Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Yangiliklar

Bachadon ichi vositasi(spiral)dan so'ng homilador bo'lish bo'yicha muloxazalar ko'p. Ba'zilar u tufayli homilador bo'la olmayamman desa, ba'zilar hatto u bachadonda bo'lgan holda homilador bo'lib qoladilar.

Bachadon ichi vositasi (spiral) asosiy turalriga qarab ushbu masalaga oydinlik kiritamiz:

1.Mis yoki kumush qo'shilgan bachadon ichki vositasi.

Ushbu kontratseptiv vositalar mexanik tarzda homiladorlikni oldini oladi. Ular faqat bachadonga ta'sir qilib, ayol organizmi yoki qoniga ta'sir ko'rsatmaydi. Bu vositalar tufayli bachadondagi muhit achchiqlanadi, natijada spermotozoidlar nobud bo'lib homiladorlik yuz bermaydi.   

Bu turdagi vosita bachadondan olingani zahoti ayol homilador bo'lishga tayyor va hech qanday muolaja va muammosiz homiladorlik yuz berishi kerak. Ba'zida bachadon ichki vositasi tufayli bachadon devorlari yallig'lanishi kuzatib, bunda homilador bo'lish biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Bu holda odatda 5-6 oyda bachadon devorlari o'z holiga qaytib o'z-o'zidan homiladorlik yuz beradi. 

Ko'pchilik bachadon ichki vositani olgach biron muolaja olishga shoshiladi. Hech qanday muolaja yoki davolanish shart emas. Homiladorlik rejalashtirayotgan bo'lsangiz birgina muhim narsa - bu foliya kislotasini ichib yuring va shifokor tavsiyasiga binoan kerakli analizlarni topshirishing (bu analizlar spiral bo'lgani uchun emas, sog'lom homiladorlikni rejalashtirish uchun kerak, masalan TORCH infeksiyasini aniqlash, umumiy qon analizi, anemiya va hokazolar).

Homiladorlikni rejalashtirayotgan har bir ayol sog'lom ekanligiga, hech qanday infeksiyasi yo'qligiga ishonch hosil qilib homilador bo'lishi kerak. Buning uchun rejalashtirish davrida Ultra tovushli diagnostika, qon analizlari, TORCH infeksiyasiga analiz va shifokor tavsiya qilgan boshqa tekshiruvlardan o'tishi lozim.

Ba'zida ayolda bachadon ichi vositasi bir necha yil turgan payti boshqa jinsiy kasalliklar rivojlanishi mumkin. Ular spiral tufayli emas, boshqa sabab bilan rivojlanadi. Spiral olingach esa homiladorlik yuz bermaydi. Shunda sababni spiralda izlash noo'rin.

Bachadonda bir necha yil turgan spiral bepushtlik sababchisi bo'la olmaydi!

Homiladorlik yuz bermayotganiga boshqa yuzlab sabablar bor va aynan ularni topish darkor. Avallambor ayolning gormonal holatini, ovulyasiya bor-yo'qligini, TORCH infeksiyalar, erkak jinsiy salomatligini va boshqa faktorlarni tekshirtish muhim. Agar bachadon ichki vositasi olinib, ayol muntazam jinsiy aloqada bo'lib 1 yil davomida homiladorlik tabiiy ravishda yuz bermayotgan bo'lsa, u holda shifokorga borib bepushtlik sababini to'liq diagnostika qilib, kerak bo'lsa, davolanish talab etiladi. 

2. Mirena (bachadon ichiga joylashadigan gormonal vosita).

Ushbu gomonal spiralning kontratseptsiya ta'siri shundaki, u bachadonga kichik miqdorda gormon chiqarib turadi. Bu gormon homiladorlik yuz bermasligini ta'minlab turadi. Bu vosita ayol organizmiga, ovulyasiya yuz berishi va bachadon devor qoplamiga qonga singishi orqali ta'sir etgani uchun u olingach homiladorlik qisqa muddatda yuz bermasligi mumkin. Lekin bu holat ham davolanishni talab qilmaydi. 

Uch-besh yil mobaynida deyarli ovulyasiya yuz bermasligini ta'minlab turgan spiral olingach organizm qayta eski(ovulyasiya muntazam ravishda yuz beradigan) holiga qaytishi uchun vaqt talab etiladi. Ushbu vaqt bir ayolda 1 oy bo'lsa, boshqa ayolda 1 yilgacha cho'zilishi mumkin.

Mirena kabi bachadon ichi vositasi olib tashlangach sog'lom ayol 1 yil muntazam jinsiy aloqada bo'lgan holda homilador bo'la olmayotgan bo'lsa, shifokorga murojaat etgani ma'qul. Undan oldin esa, hech qanday muolaja yoki davolanish talab etilmaydi. Organizm o'z holiga tabiiy ravishda qaytsa homiladorlik ham tabiiy ravishda yaxshi kechadi.   

Faqatgina yuqorida ta'kidlangandek, homiladorlik yaxshi kechishi, homila sog'lom rivojlanishi uchun kerakli analizlarni topshirish talab etilishi mumkin.

Ko'pincha spirali olingan ayol homilador bo'lishga shoshadi. Mana shu xato. Birinchidan, bunda psixologik jihatdan homiladorlik yuz bermasligi mumkin, ikkinchidan shoshib kerak bo'lmagan muolajalar olish boshlanadi. Bu muolajalar esa ba'zida salbiy ta'sir ham ko'rsatishi ko'p kuzatilgan.

Tez homilador bo'lish muhim emas, sog'lom onadan sog'lom farzand tug'ilishi muhim!

Shuning uchun bachadon ichi vositasini olib tashlagandan so'ng homilador bo'lishni rejalashtirayotganingizda:

1. Homiladorlik yuz berishini istayotgan davringizdan 6 oy oldin spiralni oldirib tashlang. Homiladorlik vaqtliroq bo'lib qolsa, yaxshi, cho'zilib ketsa, har holda xavotir olishga shoshilmaysiz.

2. Sog'lom hayot tarzini kechiring. Jismoniy mashg'ulotlar bajaring va imkon qadar to'g'ri va foydali ovqatlaning.

3. Eringizda va albatta o'zingizda TORCH infeksiya yo'qligiga amin bo'ling. Erkakning boshqa ayol bilan jinsiy munosabatda bo'lishi TORCH infeksiyasini yuqtirib olishga sabab bo'ladi. 

4. Qattiq shamolash, sovuqqotishdan ehtiyot bo'ling.

5. Homiladorlik yuz bermayotgan bo'lsa, shifokorlarga chopib har qanday muolaja olishga shoshilmang.

6. Eringiz bilan muntazam jinsiy aloqada bo'ling, ja bo'lmasa ovulyasiya davri oralig'ida albatta aloqada bo'ling.

7. Foliya kislotasini iching.

8. O'zingizni band qiling (o'qing, o'rganing, bekorchi bo'lmang).

9. Hayz muntazam ravishda kelayotganligiga amin bo'ling. hayz sikli ravon bo'lishi darkor.

10. Bir yildan so'ng ham homiladorlik yuz bermagan bo'lsa, u holda davolanishni boshlashdan oldin butunlay o'zingizni tekshirtiring. Homiladorlik yuz bermayotganligini sababini aniq bilmay turib, kerak bo'lmagan muolaja va davolanish vositalarini qo'llamang. 

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring