Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Infeksiyalar-TORCH infeksiyasi

TORCH so'zi bir qator infeksiyalar nomining qisqartirilgan ko'rinishi bo'lib u o'z ichiga quyidagilarni oladi:

T - toksoplazmoz (toxoplasmosis)
O - boshqa infeksiyalar (others)*
R - qizilcha (rubella)
C - sitomegalovirus (cytomegalovirus)
H - gerpes (herpes)

"O", ya'ni boshqa infeksiyalar deganda homiladorlik davrida homilaga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi quyidagi infeksiyalar nazarda tutiladi:

 

- gepatit B va C

- sifilis
- xlamidioz
- gonokkok
- listerioz
- OITS
- enterovirus
- suvchechak

TORCH infeksiyani birlamchi yuqtirish homilador ayolga juda xatarli. Birlamchi yuqtirish deganda organizmni ushbu infeksiya bilan birinchi bor to'qnashishi nazarda tutiladi, ya'ni unga nisbatan hali immunitet shakllanmagan bo'ladi. Bunday yuqtirish natijasida ayol qon oqimida mikroblarning keskin ko'payishi kuzatilib, ularning organizm bo'ylab sirkulyasiyasi natijasida homila qoniga o'tish ehtimoli katta bo'ladi.

Xatarli tomoni shundaki, bu infeksiyalarning alomatlari ayolning umumiy holatida namoyon bo'lmay, homila rivojlanishiga va homiladorlik kechishiga juda katta zarar keltirishi mumkin.

TORCH infeksiyasi analizlari iloji bo'lsa homiladorlikdan oldin yoki homiladorlikning dastlabki davrida o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Agar analiz natijalari ayolda ushbu infeksiyalarga nisbatan immuniteti mavjudligini ko'rsatsa, u holda homiladorlik davomida faqat profilaktik choralar amalga oshiriladi. Agar immunitet mavjud emasligi aniqlansa, u holda shifokor emlash (qizilcha infeksiyasiga qarshi) yoki ma'lum bir qoidalarga rioya qilishni tavsiya qilishi mumkin. Undan tashqari butun homiladorlik davrida ushbu infeksiyalar yuqmasligini nazorat qilish ko'zda tutiladi.

TORCH infeksiyasi analizi qanday amalga oshiriladi?

Bunda qondagi TORCH infeksiyalariga nisbatan paydo bo'lgan IgM va IgG antimoddalar titrasi (miqdori) aniqlanadi.

Quyida har bir infeksiyaning zarari haqida to'xtalib o'tamiz.

Qizilcha

Qizilcha bilan bir marta hayotida kasal bo'lgan inson unga nisbatan immunitet hosil qiladi. Qizilcha kasalligining kechishi inson katta bo'lgan sari qiyinroq bo'ladi. Homiladorlik davrida ayolning qizilcha bilan kasal bo'lishi homilada karlikni vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Afsuski, homilaga qizilchani yuqqanligi haqida va virusning unga yetkazgan salbiy asorati haqida oldindan bilib bo'lmaydi. Shuning uchun har ehtimolga qarshi, agar ayolda qizilchaga nisbatan immuniteti bo'lmasa (analizdan bilib olinadi) homiladorlikdan oldin unga qizilchaga qarshi emlatish o'tkazish talab etiladi.

Toksoplazma

Homiladorlik davrida toksoplazma bilan kasallanish homilada og'ir kasalliklar vujudga kelishiga yoki uning o'limiga olib kelishi mumkin. Ko'pincha toksoplazmoz virusini mushuklar tarqatadi. Shuning uchun homilador ayol mushuklardan yiroqroq bo'lishi kerak. Undan tashqari xom go'sht, yuvilmagan meva va sabzavotlarda ham ushbu inveksiya viruslari mavjud bo'lishi mumkin. Ko'chada kabob, go'shtli taomlarni yeyishda ehtiyot bo'lish kerak bo'ladi.

