Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

ko'p so'lak ajralishi

Ba'zi ayollar homiladorlik davrida ko'p so'lak ajralishini sezadilar. Bu holat ayniqsa, 1-trimestrda ko'p namoyon bo'ladi. Bunga qo'shilib jig'ildoq qaynashi ham kuzatiladi. Buning sababi nima ekan?

So'lakning ko'p ajralishi nima degani?

Tibbiyot tilida so'lakning ko'p ajraishiga ptializm deb ataladi. Bunda og'iz so'lakka to'lib ketib, uni chiqarib tashlashga ehtiyoj bo'ladi.

Homiladorlik davrida so'lakning ko'p ajralishiga sabab nima?

Bu holatga biron spetsifik sabab aniqlanmagan bo'lib, homilador ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlardan ko'radilar.

Buning zarari bormi?

So'lak oqishining homilador ayolga ham homilaga ham zarari yo'q. Lekin ba'zida ko'p so'lak oqishi jig'ildoq qaynashi va toksikoz alomatlarini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

So'lakning ko'p oqishi qachon namoyon bo'ladi? 

Homiladorlikning 6-haftalaridan boshlanib 20-22 haftalarigacha davom etishi kuzatiladi. Juda kam hollarda ptializm bola tug'ilgunga qadar davom etishi mumkin.

So'lak ko'p ajralishining ijobiy tomoni bormi?

Ha, bor. So'lakning ko'p ajralishi natijasida enzimlar ko'p ajraladi. Ular esa homilador ayolda biroz buzilgan hazm qilish tizimini yaxshilaydi. Undan tashqari so'lakdagi antibakterial, antizamaburug' proteinlar homilador ayolni og'iz bo'shlig'i va tishlarini himoyalab turadi.

So'lakning ko'p ajralayotgan holatini qanday yengillashtirish mumkin?

  • Tishni tez-tez yalpizlik tish pastasi bilan yuvib turing;
  • Tez-tez suv ichib turing;
  • Shakarsiz yalpizlik konfet shimib yuring. Bu so'lak ajralishini pasaytirmasa ham, so'lakni yuta olishga yordam beradi. Shirin va nordon konfetlarni shimmaslik kerak, ular so'lakning ajralishini kuchaytirib yuboradi.
  • Limonni yalang yoki so'ring;
  • Konfet ko'rinishidagi Vitamin C tabletkalarini shimib yuring;
  • Yalpizlik saqich chaynang. O'tkir yalpiz ta'mi yo'qolganda tashlab yuborishni unutmang. 

Muhimi, bu holat deb asabiylashmaslik kerak. Doim yoningizda salfetka, dasturmol va qog'oz krujkalari bo'lishini ta'minlang. Bu holatingizni ayol hayotida atigi bir necha bor keladigan shirin homiladorlik davrining belgilaridan biri deb qabul qiling. Biroz vaqtdan so'ng o'tib ketadi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • bugun yana bitta imtixondan otib oldim eson omon Ollohga wukr. shu 1hafta imtixonlar... Zohida ilohim siz xam tezroq onalik baxtiga erishing.
    • ☆ZIZI☆
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Muslima opa sizgayam alohida Rahmat hamma hammasi uchun ilohim bollarizi rohatini ko'rib yurila birgalida qo'sha qarib)
    • Ezozaxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...