Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Homiladorlik testi

Homiladorlik testi bilan har bir ayol tanish bo'lishi ajab emas. Aynan homiladorlik testi yordamida ayol uy sharoitida homiladorlik yuz berganligi haqida birinchi bo'lib bilib olish mumkin. Homiladorlik testi haqida asosiy savollarga javoblar.

Homiladorlik testi nima degani?

Uy sharoitida qilinadigan homiladorlik testi barcha dorixonalarda sotiladigan vosita hisoblanadi. Bu test ayol siydigidagi inson xorionik ganodropin (IXG) moddasini o'lchaydi. Urug'lanish yuz bergandan so'ng 7-10 kun o'tgach homilador bo'lgan ayolda IXG moddasi o'lchash uchun yetarli miqdorda ishlab chiqarilishni boshlaydi. Shunda testlar siydikda IXGning miqdoriga qarab homiladorlik yuz bergan yo bermaganligi haqida xabar beradi.

Homiladorlik testini qachon o'tkazsa bo'ladi?

Homiladorlik testlari IXG moddasiga sezuvchanligi har xil bo'lgani uchun ba'zi testlarda oxirgi hayz kunidan 1 sikl (odatda 28-30 kun)o'tganda natija aniq chiqsa, ba'zi testlar bu davrda xato natija ko'rsatadi. Shuning uchun homiladorlik testini o'tkazish uchun eng qulay davr - bu siz kutayotgan hayz kuni kechikkan kun va undan keyingi davr. Shu kundan keyin o'tkazilgan test aniqroq javobga ega bo'ladi.

Homiladorlik testi qanday o'tkaziladi?

Odatda har bir test upakovkasida uni o'tkazish usuli ko'rsatilgan bo'ladi. Test ruchkaga o'xshash bo'lib bir tomonidagi qopqoqni ochsa, siydikdagi IXGni sezuvchi maxsus tayoqcha turadi. Siydikni aynan o'sha tayoqchaga qarab chiqarish lozim. Bir necha soniya davomida siydik tayoqchani qoplaydi. Shundan so'ng homiladorlik testini tekis joyga qo'yib 5-7 daqiqa kutish kerak bo'ladi. Chiziqlar ko'rinishi hamma testlarda har xil bo'lishi mumkin. Shuning uchun homiladorlik yuz bergan bo'lsa, nechta chiziq aniq ko'rinishi kerakligini instruksiyadagi rasmdan bilib olsa bo'ladi.

Homiladorlikni kutayotgan bo'lsangiz testni iloji boricha kechroq o'tkazganingiz psixologik stress keltirmaydi. Birinchidan, natija aniq bo'ladi, ya'ni testni qayta o'tkazishga hojat bo'lmaydi. Ikkinchidan, agar homiladorlik yuz bermagan bo'lsa, hayz keladi

Qaysi hollarda homiladorlik testini o'tkazish talab etilad?

1. Homiladorlik kutilayotganda yoki homiladorlik alomatlari namoyon bo'lganda;

2. Hayz kelishi kechikkanda (agar bu holat homiladorlik tufayli bo'lmayotgan bo'lsa, u holda ginekologik yoki endokrin kasalliklar mavjud bo'lishi mumkin);

3. Hayz kelgani bilan, uning miqdori, ko'rinishi va holati odatdagidan farq qilayotgan bo'lsa;

4. Rejada jarroxlik operatsiya kutilayotgan bo'lsa (ba'zida ayol homiladorligi haqida bilmagan holda jarroxlik operatsiyaga tayyorlanishi mumkin, shuning uchun har doim ma'lum bir operatsiyadan oldin albatta homiladorlik testini o'tkazib homiladorlik yo'q ekanligida amin bo'lish talab etiladi).

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...