3 hafta davomida urug'langan tuxum jaddal tarzda bo'linishda davom etadi va homilaning ilk asab xujayralari shakllanadi.

10. Homiladorlik gormoni hisoblanmish HCG gormoni oshib boradi. Aynan shu gormonni siydikda mavjudligini homiladorlik testi aniqlaydi va homiladorlik yuz berganligini ko'rsatib beradi. 

 

>Urug'lanishdan so'ng bo'lgan davr

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Bolajonlarimizga berayotgan dori vositalarimiz
    • Muslima Levakarantin tarkibli dori haqida an4a oldin yozgan ekansiz wu dorini i4irganmidiz aynan nima sababdan? Bizgayam 2 oylikda privivka oliwdan oldin nevropatolog ko'rikidan o'tganimizda bola sog'lom degan lekin wu bn intellan degan dori i4iriwni tavsiya qilgan wowib instruksiyasini ko'rmasdan olganmiz keyin o'qib juda ku4li dorilar bo'lgani un i4irmaganman hozir ham turibdi wu dorilar
    • mavluda1492
    • uzbaby's Avatar
    • TELEGRAM kanaliga obuna bo'ling!
    • Qizlarjon bizning saytimizda Uzbaby.uz telegram kanali ishga tushdi. Sayt rivoji uchun hissangiz qo'shmoqchi bo'lsangiz, ushbu kanalga ssilkani ( telegram.me/uzbaby ) do'stlaringizga, siz bilgan guruxlarga TELEGRAM orqali tarqatib yuboring. Kanalimizga qancha ko'p odam obuna bo'lsa, biz shunchalik rivojlanamiz, shunchalik ko'payishamiz! Rahmat.
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...