Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Bolaning bachadonda noto'g'ri joylashuvi

Homiladorlikning 32-35 haftasidan so'ng bola chiqish yo'li tomon boshi bilan emas, yoni yoki tozi bilan joylashgan bo'lsa, noto'g'ri joylashuv hisoblanadi va kesarcha kesish orqali tug'dirilishni taqazo etishi mumkin.

Normada bola homiladorlikning ohirgi haftalariga kelib chiqish yo'llari tomon boshi bilan joylashib oladi. Har 2500 ming homiladorliklarning faqat 1 donasida bola tug'ish davriga kelib bachadonda noto'g'ri joylashgan bo'ladi.

Ko'pincha bola tug'ish kuniga qadar kerakli holatga ag'darilib oladi. Lekin ba'zi sabablarga ko'ra bola boshi bilan pastga qarab joylashib ola olmasa, u holda uni kesarcha usulda tug'dirib olish kerak bo'ladi. Aks holda tug'ilish jarayonida bolaning salomatligiga zarar yetkaziladi.  

Nega bola bachadonda noto'g'ri joylashib oladi?

  • Bolaning vazni juda kichik bo'lsa;
  • Homila oldi suv miqdori normadan ko'p bo'lsa;
  • Bundan oldingi bola kesarcha kesish usuli bilan tug'dirilgan bo'lsa;
  • Yo'ldosh pastda joylashgan bo'lsa;
  • Homilador ayolda preeklampsiya holati bo'lsa;
  • Bolaning salomatligida muammolar bo'lsa;
  • Ko'p homilali homiladorlikda;
  • Bachadon shakli bilan bog'liq kasalliklar mavjudligida va boshqalar.

O'ttiz besh - o'ttiz yetti haftagacha aniqlangan bolaning noto'g'ri joylashuvi tug'ish davriga qadar to'g'irlanib ketish ehtimoli juda katta.

 

Nima qilsa bo'ladi?

  • Shifokor ruxsat bergan holda ko'p yurish tavsiya etiladi;
  • Tabiiy to'lg'oqlar kelish davrigacha kutgan ma'qul. Ba'zi chaqaloqlar aynan to'lg'oqlar arafasida kerakli holatga ag'darilib oladi;

Bunda eng muhimi to'lg'oqlar boshlanmasidan shifoxonaga yetib borish. Chunki bola ag'darilib olishga ulgurmagan bo'lib, to'lg'oqlar boshlanib qolsa, shoshilinch kesarcha tug'dirish yoki noto'g'ri holatda tabiiy tug'dirishga to'g'ri kelib qoladi. Bu ona va bola salomatligiga ziyon keltirishi mumkin. Kesarcha kesish operasiyasini rejalashtirish borasida shifokor bilan jiddiy maslahatlashmoq lozim. Bola kerakli holatga ag'darilib olishiga ham vaqt berish kerak, ham ag'darila olmasa, rejalashtirilgan kesarcha kesish operasiyasini o'tkazishga ulgurish muhim.

  • Shifokor man etmagan holda bolani ag'darilib olishi uchun emaklash (kaft va tizzaga suyanib yurish) tavsiya etiladi;
  • Qorinning past qismiga klassik musiqani yoqib qo'yish. Bola musiqani eshitishga talpinib ag'darilib olish imkoniyati katta bo'ladi;
  • Bola bilan gaplashib, undan mehr bilan ag'darilib olishini so'rash.

Agar bola bachadonda noto'g'ri joylashganligi aniqlangan bo'lib, muddatidan oldin suv ketib yoki to'lg'oqlar boshlanib qolsa, u holda tez yordam chaqirish yoki darhol shifoxonaga borish talab etiladi. Bola tug'ish yo'llariga o'tmaguncha shoshilinch tarzda kesarcha tug'dirib olinishi muhim.

Bachadonda noto'g'ri joylashgan bolani tabiiy tug'ilishi qanday muammolarni keltiradi?

Bolada kuchli asfiksiya bo'lishi (bo'g'ilib qolishi, tana a'zolariga kislorod yetishmasligi, natijada rivojlanishida muammolar yuz berishi), oyoq-qo'llari yoki  yelkasiga shikkast yetkazilishi, nafas olishda qiynalishi, tug'ish jarayoni cho'zilib ketsa jiddiy muammolar yuzaga kelishi ehtimoli katta.

Bolani boshi bilan pastga qarab ag'darilib olilshi uchun www.spinningbabies.com sayti ko'plab mashg'ulotlar ishlab chiqqan.

Ushbu mashg'ulotlarni shifokor bilan maslahatlashgan holdagina bajarib ko'rish mumkin.  

http://spinningbabies.com/learn-more/techniques/the-fantastic-four/forward-leaning-inversion/

http://spinningbabies.com/learn-more/techniques/other-techniques/breech-tilt/

 

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring