Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

homila qimirlashi

Homilador ayollarda bolaning qimirlashi har xil davrda boshlanib, ayollarning hissiyotlari ham bunda bir-biridan farq qiladi.

Aslida, homila 2 oyligidan boshlab qimirlaydi. Lekin bola kichikligi tufayli uning harakatlari juda zaif bo'ladi va onaga sezilmaydi. Homiladorlikning 18-haftalariga kelib, bola qo'l-oyoqlarini kerib bachadon devorlariga tega boshlaydi. Ko'pincha bo'lajak ona aynan shu harakatlarni sezishni boshlaydi. Bu davr, odatda, homiladorlikning 18-22 haftalariga to'g'ri keladi. Farzandi bor homilador ayollar homilaning harakatlarini oldinroq sezishi ham mumkin. Ba'zi ayollar esa bola qimirlashini 22-24 haftadan o'tib ham sezmay yurishlari mumkin.

Ozg'in ayollar bola qimirlashini to'la ayollardan ko'ra tezroq sezadilar. Bolaning ilk qimirlashlarini faqatgina uning onasi his eta oladi. Shu bilan ham homilador ayol o'zini baxtiyor his etib yuradi.

Homilador ayolning hissiyotlari

Bolaning harakatlari zaif yoki sust deb ranjishga shoshilmang. Qo'l va oyoqchalari 5 santimetr atrofida bo'lgan bolaning kuchi juda ham katta emasligini tushuning. Boshida ayol bolaning harakatlarini qorin g'uldirlashi bilan adashtirib ham yuboradi. Lekin vaqt o'tgan sayin bu aynan bola harakatlari ekanligiga amin bo'lasiz va bu hissiyotni hech narsa bilan adashtira olmaysiz.

Ko'pincha, onalar bolaning qimirlashini quyidagicha izohlaydilar:

Vibratsiya, itarish, tiqilish, g'uldirlash, yengil urib qo'yish.

Keyingi ikki oy davomida harakatlar kuchayib boraveradi. Homiladorlik davrning oxirlariga borganda, bola kattalashgan bo'lib, bachadonni butunlay egallagan bo'ladi va uning qimirlashi aniq va tez-tez seziladi. Ba'zida kuchi ko'payib qolgan bola o'z qimirlashlari bilan onasini uyg'otib yuborishi ham mumkin bo'ladi.

Homila qimirlashi soni

20-24 haftalarda bolaning qimirlashi muntazam bo'lmaydi. Homiladorlikning 7-oyiga qadar qimirlashlar soni ko'payib boradi va 7-oydan so'ng susayadi. Tug'ush davri yaqinlashgan sayin esa harakat kuchi orta boshlaydi.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bola onaning tinch holatida ko'p qimirlaydi.

Agar bolaning qimirlashini sezmoqchi bo'lsangiz, 1 dona shokolad bo'lagini yeb olib, 10 daqiqa davomida tinch yoting, tez orada bola harakatlanishini sezasiz.

Ilk bora ona bo'lishga tayyorlanayotgan ayol uchun bolaning ilk qimirlashi juda ajoyib tuyg'ularni ulashadi. Mana shu tuyg'ularni bir joyga yozib qo'ying. Bola tug'ilib katta bo'lganida uni birgalikda o'qib, baxtiyor kunlaringizga qayta olasiz. 

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • homiladorlik paytida vena tomirlari chiqib ketishi
    • Varikoz bo'lmaslik uchun qon quyilib ketmaslik kerak, qon quyuqligi sababli qon yaxshil aylana olmay venalar varikoz kengayadi! homiladorlikning dastlabki uch oyligida qon quyuqlashadi organizimda bu tabiiy holat bola tushib qolmasligi uchun organizmni himoyasi bu keyin normal holatda bo"lishi kerak
    • muslima1
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Chaqaloqlarda qorin dam bo'lishi
    • Shu mavzuga qaytib koproq malumotlar va tajribalarimizni yozsak degandim qizlar anchadan beri huvullab qolibdi. Chaqaliqlarda qorin dam bolishi yomonda nima qilishni bilme yiglardim. Bobotik yordam bermahan. Qornini vazelin bn masaj qilib quloq kavledigan (nomi esimsan chiqibdi) bn orqasidagi havosi chiqarishga harakat qilardim. Vazelin bn tiqib sal qirirlatsam rasa havo chiqarardi va ichi kelardi. Emizib bolib tik kotarib orqasifa sekin sekin urib qiysam kekirib olardi lekin bularni organguncha qizimga qoshilib yiglab otirardim nima qilishni bilme....
    • Ummu Soliha
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Tug'ilmagan chaqaloqqa kiyim olish
    • Kiyimchalarni korub olgim kelib ketyapti. Lekin hali 5 oy bor. Zorga ozimi tiyib turibman mafazinga kirsam bolalar kiyimiga otib koz ostimga olib qoyyappan va narhlarini bilib olyapan. Lekin Adyolchalarini uydan olgach keldim Qizimda ishlatmagan adyolchalar bor edi
    • Ummu Soliha
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Ta'sirlandim...!!!
    • Yulduz Usmonova ham maromiga yetkazib kuylagan shu qoshiqni....
    • Ummu Soliha

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...