Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

erkak kasalliklari

O'zbekchilikda erkakning shifokorga borishi uyatli hisoblanadi.

Tug'ilajak chaqaloqda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'plab kasalliklarni esa erkakni salomatligini tekshirtirish orqali oldini olsa bo'ladi. Erkak jinsiy kasalliklarining yomonligi shundaki, ularning ba'zilari deyarli alomatsiz kechib erkakka hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. U o'zini sog'lom deb bilib yuradi. Lekin bunday erkakdan tug'ilgan bolada jiddiy, hatto bedavo kasalliklar rivojlanishi mumkin.  

Bunga misol qilib TORCH infeksiyasini keltirish mumkin. Erkak TORCH infeksiyaning biron turiga chalingan bo'lib,  bu haqda bilmay yuradi. Turmush o'rtog'ini homilador qiladi. Otasidan onasiga jisniy aloqa orqali yuqqan infeksiya tufayli bola bosh miya gidrosefaliya kasalligi bilan tug'iladi. Bunday bola nuqsonlik bo'lib, ko'p yashay olmaydi.

Afsus, ba'zida ota-onaning aybi bilan bolalar kasal bo'lib tug'iladi. Homilada rivojlanadigan ko'plab kasalliklarni oldini olish mumkin. Buning uchun ota-ona homiladorlikka ma'suliyat bilan qarab, o'zini tibbiy tekshiruvdan o'tkazishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ayollarda jinsiy kasalliklarning ko'pi o'z alomatiga ega bo'ladi. Shuning uchun ayollar odatda o'zida muammo bor ekanligini biladi. Ayolda muhimi biron muammoni sezgan bo'lsa, homiladorlik bilan shoshmay, vaqtida davolanishidir. Erkaklarda esa afsuski ko'plab jinsiy kasalliklar alomatsiz kechadi. Hatto spermagrammasi 0%ga(TORCH infeksiyaning ba'zilari spermagrammaga salbiy ta'sir ko'rsatadi)teng  erkak ham sog'lom ko'rinishga ega bo'ladi. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan juftliklarda eng muhimi  erkakning tibbiy tekshiruvdan o'tishidir.

Erkaklar diqqatiga! To'ydan oldin jinsiy ehtiyojlaringizni qondirish ishtiyoqida bo'lganingizda, biroz o'ylab ish tuting. Aynan shu yo'l bilan ko'plab infeksiyalar tarqalishini unutmang! O'zingizni tiying! Kelajakda o'z baxtingizni topib, chiroyli oila begi bo'lib yurganingizda bugun qilib yurgan xatolaringiz farzandingiz salomatligida aks bo'lib chiqmasin!

Erkakni tibbiy tekshirtirish qanday amalga oshiriladi?

Quyidagilarni har bir erkak o'ylanishidan oldin tekshirtirishi kerak:

1. Qon analizlari:

  • Eng muhim analiz bu jinsiy infeksiyalar(TORCH)ga tekshirtirish. 
  • Qonning umumiy analizi;
  • Gepatit turlariga qon analizi;   
  • VICH, Vasserman va sifilisga analiz;
  • Qon guruhi va rezus faktorini aniqlovchi analiz.

Yuqoridagi analizlarni bir borishda topshirib aniqlasa bo'ladi. PCR(polymerase chain reaction) yo'li bilan aniqlanagan analiz eng aniq bo'ladi. 

2. Urolog(androlog) maslaxatxonasiga borish. Urologning to'liq tekshiruvi erkak jinsiy a'zolari muammolari yo'qligini ko'rsatib beradi.

3. Siydik yo'llari tekshiruvlari:

  • Erkak siydik-jinsiz a'zolarini ultra tuvishli diagnostika qilish;
  • Siydikni tahlil qilish.

Agar erkakda yuqoridagi analizlar biron kasallik borligini aniqlasa, bo'lajak turmush o'rtog'iga yuqtirmaslik uchun to'ydan oldin davolanish darkor. Kasallik ayolga yuqsa, bolajak farzand salomatligiga ziyon yetkaziladi.

 

Quyidagilarni ba'zi hollarda tekshirtirish talab etiladi: 

4. Spermogramma. Bu analizni amalga oshirish shoshilinch emas. Lekin uzoq vaqt homiladorlik yuz bermayotgan juftliklarga tavsiya etiladi.

5. Erkakda salomatligiga doir shikoyatlari bo'lsa, ularni ham kerakli mutaxassislarda tekshirtirish. 

6. Gormonal analizlar. Erkakni gormonal holatini ko'rsatib beradi.

Undan tashqari erkakda jinsiy a'zolarida biron noodatiy o'zgarish, hid, yallig'lanish, teri rangi o'zgarishi, biron toshmalarning paydo bo'lishi, o'griq va boshqa noxush holatlar paydo bo'lsa, zudlik bilan shifokor(urolog, androlog)ga murojaat etish lozim. Jinsiy kasalliklar yuqimli bo'lgani uchun, erkakda aniqlangan zahoti ayolni ham birdek davolash talab etiladi.

 

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ozish uchun nima qilasiz?
    • Keyin yog'li, xamir, va chala pishgan ovqatlardan kamroq istemol qilib, meva va sabzavotlar, kun davomida ko'proq suyuqlik (suv, kompot, sok) ichdim. Natijasi yomon bo'lmadi)) Hozir esa yana do'mboqqina bb yuribman))) tug'ganimdan keyin yana davom ettiraman Xudo xoxlasa))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom qadrdonlarim, mehribon go'zallarim! Yaxshi dam oldizlarmi? Lily, Aziza, Muazzam, Mahliyo, Muslima,Mavluda,Pazandaxon,Sevara opa yaxshimisizlar?Hammangizni ismingiz bir biridan chiroyli.Lilyginam "Lily" qisqartmasini o'ziz topganmisiz yoki yaqinlariz ham shunday chaqirishadimi? Zarinabonu E'zozaxon Azalbegim,Ummu maryamsizlar ham sog' omon yuribsizlarmi? Habiba opam jiiim jit bb ketdilar a G'oyibona bo'lsada shuncha opa dugonalar orttiribman, juda xursandman...馃拹馃拹馃拹馃槝馃槝馃槝 Dam olish kuningiz maroqli o'tsin!
    • muyassar2017
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon

Davomi 禄

Buni ham o'qib ko'ring

loading...