Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homilaning bachadonda rivojlanmay qolib tushib qolishi yoki bachadon ichida nobud bo'lishi o'lik homilaga olib keladi. 

Homiladorlikning 20 haftasiga qadar bolaning tushishi yoki rivojlanishdan to'xtab qolishi tabiiy abort deb atalsa, 20 haftadan so'ng homilaning rivojlanmay qolishiga homilaning o'lishi deb ataladi. Homiladorlikning 27 haftasidan so'ng homila nobud bo'lishi tug'ma olim deyiladi.

O'lik homila borligining alomatlari qanday?

Shifokor o'tkazadigan maxsus diagnostikadan tashqari bu holatni bolaning qimirlashi yo'q bo'lib qolganidan yoki onaning tana harorati birdaniga osha boshlaganidan bilsa bo'ladi. Ko'krak kichkayib qoladi.

Homiladorlik davomida qon bosimi oshib turadigan ayollarda birdaniga qon bosimi normallashadi. 

Agar homilador ayolga homilasi uzoq vaqt davomida qimirlamayotgani xavotir solayotgan bo'lsa, 1 dona shokolad yeb 20-30 daqiqa davomida yotish kerak. Odatda shokoladdagi glyukoza tufayli uxlayotgan bola ham qimirlashni boshlaydi.

Homila nobud bo'lganini bilish uchun Ultra tovushli diagnostika qilinadi. U yerda bola rivojlanmayotgani va yurak urmayotgani aniq ko'rinadi. Homiladorlikning 8-haftasigacha bo'lgan davrda bachadon razmerlari homila rivojlanmayotganiga shubha tug'dirishi mumkin.

Ba'zi tajribasiz UTD mutaxassislari adashib homilani o'likka chiqarib yuborishadigan holatlar ham yo'q emas.

Homila o'lik ekanligi aniqlansa nima qilinadi?

Ko'pincha homila nobud bo'lgach, o'zi tushib qoladi

Aks holda, homila zudlik bilan tug'dirib olinadi. O'lik homila qancha ko'p bachadonda qolsa, ayol hayoti uchun xavf shuncha yuqori bo'ladi.

Agar egizaklardan biri nobud bo'lgani aniqlansa, u holda ikkinchi homila rivojlanib olishiga vaqt berish uchun tug'dirish jarayoni biroz surilishi mumkin.

Bundan oldingi homiladorlik Kesarcha kesish usuli bilan yakunlagan bo'lsa, u holda 2-3 trimestda nobud bo'lgan homilani tug'dirib olish nihoyatda katta nazoratni yoki yana Kesarcha usulni qo'llashni talab etadi, chunki bachadon choki tug'ish jarayonida ochilib ketishi mumkin.

Homila bachadonda o'lib qolishiga ta'sir etuvchi omillar nima?

Onada:

Homiladorlikning 42 haftadan o'tib ketishi;

Nazoratga olinmagan diabet kasalligi;

Qizamiq kasalligi;

Antifosfolipid sindromi;

Infeksiyalar;

Qon bosimi yuqori bo'lishi;

Preeklampsiya;

Eklampsiya;

Qon kasalliklari;

Yoshi kattaligi;

Rh faktor;

Bachadon yorilishi;

Shikkastlanish yoki o'lim.

 

Bolada:

Egizaklar;

Bachadonda rivjlanmaslik;

Tug'ma nuqsonlar;

Genetik kasalliklar;

Infeksiyalar;

Shish.

 

Yo'ldoshda:

Kindikka bo'g'ilib qolish;

Kindik siqilib qolishi;

Kindik bilan bog'liq boshqa muammolar;

Qog'onoq suvi (homila oldi suvi) muddatidan oldin chiqishi;

Abort;

Qon quyilishi;

Yo'ldosh yetishmovchiligi;

 

Qo'shimcha xavfli faktorlar:

Bundan oldingi homiladorlikda homila nobud bo'lgani;

Onada uzoq vaqt davomida kuzatilgan va davolangan bepushtlikdan so'ng bo'lgan homiladorlik;

Bundan oldingi homiladorlikda bola rivojlanishda ortda qolgani;

Ota-onaning yoshi kattaligi;

Ortiqcha muammolik vazn.

 

Homila o'lik tug'ilishini oldini olish uchun nima qilish kerak?

1. Shifokor nazoratida bo'lish;

2. Shifokor aytgan barcha analizlarni vaqtida topshirish;

3. Tavsiya etilgan UTD, skrining, dopler diagnostikasidan vaqtida o'tish;

4. Oldingi homiladorlik o'lik homila bilan yakunlangan bo'lsa, qayta homilador bo'lishdan oldin er-xotin birgalikda barcha infeksiyalarga, xususan TORCH infeksiyasiga va surunkali kasalliklarga o'zini tekshirtirish va birgalikda davolanish.

5. Homiladorlik davomida infeksiyalardan holi bo'lish. Ba'zida oddiy gripp yoki qizamiq infeksiyasi bolada og'ir nuqsonlar paydo bo'lishiga yoki nobud bo'lishiga olib keladi. Govjum joylarda kamroq bo'lish.

6. Homiladorlik davomida davolanish talab etilsa, o'z vaqtida to'liq davolanish. 

7. Erda infeksiya borligi aniqlansa, homiladorlik davomida u bilan jinsiy aloqada bo'lmaslik yoki doim preservativdan foydalanish. 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...