Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homilador ayol yeyishi mumkin bo'lmagan mahsulotlar

Homilador ayol iste'mol qilayotgan har bir mahsulot homilaga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Shuni inobatga olgan holda, quyidagi mahsulotlardan voz kechish tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida ushbu mahsulotlardan voz kechish yoki qabul qilish miqdorini keskin kamaytirish muhim.

 

  • Spirtli ichimliklar. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, spirtli - alkogol ichimliklar bolaning muddatidan oldin tug'ilishiga, unda tug'ma nuqsonlar paydo bo'lishiga va bolaning vazni past bo'lishiga olib kelishi mumkin.

 

  • Kofein. Homilador ayol qabul qilayotgan kofein miqdorini kuniga 200 mgdan oshmasligini ta'minlash lozim. Kofein moddasi qora choy, kofe, qora shokolad, koka-kola ichimliklarida mavjud.

 

  • Saxarin. Ba'zilar shakarni o'rniga qabul qiladigan saxarin homilaning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

 

  • Yog'lar. Homiladorlik paytida go'sht yog'lari, mayonez, qaymoq, margarin kabi og'ir yog'larni iste'mol qilmaslik yoki miqdorini keskin kamaytirish zarur.

 

  • Bundan oldin yeyilmagan mahsulotlarni homiladorlik payti birinchi bora tatib ko'rish yaxshi emas. Ba'zi dengiz hayvonlari, chet eldan kelgan notanish mahsulotlar homilador organizmiga yoqmasligi mumkin.

Sayohat davrida, ayniqsa tropik mamlakatlarda notanish yeguliklar juda ko'p bo'ladi. Ularni iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi. Tanish, hamma bilgan va foydali mahsulotlar (masalan, losos balig'i)ni yaxshilab pishirilib tayyorlanganini qabul qilish mumkin.

 

 

  • Brinza va unga o'xshash pishloqlar (Brie, Camembert) pasterizasiyalanmagan sutdan qilinadi. Ularda Listeriya infeksiyasi mavjud bo'lishi xavfi uchun homilador ayolga zarar keltirishi mumkin.

 

  • Xom baliq (hek salati, sushi) kabi mahsulotlarni yeyish mumkin emas. Chala pishgan yeguliklar ham shu qatorni egallaydi.

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ezozaxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Assalomu alekum rahmat Qadirdonlarim o'zila yaxshimisila tan jonila sog' yuribsilami?! Zohida yodmarin bilan vitrummi hich qanaqa zarari yo' ichvurin ovulyatsiyagayam ta'sir qimidi. Hayz vaqtiz o'ynab kevotgan bo'sa bazal temperaturasini aniqlashdan foydalanib ko'rin. Forumda "Homilador bo'lmoqchiman" sahifasida shula haqida keng yoritilgan o'qib ko'rin afsus ssilka joylashni bilmimande
    • Ezozaxon
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • Muslima opa sizgayam alohida Rahmat hamma hammasi uchun ilohim bollarizi rohatini ko'rib yurila birgalida qo'sha qarib)
    • Ezozaxon
    • sevarushka's Avatar
    • Non mahsulotlari
    • raxmat Muslimaxon ilohim niyatizga yeting! tandir noni boshqachada baribir 1hafta tursa ham yeyaverasan. Albatta retsept sizdan aylansin. 4ta non chiqadi shu retseptimdan, 1litr sut yoki yarmi suv yarmi sut bo'lsa ham bo'laveradi.( ko'pincha men shunday qilaman.) 2.5ch, q tuz ozgina shakar 1ch,q hamirturush va keragicha un. duxovkaga qilsam yumshoqroq, tandirga qattiqroq xamir qilaman. agar suvni o'ziga hamir qilsam salat yog'imi, saryog'mi qo'shvoraman.
    • sevarushka
    • sevarushka's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Salom hammaga bugun men bolajonlarimiz uchun shirinlik tayyorladim, Demak, ‘’Shokoladli keks’’ Kerakli masalliqlar: • Tuxum - 2ta • Shakar -1piyola • 0.5piyola qatiq • 0.5piyola sut • 0.5piyola salat yog’i • 1ch.q razrixlitel • Keragicha un • 2ta shokolad (nachinkasiz) Avval tuxum bn shakarni yaxshilab aralashtirib olamiz, keyin sut, qatiq va yog’imizni ketma ketlikda solib aralshtiramiz. Endi unni oz ozdan solib qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz, razrixlitelni ham solamiz. Kashadan qo’yiqroq smetanasimon hamir bo’lishi k,k. (un solyatganda ehtiyot b,b soling,...
    • sevarushka

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...