Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

chaqaloq bilan homiladorlik

Emizayotgan ayol homilador bo'lib qolishi ko'p uchraydigan holat. Ayniqsa, kontrasepsiya vositasi sifatida emizishni qo'llaydigan onalarda shunday vaziyat keng tarqalgan.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, ikki farzand orasidagi muddat kamida 2 yilni tashkil qilishi kerak. Bu muddat onaning salomatligi tiklanib olinishiga, bola sog'lom muhitda katta bo'lishiga kerakdir. Shuning uchun ham chaqalog'i bor onalar bolani emizib, hayz ko'rmayotgan bo'lsalar ham, qo'shimcha kontrasepsiya vositalaridan foydalanishi zarur. Emizish homiladorlikdan himoya qilmaydi. Emizib turib, tuqqandan so'ng hayz ko'rmagan ayolda ham homiladorlik yuz berishi ehtimoli katta.

Bolani emizayotgan davrda eng qulay va zararsiz kontrasepsiya vositasi bu prezervativ va bachadon ichi spiralidir.

Qo'lda chaqaloq bilan homilador bo'lib qolsa, nima qilish kerak? 

Birinchi navbatda, xursand bo'lish kerak! Olloh sizni yana bir bora shunday oliy ne'mat bilan taqdirlayotganiga shukur qiling.

Ikkinchidan, yuz bergan homiladorlik tufayli asabiylashuv asoratini qo'ldagi chaqaloqqa chiqarmaslik zarur. Asabiy bo'lib qolgan bo'lsangiz, tinchlaning. Ko'proq dam oling. Ko'pincha ayolning homiladorlikdagi asabiylashuvi uning charchashidan kelib chiqadi. 

Uchinchidan, Yordam so'rang. Uyalmang. Opa-singil, qaynona-ona, qo'shni, dugona, er, kim bo'lsa ham yordam so'rash kerak. Qo'lda emizikli chaqaloq bo'lishining o'zi onadan katta kuchni talab etadi. Bunga qo'shimcha ravishda ona homilador ham bo'lsa, u holda unga 2-3 barobar qiyin. "Nega saqlanmading?," deb bema'ni savollar bilan sizni qiynayotgan yaqinlaringizdan yordam so'rang. Yalining, iltimos qiling, talab qiling, lekin bir o'zingizga qolib ketmasin hamma ish. Siz hozir ikki karra buyuk ish qilmoqdasiz!

To'rtinchidan, yuz bergan homiladorlikka xursandchilik bilan qarang, uni mushkuldek qabul qilmang. Axir egizaklarni ham katta qiladilarku.

Beshinchidan, ovqatlanishingizga alohida ahamiyat bering. Siz hozir nafaqat o'zingiz uchun, balki ikki farzandingiz uchun ham ovqatlanishingiz lozim.

Oltinchidan, erkaroq bo'ling. Homiladorligingizdan uyalmay, ayb ish qilib qo'ygandek o'zingizni his etmay, bundan faxrlaning. Hammaga ham bunday baxt nasib etmaydi. Erka bo'lishingiz uchun hozir ayni vaqt.

Ona qanchalik vaziyatga sabr va tabassum ila yondasha olsa, unga shunchalik oson bo'ladi. Agar boshidanoq, "Voy endi qiynalaman, hech narsa eplolmayman," deb vaziyatga yondashilsa, u holda bolalarni katta qilish jarayoni qiyinchilik va psixologik bosim bilan kechadi.

 

Yettinchidan, o'zingiz uchun muhim va muhim bo'lmagan narsalarni ajratib oling. Hozir siz uchun eng muhimi:

  • sizning salomatligingiz
  • sizning tinchligingiz
  • sizning asabiy bo'lmasligingiz
  • sizning dam olishingiz
  • sizning yaxshi kayfiyatingiz.

Siz uchun hozir umuman muhim emas:

  • Qaynona-qaynotangizning siz haqingizdagi fikrlari;
  • Uy ishlari
  • Ovqat-u pishiriqlar
  • Siz haqingizdagi birovlarning fikri va hokazolar.

