Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ovulyasiya kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

/ /

Sizda hayz sikli necha kun davom etadi?

Homilador bo'lishni niyat qilib, lekin ma'lum sabablarga ko'ra bo'la olmayotgan ayol o'z ovulyatsiya davri haqida bilishi lozim. Chunki aynan ovulyasiya payti yuz bergan jinsiy aloqa homiladorlikka olib keladi. Ovulyasiyani bilish uchun ultra tovushli diagnostika eng aniq yo'ldir. Lekin uy sharoitida ham taxminan ovulyasiya kunini aniqlash imkoniyati mavjud. 

Uy sharoitida ovulyasiya bazal haroratni aniqlash orqali amalga oshiriladi.

Buning uchun:

1. Oddiy istma o'lchaydigan termometrni tayyorlaymiz. Harorat ayolning orqasi (anus)ida aniqlangani tufayli termometr toza bo'lishi kerak. Buning uchun uni spirt bilan artib chiqib har kuni kechqurun karavot yoniga idishga solib tayyor qilib qo'yamiz. 

Termometr bilan nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak. Uning sinib ichidagi moddaning to'kilishi hayot uchun o'ta xavflidir. Termometr sinmasligi kerak. Mabodo sinib qolsa, uyni maxsus tez yordam brigadasi bilan tozalash talab etiladi.

2. Daftarga quyida ko'rsatilgandek jadval chizamiz:

Hayz kunlari - bu sizning hayz davom etish davri (odatda 28-38 kunni tashkil etadi);

Ovulyasiyani aniqlash uchun kamida 6 hayz siklini nazorat qilish talab etiladi. Ya'ni siz shunday jadvaldan 6 ta tayyor qilib to'ldirib chiqishingiz kerak bo'ladi.

 

 

Har kuni haroratni ushbu jadvalga yo'zib, grafikda nuqta bilan belgilab borasiz.  

Oltita hayz sikli bo'lib o'tgandan keyin siz ovulyasiya kunlaringizni qachon bo'lishini taxmin qilishingiz mumkin bo'ladi.

3. Jadvaldan ovulyasiya kunlarini bilish.

Normada hayz boshlangandan so'ng o'rtacha 2 hafta davomi (hayz siklining 1 fazasi)da bazal harorat 37.0 darajadan oshmaydi. Hayz siklining 2-fazasi boshlanishidan oldin harorat biroz pasayib birdan 0.4-0.5 pog'onaga ko'tariladi. Aynan shu ko'tarilish ovulyasiya bo'lib o'tganidan dalolat beradi. Agar siz 6 sikl davomida har kuni bazal haroratni o'lchab yozib borsangiz, keyingi oyda qachon ovulyasiya kutilishi mumkinligini taxmin qila olasiz. Keyingi hayz boshlangunicha harorat ko'tarilgan bo'lib turadi, uning pasayishi bilan hayz boshlanadi. Harorat muntazam pasaymasligi homiladorlik yuz berganligidan dalolat berishi mumkin.

Misol uchun, har siklda harorat 14-kuni biroz pasayib, 15-kundan boshlab ko'tarilayotgani namoyon bo'lsa, demak sizda hayz siklining 14-kunida ovulyatsiya bo'ladi. Aynan shu kunda qilingan jinsiy aloqaning homiladorlikka olib kelish ehtimoli eng katta bo'ladi.

 

Normal ovulyasiyalik hayz sikli:

Yuqoridagi rasmda hayz siklining 14-kunida ovulyasiya sodir bo'lgani yaqqol namoyon bo'lmoqda. Hayz siklining 12-13 kuni harorat pasayib, 15-kunda keskin ko'tarilgan. Demak, 14-kuni ovulyasiya bo'lib o'tdi. 

 

Ovulyasiya bo'lmagan sikl:

 

Bu grafikda harorat butun hayz sikli davomida past bo'lib, hayz siklining 2 fazasida ham ko'tarilmadi. Demak, ovulyasiya ma'lum sabablarga ko'ra sodir bo'lmagan.

Shuni unutmaslik kerakki, uyqusizlik, qattiq asabiylashish, stess va boshqa ruhiy holatlar bazal haroratni o'zgartirib yuborishi mumkin. Natijada harorat natijasi xato chiqadi. Shuning uchun ovulyasiyani aniq bilishni istayotgan ayol asabiylashmaslikka, stress holatiga tushmaslikka va haroratni to'g'ri o'lchashga ahamiyat bermog'i lozim.

4. Bazal haroratni o'lchash tartibi.

Bazal harorat orqali ayol tuxumdoni faoliyatini kuzatsa bo'ladi. Uni aniqlash ba'zi xususiyatlarga ega:

  • Harorat tongda o'rindan turmasdan o'lchanadi. Bundan oldin kamida 3 soat uxlagan bo'lish zarur. Shuning uchun termometrni kechqurun uyqudan oldin karavot yoniga tayyorlab qo'yish kerak. Tongda karavotda yotgan holda, qo'pol harakatlar qilmay, termometrni anusga 5 daqiqaga joylaysiz;
  • Harorat o'lchash davomida va undan 3 soat oldin ovqat yeyish, suv ichish mumkin emas;
  • Ovulyasiyani o'lchab yurish davrida stress, alkogol ichimliklar, og'ir sport mashg'ulotlari, muzlash va shamollashdan holi bo'lmoq zarur. Chunki bu holatlar harorat ko'rsatkichini xato qilib ko'rsatadi.
  • Harorat darajasini aniq bilib shu zahoti yozib qo'yishni unutmang. Chunki 0.1 pog'onaga bo'lgan o'zgarish ham ovulyasiya kunini aniqlashda muhim rol o'ynaydi.

Qo'shimcha:

  • Agar hayz sikllining 1 - fazasida ham bazal harorat 37.0 dan yuqorida bo'lsa, sizda jinsiy kasalliklar mavjud bo'lishi mumkin;
  • Agar hayzning 2 - fazasi boshlanib tana harorati oshishi faqatgina 5-6 kunga cho'zilib, keyingi hayz boshlangunicha pasaysa, organizmda gormonal buzilish mavjud bo'lishi mumkin;
  • Hayz kelayotgan kunlarda ham bazal harorat 37.0 dan yuqori bo'lishi, endometrit yoki endometrioz mavjudligidan dalolat berishi mumkin;
  • Hayz siklining barcha kunlarida harorat 37.0dan yuqori bo'lishi kuchli yallig'lanish mavjudligidan dalolat berishi mumkin.

 Manba: web.MD.com, Parents.com, Thebump.com, mothering.com

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom dugonajonlar kunlar yaxshi o'tyaptimi? bormisizlar ? Muyassarxon bu yogi oz qolibdiku. sumkalariz tayyormi?
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...