Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

homila oldi suvi

Homila oldi (qog'onoq) suvi ko'p yoki kam bo'lishi ba'zida patologik holat mavjudligidan dalolat beradi.

Qog'onoq suvi qachon paydo bo'ladi?

Homiladorlikning 14 haftasiga qadar homila steril shishni ichida bo'ladi. Bu shish maxsus suyuqlik bilan to'lib turadi. Homila rivojlangan sari 14 haftaga kelib bu shish bachadonni butunlay qoplaydi va uni ichidagi suyuqlik ko'payib boradi. Suyuqlik asosan onaning qon plazmasidan va homila suyuqligidan (siydigi) tashkil eta boshlaydi. Ya'ni homila oldi suvlarining sifati va miqdori bolaning organizm faoliyatiga ham bog'liq bo'lib qoladi. Demak, suyuqlik miqdori yoki sifatidagi o'zgarishlar homilaning salomatligidagi o'zgarishlardan dalolat berishi mumkin. 

Qog'onoq suvi har 3 soatda almashib turadi, va bu jarayonning 1/3 qismi homila faoliyatiga bog'liq. Yani bolaning salomatligi o'zi suzayotgan suvning 30 foizdan ko'proq miqdoriga "javobgar" bo'ladi.

B'azi tadqiqodlarning ko'rsatishicha, qog'onoq suvining hidi ona suti hidiga o'xshaydi, shuning uchun bola tug'ilgan zahoti ona ko'kragini topa oladi.

Qog'onoq suvi qancha miqdorda bo'lishi kerak?

Homila oldi suyuqligini shifokor har safar tekshirishi bejiz emas. Qog'onoq suvining ko'p yoki kamligi homila va homiladorlikning rivojlanishida biron salbiy o'zgarish yuz berganini ko'rsatishi mumkin.

Odatda qog'onoq suvi homiladorlikning 3 trimestriga qadar ko'payib borib, 32-34 haftalarda u 1 litrni tashkil etishi mumkin. Tug'ish yaqinlashgan sari suyuqlik kamayadi. Homiladorlarning 1 foizida qog'onoq suvi o'ta ko'pligi (poligidramnioz) yoki o'ta kamligi (oligogidramnioz) patologiyasi kuzatiladi.

Qog'onoq suvi qanday o'lchanadi?

Ultra tovushli diagnostika yordamida.

Qog'onoq suvi (homila suvi) muddatidan oldin oqa boshlasa nima bo'ladi?

Homila oldi suyuqlik muddatidan oldin ajralishni boshlasa, bola yoki ona infeksiyaga duch kelishi mumkin. Shuning uchun homila suvi muddatidan oldin chiqa boshlasa:

  • Homiladorlikning 22 haftasigacha bo'lgan muddatda bola oldirib tashlanadi, uni saqlab qolish imkoni bolmaydi;
  • Homiladorlikning 22-34 haftasigacha bo'lgan muddatda, homilani bachadonda imkon qadar uzoqroq ushlab turish maqsadida onaga bir necha kun davomida antibiotiklik va homila o'pkasini rivojlantiruvchi kortikosteroidlik muolajalar qilinadi. Natijada homilani tug'dirib olish muddati bir necha kunga suriladi. Lekin homila suvi ko'p ajralayotgani homilani himoyalovchi shish infeksiyalarga bardoshsiz bo'lganidan dalolat beradi, shuning uchun bunday homiladorlikni uzoq vaqt saqlashdan foyda yo'q. Chunki homila qog'onoq suvi ajralib turganda bachadonda uzoq vaqt saqlansa, u biron infeksiya bilan kasallanadi va sog'lom tug'ilmaydi. Shuning uchun homila kerakli muolajalar qilinguncha bir necha kun bachadonda saqlanib tug'dirib olinadi va muddatidan oldin tug'ilganligi uchun maxsus kuvesda kerakli muddatda nazoratda bo'ladi.  
  • Homiladorlikning 34 haftasidan so'ng bola tug'dirib olinadi. 

Qog'onoq suvi muddatidan oldin ajralmasligi uchun nima qilish kerak?

Normal homiladorlikda homila oldi suvi muddatidan oldin ajralmaydi. Quyidagi holatlar homila oldi suvlarining muddatidan oldin chiqishiga asosiy sababchi bo'ladi:

  • Ayoldagi endokrin kasalliklar;
  • Bachadon bo'yni patalogiyasi;
  • Homila patologiyasi;
  • Homiladorlik davomida kechirilgan kasalliklar(gripp va boshqa viruslar);
  • Jinsiy a'zolar infeksiyasi;
  • va boshqalar.

Qog'noq suvining vazifasi nimada?

  • U homilani shikkastlanishidan saqlaydi;
  • Homila kindik yo'lini siqib qo'ymasligini ta'minlaydi;
  • Bachadonda kerakli o'zgarmas haroratni ta'minlaydi;
  • Homilani tashqi infeksiyalardan himoyalaydi;
  • Homilani harakatlanishi uchun sharoit yaratadi, natijada homila tog'ri rivojlanadi;
  • Homilaning siydik va nafas tizimini rivojlantiradi, chunki bola siydigini ushbu suyuqlikka chiqarib, ushbu suyuqlikni nafas yo'llari va og'zi bilan yutadi.

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Maryam's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Zohida siz hichcham siqilmen . Ilohim bu yilgi tugish hikoyalariga yozish nasib qisin. Solih soliha farzandlar bersin. Bolladan ortib forumgayam zoooorga voxt topadigan bobqoling ilohim.
    • Ummu Maryam
    • Lily's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • demak Pazandaopajon nishondasiz))) raxmat azizlarim)))
    • Lily
    • Zahroxon's Avatar
    • Kundalik taomlar
    • Tarkibi 1 kg lavlagi 6 dona tuhum qaynatilgan oqi 6 dona kartoshka salonka qilib qovurilgan 300 gr kolbasa Tuzlangan bodring, sabzi salat va 400gr mayanez URL=http://radikale.ru/][image][/URL] Coinmarketcap Telegram Bot
    • Zahroxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...