Faqat muhim narsalarga ahamiyat bering. Bunda eringizni yordami sizga kerak bo'ladi. Ayollik makringizni yo'lga qo'ying.

Qisqa muddatni ichida ikki farzandlik bo'lib qolganingiz - bu eringizning ham ma'suliyatidir. Eringizni ko'proq bolani parvarish qilish ishlariga jalb qiling. Mehri tushsin. Bolaga ko'proq vaqt ajratishiga mehr bilan uni undang. Bolaga qarash otaga yoqib qolsa, sizga undan zo'r yordamchi topilmaydi.

Sakkizinchidan, yangi chaqaloq tug'ilganida, birinchi farzandingizni katta bo'lib qoldi, deb o'ylamang. U ham sizning mehr, e'tibor va muhabattingizga zor go'dakdir.

To'qqizinchidan, yoshi orasidagi farqi kichik bo'lgan bolalarni katta qilish faqat boshida qiyinchilik tug'dirishini unutmang. Katta bo'lishgan sari sizga yengilroq bo'ladi ular esa ahilroq bo'ladilar. 

O'ninchidan, kichik farzandingiz tufayli katta farzandingizni urishmang ham, koyimang ham. U sizning mehringizga to'yishga ulgurmagan. Siz uni katta qilmay turib, homilador bo'lib qolgansiz. U hali ham sizga bog'langan. Uni ham, yangi tug'ilgan chaqalog'ingizni ham mehringizga to'ydiring. Boshqa hamma ishni surib qo'yish kerak bo'lsa ham, farzandlaringiz talablari hozir siz uchun eng muhimdir.

O'zbek oilasidagi ayol uchun yuqoridagi vazifalarni bajarish juda qiyin bo'lsa kerak. O'zbek kelinini ertalab xovli supurish, non yopish yoki xo'jayinni ishga jo'natish kabi vazifalari bisyordir. Lekin farzandlarning baxti, osoyishtaligi, psixologik salomatligi singari muhim vazifa bo'lmasa kerak. Ayol shunday vaziyatga tushib qoldimi, erini ham uydagilarni ham unga har tomonlama yordam berishlariga undashi zarur. Shirinso'zalik, ayyorlik, kerak bo'lsa, teatr tomoshasidan foydalanish hech kimga zarar keltirmagan, natijada esa sog'lom ona va sog'lom ikki farzand baxtli bo'ladi.  

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • qanday insonlardan nafratlanasiz , yoqtirmaysiz? Hech kimdan nafratlanmayman Alloh insof bersin! Har bandaga Alloh insof bersin to'g'ri yo'lga boshlasin adashtirmasin!
    • muslima1
    • muslima1's Avatar
    • Umr manzaralarida
    • Ayoli shariga binoan eri har kuni uni qo'lida eshik oldigacha ko'tarib olib chiqadi, ularni ko'rib o'g'illari rossa hursand bo'lib kuladi. Har safar ko'targandida ayolga mehri oshib boradi kelishuv vaqti tugashiga 3 kun qolganida ayolini sevishi anglab yetadi. Bo'ldi ayolim bn ajrashmayman uni sevaman uni yana sevib qoldim ishxonasiga borib birga ishlaydigan yaxshi ko.mrin qolgan ayolga men xotinim bilan ajrashmayman deb aytganda u ayol yuziga tarsali urib yeg'lab ketib qoladi... Uyiga hursand gullar olib olgan holatda boradi borib u bn ajrashmasligini aytish o'y hayolilari n uyga kirib borsa...
    • muslima1
    • Pazandaxon's Avatar
    • Baliqdan taomlar
    • Xa boladi,kraxmal shart emas. Muzlagan baliqni tikoni yo'q bolsa kotlet qilsayiz ham boladi. Shu mavzuni 1-betiga kirsayiz "Baliqli kotlet"bor.
    • Pazandaxon

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...