Sitomegalovirus

Ushbu infeksiya o'pich va jinsiy aloqa orqali ko'p o'tadi. Ba'zida havodan ham o'tish ehtimoli bor. Homiladorlik davrida bu infeksiyani ayoldan homilaga o'tish ehtimoli 5%ni tashkil etadi va uning homilaga bo'lgan salbiy ta'siri ayniqsa uning 20-haftasigacha bo'lgan davrida kattadir.
Ushbu infeksiya alomatlari ayolda bilinmasligi mumkin. Lekin homilaga virusni yuqqani uning jigari faoliyati buzulishi, kamqonlik, bosh miyasining suv bilan qoplanishi, bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi orqada qolishi va eshitish qobiliyati faoliyatini buzulishida namoyon bo'lishi mumkin.

Gerpes

Gerpes virusi homilador ayolga homiladorlik davrida birinchi bor yuqsa, ya'ni ayolning unga nisbatan umuman immuniteti bo'lmasa, uning homilaga bo'lgan salbiy ta'siri juda katta bo'ladi. Agar homilaga gerpes virusi uning 10-haftasigacha yuqsa, homilaning uning o'limi yoki tushishi ro'y berishi mumkin. Homiladorlikning 2 chi va 3-trimestrida homilaning zaharlanishi uning asab tizimi faoliyatini buzulishiga, teri va jigari shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Agar homilador ayol homiladorlik davrida gerpes virusini qayta qo'zg'alishiga duch kelsa, u holda virusni homilaga ta'siri bo'lmasligi mumkin, lekin homiladorlik kechishi juda og'irlashadi va homilani saqlab qolish uchun maxsus muolajalar talab etilishi mumkin.

Shuning uchun har bir ayol homilador bo'lishidan oldin TORCH infeksiya analizini topshirishi kerak. Ba'zi ayollar turmushga chiqib ayrim infeksiyalarni eridan yuqtirib oliadilar. Erkak organizmida infeksiya mavjud bo'la turib u erkak salomatligida hech qanday namoyon bo'lmasligi mumkin. Lekin ayol u infeksiyalarni yuqtirib olib homilador bo'lsa, homilaga tuzatib bo'lmaydigan katta zarar keltirish ehtimoli bor.

Betartib jinsiy aloqalar TORCH infeksiyani tarqatishdagi eng katta omil. Betartib jinsiy aloqada bo'ladigan erkaklar, ayniqsa, o'ylangandan so'ng o'zini va ayolini homilador bo'lmasligidan oldin TORCH infeksiyaga tekshirtirish. Chunki erkakning betartib jinsiy hayoti natijasida TORCH infeksiya bo'lajak homilada nuqsonlar paydo bo'lishiga yoki erkak va ayolning bepushtligiga sababchi bo'lishi mumkin.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • :sevgi hlopok aynanib kete polvon ukamdan Maryamxonni konglini kotaribsizda nima bolyatkanini tushunmasa ham. Olloh panohida asrasin....
    • Ummu Soliha
    • Ummu Maryam's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Duxovkamiz tuzaldi. Endi tuxumu shakarlani kunini korsatvomman disammm.πŸ˜‰πŸ˜‰πŸ˜‰πŸ˜‰
    • Ummu Maryam
    • Zarinabonu's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • Muslima opam mana usha ko'tarib yuradigan Tandir. Moskvada sotilyapti. [image]http://picasion.com/
    • Zarinabonu
    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • demak Pazandaopajon nishondasiz))) raxmat azizlarim)))
    • Lily
    • Zahroxon's Avatar
    • Kundalik taomlar
    • Tarkibi 1 kg lavlagi 6 dona tuhum qaynatilgan oqi 6 dona kartoshka salonka qilib qovurilgan 300 gr kolbasa Tuzlangan bodring, sabzi salat va 400gr mayanez URL=http://radikale.ru/][image][/URL] Coinmarketcap Telegram Bot
    • Zahroxon

Davomi Β»

Buni ham o'qib ko'ring

loading...