Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

homiladorlikda soch bo'yash

Ushbu savolga "ha" yoki "yo'q" javob berishdan oldin, ba'zi ma'lumotlardan sizni xabardor etsak.

Homiladorlik davrida soch bo'yashni istaydiganlar juda ko'p. Sochni muntazam ravishda bo'yab yuradigan ayol 9 oy davomida bundan voz kechishi qiyin. Sochiga oq tushganlar esa o'zini bo'yalmagan soch bilan tassavur qila olmaydi. Homiladorlik kabi nozik davrda soch bo'yashning ziyoni yo'qmikin? "Rivojlanayotgan bola salomatligiga soch bo'yoqlari tarkibidagi va umuman boshqa kimyoviy moddalar salbiy ta'sir ko'rsatmasmikin?" kabi savollar bo'lajak onani bezota qilishi ajab emas.

Afsuski, bu savolga hech bir tadqiqot ham, hech bir ilmiy tajriba ham aniq javob bera olmaydi. Homiladorlikda soch bo'yashning ziyoni chala o'rganilgan, desak adashmaymiz. Ba'zi tadqiqotchilar uni ziyon keltiradi desalar, ba'zilar buning homilaga hech qanday zarari yo'q, deb ta'kidlaydilar. Kimga ishonish kerak?

Ahamiyat bersak, XXI asr kasalliklarining ko'pchiligi yomon ekologiya bilan bo'gliq. Atrofda, har kunimizda, har qadamimizda bizni zaharlaydigan kimyoviy moddalar sherik bo'lib kelmoqda.

Oddiy mineral suvi baklashkasi bir martadan ko'p ishlatilsa organizm uchun zararli kimyoviy modda ishlab chiqishi tasdiqlangan. Uyimizdagi plastik idishlar, tekshiruvdan o'tmagan plastik o'yinchoqlar, plastik uy jihozlari, remont vositalari, pardoz buyumlari, tozalash vositalari va boshqa shu kabilar bizni organizmni o'ta zararli kimyo bilan ta'minlab turadi.

Bu vositalarning salbiy ta'siri bir kunda hatto bir yilda ham emas, balki yillar mobaynida yig'ilib namoyon bo'ladi. Shuning uhun ham "paroben" kabi o'ta zararli moddaga ega tish pastasining zararini biz ertasi kuni his eta olmaymiz va unda tish yuvishda davom etaveramiz.

Allergik kasalliklar, saratonning ba'zi turlari, teri va nafas olish organlari kasalliklarning kelib chiqishiga va surunkali kechishiga aynan kimyo sababchi ekanligi tasdiqlangan. Bu kimyo organizmda yillar mobaynida yig'ilib asta-sekin o'zini ta'sirini jiddiy kasalliklarda namoyon eta boshlaydi.

Afsus, hayot tarzimiz shunday tuzilganki, biz bir zumda atrofimizdagi barcha kimyoni yo'q qila olmaymiz. Ekobuyumlar, ekomahsulotlar, ekomebel, eko-uy kabi iboralar endi-endi bizga kirib kelmoqda. Chunki kimyo inson uchun naqadar ziyonli ekanligini barcha anglab yetdi. Shunday ekan, bo'lajak farzandlarimizni ham 100% ekologik muhitda, kimyodan holi ravishda katta qilish imkoniyatimiz hozircha yo'q.

Lekin imkon qadar bolaga bo'ladigan kimyo ta'sirini kamaytirish bizning qo'limizda!

Buni homiladorlik davridan boshlash zarur. Aynan homiladorlik payti bolaning organlari shakllanadi va rivojlanishni boshlaydi. Shu davrda unga imkon qadar ekologik toza muhitni yaratib berish kerak.

Ekologik tozalik bilan oddiy tozalikni adashtirmaslik lozim. Ekologik toza deganda, tabiiylik nazarda tutiladi. Oddiy tozalikka erishish uchun esa ba'zida o'ta kuchli kimyoviy vositalarni ishlatamiz. Bunda tozalik yuzaga keladi lekin ekologik tozalik-tabiiylik yo'qqa chiqadi.

Soch bo'yash vositalari, sochni kimyoviy turmaklash, uyni tozalashda kuchli kimyoviy vositalardan foydalanish, bo'yoqlar va shu kabi kimyoviy moddalar bilan nafas olishdan oldin bir o'ylab ko'ring. "Kimyoviy moddalar ona orqali bolaga o'tmaydi" kabi tadqiqotlarga ishonib, lekin bolaning salomatligi bilan tavakkal qilgan yaxshimi yoki 9 oy chidab turib, sog'lom bola tug'ilishi uchun imkon qadar harakatni ayamaslik yaxshimi?

Menimcha, bo'lajak ona qaysi yo'lni tanlashini bilish qiyin emas. Axir tug'ilganida sababi noaniq bo'lgan teri qizarib qichishganidan qiynalayotgan bolani ko'rib siqilishdan ko'ra, to'qqiz oy kimyoviy vositalardan uzoqroq bo'lib, bola salomatligi uchun o'z hissangizni qo'shayotganingizdan xotirjamlikda yurish afzalroq bo'lsa kerak.     

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom dugonajonlar🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷 qalesizlar bolajonilar öynab kulib yurishiptimi?
    • ☆ZIZI☆
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka
    • Zahroxon's Avatar
    • Bola nutqidagi muammo
    • Xaaa ajoyib uzi aslida suz urtasida yoki ohirida q xarfi kelsa bemalol tiniq qilib aytadi, boshida esa qancha ayttirsam ham aytolmedi
    • Zahroxon
    • Osiyo2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • salom :rah# suhbat men uchun ham qiziqarli foydali bo'ldi. Muslima sizni maqtamayman.... sababi o'zizga ma'lum. Sizga chin qalbimdan havas qildim! Sizdan va Ota Onangizdan ham Alloh rozi bo'lsin ikki dunyo saodatini bersin! Sizni ilmingizdan uzoq yillar o'rganib yurish nasib etsin bizlarga! Allohim umringizga baraka bersin! Ilmingizni ziyoda qilsin! Bizni va oila a'zolarizni baxtiga sog' salomat bo'ling! Lily sizdan ham Alloh rozi bo'lsin! Savollariz bir biridan ma'noli men ham kiramanu ilk tasurotni o'qishga shoshaman :lol: haqiqatda eng zo'r mavzu bo'ldi :sevgi :sevgi :sevgi
    • Osiyo2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...