Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Homilador bo'lish uchun

Homilador bo'lishni rejalashtirayotgan va bepushtlikdan davolanib kelayotgan juftliklar uchun ovqatlanish ratsioni muhim o'rinni egallaydi. Farzand ko'rishni rejalashtirayotgan erkak ham ayol ham to'g'ri va foydali ovqatlanishi kerak.

Mahsulotlarini 3 guruhga bo'lamiz.

YAXSHI mahsulotlar:

Homilador bo'lishga ijobiy ta'sir ko'rsatib foyda keltiradigan quyidagi 3 xil mineral erkak va ayolning kundalik oziqlanish ratsionida bo'lishi shart. 

Kalsiy moddasi organizm quruvchisi hisoblanadi. Shunday ekan homila vujudga kelishi va rivojlanishi uchun o'ta muhimdir. Sut va sut mahsulotlari, tofu, kalsiy bilan boyitilgan sharbatlar, brokkoli, yashil bagrli sabzavotlar kalsiyga boy bo'ladi. Kuniga kamida 3 mahal ulardan iste'mol qilish talab etiladi.

Marganets mineralini boshqa so'z bilan ifodalasa, bola qiladigan manba desa ham bo'ladi. U ismaloq, sabzi, brokkoli, banan, butun bug'doylar, yong'oq va magizda ko'p bo'ladi. Kuniga kamida 2-3 mahal ushbu mahsulotlardan taom tayyorlab yeyish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Sink - homilador bo'lish uchun muhim mineral. Bepusht oilalar bu mineralga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qilishlari zarur. Indeyka, tovuq, qo'y va qo'zichoq go'shtlari, bodom, yogurt, ovsyanka, bug'doy novdasi, tuxum va ustritsa (oyster) sink moddasiga boy hisoblanadi.

Ushbu uch asosiy tug'ish minerallariga qo'shimcha ravishda foliya kislotasini ham iste'mol qilish kerak. U homilador bo'lish uchun yordam bermasa-da, rivojlanishi mumkin bo'lgan homila salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Foliya kislotaga sitrus mevalari, ismaloq, ko'katlar, apelsin sharbati boydir.

Homiladorlikka tayyorlanayotgan har bir ayol shifokor bilan maslahatlashgan holda vitamin shaklidagi foliya kislotasini ichib yurishi ham foydali bo'ladi.

YOMON mahsulotlar:

Bepushtlikning asosiy sababchilaridan bo'lmish kofein, alkogol va nikotindan umuman voz kechish kerak. Achchiq choy, kofe, koka-kola, sprayt, fanta, spirtli ichimliklar va sigaret bepushtlikka olib keluvchi eng birinchi mahsulotlardir. Passiv chekish ham huddi shunday salbiy ta'sirga ega. Passiv chekish deganda, o'zi chekmay chekayotgan inson yonida bo'lib, sigaret isini hidlashga aytiladi. Agar oilada bepushtlik muammosi yuz bergan bo'lsa, ushbu zararli yomon mahsulotlardan xoli bo'lishni ta'minlash lozim.

NOANIQ narsalar:

Ba'zi dori-vositalari, yoki bepushtlikni davolovchi vitamin va sun'iy choylar, hayvon yog'lari haqida aniq tekshiruv va natijalar yo'qligi tufayli ularni qabul qilmaslik tavsiya etiladi. Reklama qilinadigan bepushtlikni davolovchi ozuqa qoshimchalari, sharbat yoki poroshoklardan nariroq yurish kerak. Ularning foydasi haqida tadqiqotlar juda kam bo'lib, vujudga kelishi mumkin bo'lgan homilaga hatto zarar ham keltirishi mumkin.

Manba: www.whattoexpect.com 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...