Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homilador ayol uchun

Ko'pincha, homiladorlik muammosiz o'tadi. Lekin har bir homilador ayol homiladorlik uchun xavfli holatlar haqida bilib qo'ygani yaxshi. Quyida homiladorlikda eng ko'p uchraydigan ahamiyattalab 7 holat keltirilgan.

Shifokor homilador ayolni kuzatish davomida xavotirga soluvchi holatlarni aniqlash va vaqtida bartaraf etish uchun kerakli analiz, test va tekshiruvlarni muntazam ravishda o'tkazib turadi. Homilador ayol ham o'z holatidan xabardor bo'lib, xavfli alomatlarni shifokorga vaqtida aytib turishi foydadan holi bo'lmaydi.

Bola tushishi

Homiladorlikning ilk 20 haftasida bola tushishi ehtimoli mavjud. Barcha homiladorliklarning 10-20 foizi bola tushishi bilan yakunlanadi. Ularning 80 foizi esa homiladorlikning dastlabki 12 haftasida sodir bo'ladi. Ushbu davrda sodir bo'lgan bola tushishining asosiy sabablaridan biri urug'langan tuxumda xromosom nuqsonlar mavjudligidir. Bu nuqsonlar embrion rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va embrion rivojlanmay tushib qoladi.

Bola tushishi alomatlariga asosan qon ajralishi va qon dog'larining paydo bo'lishi kiradi. Ba'zida homiladorlikning ilk davrida oz miqdorda qon ajralishi normal holat bo'lishi mumkin. Shunga qaramay homilador ayol o'zida qon ajralayotganini kuzatayotgan bo'lsa, darhol shifokorga uchrashi talab etiladi. Shifokor maxsus tekshiruvlar o'tkazib homila holati haqida aniq ma'lumot bera oladi.

Muddatidan oldin tug'ish

Agar homilador ayolda homiladorlikning 37 haftasidan oldin bachadon bo'yni ochilishi yoki ingichkalashi kuzatilsa, muddatidan oldin tug'ish xavfi paydo bo'ladi. Agar bola 37 haftadan oldin tug'ilsa, u chala tug'ilgan hisoblanadi. Muddatidan oldin tug'ilgan bolaning salomatligida jiddiy muammolar bo'lishi mumkin. Bola normal muddatga qancha yaqin davrda tug'ilsa, shunchalik uning yashay olish va sog'lom bo'lish ehtimoli yuqori bo'ladi.

Agar bundan oldingi homiladorlikda bola muddatidan oldin tug'ilgan bo'lsa, bu haqida shifokorga xabar berish va o'ta jiddiy nazoratda bo'lish talab etiladi. 

Muddatidan oldin tug'ib qo'yish alomatlariga qindan suv ketib qolishi, qon ajralishi, belda qo'yib yubormaydigan og'riq yoki hayz kutilayotgandek og'riq bo'lishi, to'lg'oqlar boshlanishi kiradi.

Preeklampsiya

Preeklampsiya homiladorlikning 20-haftasidan o'tgach yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holat. Bunda homilador ayol siydik analizida oqsillar aniqlanadi va qon bosimi oshgan bo'ladi. Agar preeklampsiya darajasi yuqori bo'lmasa, sog'lom bolani o'z muddatida tug'sa bo'ladi. Lekin preeklampsiya rivojlanib ketayotgan bo'lsa, u holda homilaga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun bolani muddatidan oldin tug'dirib olish talab etiladi.

Preeklampsiya alomatlari:

Kuchli bosh og'riq bo'lishi;

Qon bosimining oshishi;

Qorinning yuqori qismida kuchli og'riq bo'lishi;

Yuz, qo'l va oyoqlarning birdaniga shishib borishi;

Ko'ngil aynishi va qusish;

Ko'rish qobiliyatining birdaniga buzilishi;

Vaznning keskin oshishi (haftasiga 3.5 kg dan ortiq).

