Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Shunday kasalliklar borki, ular sog'lom ayolda aynan homiladorlik davrida rivojlanadi. Ana shu va boshqa homiladorlik davrida uchraydigan kasalliklar haqida ma'lumot.

 

Muammo Alomatlari Davolanishi
Depressiya

O'ta kuchli tushkunlik;

Atrofga qiziqishning yo'qolishi;

O'ziga yoki homilaga ziyon yetkazish haqida o'ylash.

Bu psixologik holat bo'lib, psixolog nazoratini, kerak bo'lsa dori bilan davolanishni talab etadi.

Uni davolamay qoldirsa, homila rivojlanishiga zarar keltirish ehtimoli bor.

Anemiya

Kuchsizlanish;

Holsizlanish;

Yuzdan rang ketishi;

Tez-tez nafas olish.

Davolanish juda samarali hisoblanadi. Odatda temir preparatlari va foliya kislotasi tavsiya qilinadi.
Homila kasalliklari

Bolaning qimirlashi normadan kamroq bo'lishi;

Bolaning jismoniy rivojlanishi normadan ortda qolishi;

Ba'zi kasalliklar alomatsiz o'tgani bilan, maxsus tekshiruvlar yoki analizlar orqali namoyon bo'ladi.

Kasallik aniqlangani homila nobud bo'ladi degani emas. Vaqtida aniqlangan kasallikni hatto homiladorlik davrida ham davolash mumkin.

Muhimi, shifokor tavsiyalariga amal qilish.

Diabet

Odatda alomatsiz kechadi;

Analizlar kasallik mavjudligini aniqlaydi.

Aynan homiladorlik davrida yuzaga keladigan diabet maxsus dietalar yordamida davolanadi. Shifokor tavsiyasiga oid dietani saqlash sog'lom bola tug'ilishiga imkoniyat beradi va ba'zi kasalliklarning qo'shimcha ravishda rivojlanishini oldini oladi.  
Qon bosimining oshishi (homiladorlik tufayli) Preeklampsiya rivojlanmagan hollardagina yuzaga kelgan qon bosimining oshishi.  Ona va bola salomatligi kuchli nazorat ostida bo'ladi. Qon bosimini oshib ketmasligini ta'minlash zarur. Undan tashqari qon bosimining oshishi preeklampsiya alomati emasligini aniqlash kerak. 
Qusish 

Qusish o'tib ketmasligi;

Har kuni 3-4 martalab qusish;

Suvsizlanish;

Ishtaha yo'qolishi;

Vazn yo'qotish.

Qusish, odatda, 20-haftaga yaqin o'tib ketishi kerak, ba'zida 9 oygacha davom etadi. Shifokor tavsiyasiga oid mahsulotlarni iste'mol qilish talab etiladi. Suvsizlanish yuzaga kelsa, shifoxonada nazorat ostida bo'lish kerak bo'ladi. 
Homila tushishi

Qindan qon ketishi;

Qon dog'larining paydo bo'lishi;

Qindan ko'p suv ketishi.

Ko'pincha, homila tushishini bekor qilib bo'lmaydi. Uni oldini olish muhimdir. Shuning uchun homiladorlik aniq bo'lgani zahoti shifokor maslahatxonasiga borish talab etiladi. U yerda shifokor homila tushishini oldini olish bo'yicha kerakli maslahat va tavsiyalar beradi, zarur bo'lsa, kerakli analiz tekshiruvlarini o'tkazadi.
Yo'ldoshning bachdon oldi tomon joylashuvi

Ikkinchi va uchunchi trimestrda qindan og'riqsiz qon ajrlanishi;

Ba'zilarda alomatsiz kechadi. 

Bu holat homiladorlikning 20-haftasidan so'ng aniqlanib qon ajralishi namoyon bo'lmasa, onaga ko'proq dam olish va jismoniy aktiv bo'lmaslik tavsiya qilinadi. Qon ajralishi kuzatilganda shifoxonaga yotib, davolanish talab etilishi mumkin. Qon ajralishi to'xtamayotgan bo'lsa, bola muddatidan oldin kesarev kesilish orqali tug'dirib olinadi.
Muddatidan oldin yo'ldoshning ajralishi

Qindan qon ajralishi;

Bel va qorinning past qismida kuchli og'riqlar.

Holat jiddiy bo'lmasa, qon ajralishi bir necha kun yotilsa to'xtaydi. Jiddiyroq holatlar dori vositalar yordamida davolanishni va ba'zida bolani muddatidan oldin tug'dirib olishni talab etishi mumkin.
Preeklampsiya

Qon bosimining oshishi;

Qo'l va oyoqlarning shishi;

Siydikda oqsil moddasining keskin ko'payishi;

Qorin og'rishi;

Titrov;

Bosh og'riqlar.

Preeklampsiyaning davosi tug'ishdir. Agar u homiladorlikning 37 haftasidan so'ng zo'rayayotgan bo'lsa, u holda bola tug'dirib olinadi. Agar homila muddati kichikroq bo'lsa, u holda ona butunlay dam olish rejimiga o'tadi. Shifoxonada qon bosimini tushirish bo'yicha kerakli muolajalar qilinib, shifokorning o'tkir nazorati talab etiladi. 
Bolaning muddatidan (37 haftadan) oldin tug'ilishi

Qindan suyuqlik ajralishining ko'payishi;

Bel og'rishi;

To'lg'oqlarning paydo bo'lishi.

Hozirgi kunda to'lg'oqlarni to'xtatish imkoniyati mavjud. Ona maxsus nazorat ostida homiladorlikni muddatiga yetkaza oladi. Ba'zi hollarda bola muddatidan oldin tug'ilib qoladi, bu esa uning salomatligida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Muddatidan oldin tug'ilgan bola maxsus nazorat ostida bir necha kundan oylargacha bo'lishi mumkin.
Bachadondan tashqari homiladorlik

Qorin og'rishi;

Yelka og'rishi;

Qindan qon ajralishi;

Hushdan ketish;

Titroq bosishi.

Bachadondan tashqari homila rivojlana olmaydi. Shunga bunday homiladorlik jarrohlik yo'li bilan to'xtatiladi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Endi ishni birinchi oshxamir olishdan boshlimiz, tuzli suvga yoģni solib, ustidan oz ozdan un solib oshxamir qilamiz [image] Coinmarketcap Telegram Bot mana oshxamirimiz tayyor, endi tinguncha, kartoshkamizi qaynatib pyure qilib olamiz, piyozimizi tuģrab yoģda qovurib olamiz, tuz va ziravorlarni qushib pishirib olib, pyureni ustiga yogi bn solamiz [image] Coinmarketcap Telegram Bot
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...