Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Foliya kislotasi organizm uchun juda muhim vitaminlardan biri hisoblanadi. Afsuski, u haqda homilador bo'lgan ayollargina eshitadi xolos. Foliya kislotasining organizmda yetishmovchiligi ba'zi kasalliklarning sababchisi ekan.

Foliya kislotasi nima degani?

 Foliya kislotasi - bu B turkumiga kiruvchi vitamin hisoblanadi. Ushbu vitamin organizm yangi to'qimalarni ishlab chiqarishiga yordam beradi.

Kim foliya kislotasini qabul qilishi kerak?

Hamma foliya kislotasiga muhtoj, lekin homiladorlikka tayyorgarlik ko'rayotgan ayol uchun u nihoyatda muhim. Chunki homiladorlikdan oldin va homiladorlik davomida foliya kislotasining yetishmovchiligi homilada umurta miyasi va anesefaliya (bosh miya kasalligi) kasalliklarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, foliya kislotasining organizmda yetarli miqdorda bo'lishi homilada boshqa tug'ma nuqsonlar vujudga kelishini va onada saraton kasalligini ham oldini oladi (bu haqda yetarlicha natijalar hali mavjud emas).

Ayol organizmiga qancha foliya kislotasi kerak?

Homilador yoki homiladorlikka tayyorgarlik ko'rayotgan ayol kuniga 400mcg dan 800 mcg gacha foliya kislotasini qabul qilishi lozim. Bu o'rtacha ko'rsatkich bo'lib, uni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish talab etiladi.

Emizayotgan ayollar kuniga 500mcg foliya kislotasini qabul qilishi lozim.

Agar ayolda bundan oldin tug'ilgan bolada umurtqa miya yoki bosh miya kasalliklari o'rin olgan bo'lsa, keyingi homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish davridan boshlab kuniga 4000 mcg foliya kislotasi qabul qilishi tavsiya etiladi. Bu odiiy normadan 10 barobar kattaroq doza bo'lib, shifokor maslahati bilangina qabul qilinishi kerak. Bunday yuqori dozada foliya kislotani ichish bo'lajak homilada tug'ma nuqsonlar paydo bo'lish xavfini kamaytiradi.

Agar oila a'zolar orasida umurta miya kasalliklariga ega bo'lganlar bo'lsa, u holda shifokor tavsiyasiga binoan kuniga 4000 mcg foliya kislotasi qabul qilinadi.

Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayolning o'zida umurtqa miya kasalligi o'rin olgan bo'lsa, u holda shifokorning maxsus tavsiyasiga binoan foliya kislotasi qabul qilinadi.

Ba'zi hollarda foliya kislotasining qabul qilinish dozasini shifokor shaxsan tavsiya etadi. Agar ayolda quyidagi holatlar bo'lsa, foliya kislotasini kerakli dozasini belgilshda shifokorga xabar berish kerak:
Epilepsiya, diabet, revmatizm, psoriaz, astma kasalliklarga qarshi dori qabul qilayotgan bo'lsa;
Buyrak, jigar, anemiya, seliakiya kasalliklari bilan kasallangan bo'lsa.

Homiladorlikni rejalashtirmayotgan ayolga foliya kislotasi kerakmi?

Hozir bo'lmasa ham, yaqin yillarda homiladorlikni rejalashtirayotgan ayolga ham foliya kislotasi talab etiladi. Chunki homilaning foliya kislotasiga bo'lgan ehtiyoji homiladorlikning ilk kunlaridan, ayol hatto homiladorlik haqida bilmagan davridan boshlanadi. Bu muhim davrni o'tkazib yubormaslik uchun homilador bo'lish imkoniyatiga ega bo'lgan barcha ayollar kuniga 400mcg dan 800 mcg gacha foliya kislotasini qabul qilishlari maqsadga muvofiq bo'ladi.

Qaysi mahsulotlar foliya kislotasiga boy?

Bargli sabzavotlar, dukkakli sabzavotlar, sitrus mevalari va donlar foliya kislotasiga boy. Ba'zi mahsulotlarga foliya kislotasi sun'iy kiritiladi (masalan, un, non, oq guruch).

Foliya kislotasini faqat ozuqa mahsulotlar orqali qabul qilinishi organizmga yetadimi?

Afsuski, foliya kislotasining ozuqa mahsulotlardagi miqdori organizm uchun yetarli emas, undan tashqari sun'iy vitamin shaklidagi foliya kislotasi organizm tomonidan tabiiy foliya kislotasidan ko'ra yaxshiroq qabul qilinadi.

Foliya kislotasini dozasini oshirib yuborish mumkinmi?

Har doim vitamin qabul qilish oldidan uning dozasini shifokor bilan maslahatlashish talab etiladi. Shifokor maslahat bergan dozadan ortiqcha qabul qilmaslik kerak.

Tug'ish yoshidan o'tgan ayollarga foliya kislotasi kerakmi?

Ellik yoshdan oshgan ayollar foliya kislotasini qabul qilishan oldin shifkor bilan maslahatlashishi talab etiladi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...