 

Homila oldi suvlarning miqdori kamayishi

Homila oldi suvlari homilani himoya qiladi va uning rivojlanishida ishtirok etadi. Homila oldi suvlarnining kamayishiga oligogidramnion deb ataladi. Bu holat homiladorlikning 3-trimestrida paydo bo'lishi mumkin. Oligogidramnion bo'lsa, homilador ayol shifokorning uzluksiz nazorati ostida bo'lishi darkor. Chunki homila to'g'ri rivojlanayotganini keskin tekshirib turish talab etiladi.

Homila oldi suvlarining alomatlari aniq namoyon bo'lmay, asosan UTD orqali ko'riladi.

Gestasion diabet

Homiladorlikning 24-28 haftalari oralig'ida har bir homilador ayol glukoza skrining testini topshirishi kerak. Agar homilador ayolda diabet rivojlanayotgan bo'lsa, u shifokorning jiddiy nazorati ostida bo'ladi. To'g'ri dieta va kerakli jismoniy mashg'ulotlar sog'lom bola tug'ishga yordam beradi. Lekin nazorat qilinmagan diabetlik homiladorlik bola salomatligida jiddiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Gestasion diabet, asosan, alomatlarsiz kechadi, lekin ba'zida ayolda ko'rish qobiliyatining buzilishi, tez-tez chanqoq bosishi, o'ta ko'p miqdorda siyish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Bachadondan tashqari homiladorlik

Bunda urug'langan tuxum bachadonda emas, ko'pincha bachadon naylarida rivojlanishni boshlaydi. Agar rivojlanayotgan embrionni jarrohlik yo'li bilan zudlik bilan olib tashlamasa, bachadon naylari yorilib, ichki qon quyilish yuzaga keladi va ayol hayoti xavf ostida bo'ladi. Bachadondan tashqari homiladorlik doim homila olib tashlash bilan yakun topadi.

Yo'ldoshning oldida bo'lishi

Yoldosh oldida bo'lishi degani uning o'ta pastda, siydik pufagi oldida joylashganiga aytiladi. Homiladorlikning ilk davrida bu xavfli bo'lmagani bilan, homila kattalashgan sari yo'ldosh yanada pastga tomon tushib qon ajralishiga, natijada bolaning muddatidan oldin tug'ilishiga olib kelishi mumkin.

Yo'ldoshning joylashuvi homiladorlikning o'rtalarida UTD orqali ko'riladi. Lekin homila rivojlangan sari yo'ldosh joylashuvini yuqori tomonga qarab o'zgartirishi ham mumkin.

Yo'ldoshning oldida bo'lganda qon ketishi kuzatiladi. Bu holat darajasi o'ta jiddiy bo'lsa, bola kesarev kesilish yo'li bilan tug'iladi. 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Ha jonim jahonim mani esimda, qizizni rasmi turardi avatarizda
    • muslima1
    • Ummu Soliha's Avatar
    • O'zim haqimda
    • salom Ismim Muazzam. Yoshim 25 yaqinda 26 ga tolaman. Hozrcha 1 Soliha isimli qizaloqni onasiman. Soliham 2 yoshli. Aslida bu saytga 2 yildan beri kiraman forumdagi suhbatlarni oqiyman. Bazida javob Savollarimi yozib javob olaman. Saytni homiladorlik vaqtimda topib olganman😍. Lekin shu hech aktiv qatnasha olmayapanda. Asli Andijondanman. Hozrgi profilim yaqinda ochdim chunki eski profilimi paroli esimdan chiqdi takilamoqchi bolsam mailimi ham ocholmadim. Keyin yangi ochdim. Avvalgi profilim Jonim jaxonim edi. Aytgani hijolat bolardinglarku 😊.
    • Ummu Soliha
    • mavluda1492's Avatar
    • Baxtiyor oila
    • Raxmat Muslima he4am nolimayman bizda waroit wunaqa. 1- nasihatni yoziwiz bn kopiya qilib jo'natgandim. Davomini kutamiz
    • mavluda1492
    • Ummu Soliha's Avatar
    • 'Martin' larning katta oshxonasi
    • salom Niratsan yaxshimisiz. Negadr sizni sharxlaringizni kormayappan. Netga kirmayapsiz shekili? Farzandingiz yaxshimi? Sogligingiz?
    • Ummu Soliha

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring