Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

bepushtlik

Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi.

1. Jinsiy aloqani muntazam ravishda qilmaslik. 

Jinsiy aloqani faqat ovulyasiya kunlari qilish homilador bo'lish imkoniyatini oshiradi yoki uzoq vaqt jinsiy aloqada bo'lmay turib aloqa qilganda spermatozoidlar kuchi oshadi degan xato fikrlar ba'zi juftliklkarni yo'ldan uradi. Aslida jinsiy aloqa muntazam ravishda juftliklarni xohish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishi lozim.

2. Tez-tez jinsiy aloqada bo'lish.

Albatta muntazam ravishda bo'ladigan jinsiy aloqa homiladorlik yuz berishi uchun yaxshi yo'l. Lekin muntazamlik bilan ko'plik har xil narsa. Juda ko'p, masalan, kuniga bir necha marta aloqada bo'lish spermatozoidlarning urug'lantirish kuchini yo'qqa chiqarishi mumkin.

3. Aloqani bir holatdagina amalga oshirish.

Ayol va erkaklarning jinsiy a'zolari shakli va razmeri har xil bo'lgani tufayli, biron ayolga homilador bo'lish uchun bir holat to'g'ri kelsa, ikkinchi ayolga bu holat homilador bo'lishga hatto to'sqinlik qilishi ham mumkin. Shuning uchun aloqani har xil holatlarda amalga oshirgan ma'qul.

4. Bepushtlikni sababini ayoldan izlash.

Ko'pincha oilalarda uzoq vaqt farzand bo'lmagan davrda ayollar davolanishni boshlaydiar. Lekin statistikaga qaraganda bepushtlikni sababchilaridan 40% erkak kasalliklariga to'g'ri kelar ekan. Shuning uchun davolanishni ko'zda tutgan juftliklar uni birgalikda boshlashlari maqsadga muvofiq bo'ladi.

5. Ovulyasiya haqida bexabar bo'lish.

Ovulyasiya davri - homilador bo'lish uchun eng kerakli davr hisoblanadi. Aynan o'sha davrda bo'lgan jinsiy aloqa natijasi homiladorlikka olib keladi. Ba'zida ayollar ovulyasiya davrini hayz ko'rgan kunidan 14 kunni sanab belgilaydilar. Lekin bu hato. Hayz sikli turlicha bo'lgani kabi ovulyasiya davri ham hammada har xil keladi. Shuning uchun uni aniq bilish talab etiladi (Ovulyasiyani bilish yo'li).

6. Jinsiy aloqani aynan ovulyasiya kuni qilish.

Ovulyasiya kunini aniq bilgan taqdirda ham, aloqani undan oldin va bir-ikki kun o'tgach qayta qilish tavsiya etiladi. Chunki urug'lanishga tayyor bo'lgan ayol tuxum xujayrasi 24 soat davomida urug'lanishga moyil bo'ladi.

7. Kimyoviy kontratsepsiya vositalardan foydalanish.

Ba'zi lyubrikantlar uzoq vaqt mobaynida spermatozoidlarni nobud qilish xususiyatiga ega bo'ladi.

8. Shifokorga shoshilish.

Ayol turmushga chiqib 3-4 oy o'tgach shifokor qabuliga shoshiladi. Tezroq davolanib tezroq farzandli bo'lishni istaydi. Lekin normada kamida 1 yil birga yashab muntazam ravishda jinsiy aloqada bo'lgan er-xotinda ham homiladorlik yuz bermasligi mumkin. Shoshib shifokorga borib kerakmas, ba'zida zararli muolajalarni qabul qilish noto'g'ri hisoblanadi. Yaxshisi, 1 yil kutib keyin biron chora ko'rish kerak.

9. Umumiy salomatlikka ahamiyat bermaslik.

Farzand ko'ra olmayotgan juftliklar asosan o'z reproduktiv salomatlliklariga ahamiyat beradilar. Lekin erkak va ayolning umumiy salomatligi ham farzand ko'rishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, o'gir vazn, stress, chekish, ba'zi dori-vositalarni qabul qilish kabi holatlar ham homiladorlik yuz berishiga to'sqinlik qilishi mumkin.

10. Faqat homiladorlik haqida o'ylash.

Shunday juftliklar borki, ular uchun jinsiy aloqa homilador bo'lish uchun navbatdagi imkoniyatdek qabul qilinadi. Aloqalar soni, holatlar, ovulyatsiya davri, hayz sikli kabi mavzular er-xotin uchun asosiy suhbat mavzusiga aylanadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, ayolning psixologik holati ham homilador bo'lish uchun juda muhim jihatdir. Er-xotin o'zini biron yoqimli faoliyat bilan band qilib, homiladorlik haqida o'ylamay, hayz kunlarini sanamay yashashni o'rganishlari kerak.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom dugonajonlar🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷 qalesizlar bolajonilar öynab kulib yurishiptimi?
    • ☆ZIZI☆
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...