Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homiladorlikda og'riqlar

Homiladorlik davomida ayolni turli xil og'riqlar bezota qilishi mumkin. Bularning ba'zilari homiladorlik uchun xavf soluvchi og'riqlar bo'lsa, ba'zilari xavfsiz normal og'riqar hisoblanadi.  Ularni qanday ajratsa bo'ladi?

1. Homiladorlikning dastlabki davridagi sanchishlar.

Ko'pchilik homilador ayollarda homiladorlikning ilk 12 haftasida qorinda, qorinning past qismida va belda yengil, og'riq bermaydiagn sanchishlar kuzatiladi. Bu sanchishlar o'sayotgan bachadonning mushak va toz suyaklariga og'irliq berishi natijasida yuzaga keladi va ular xavotirli emas. 

Xavfli holatlar:

  • O'griq, sanchishlar kuchi va soni ortib borayotgan bo'lsa;
  • Og'riq yoki sanchishlar qon ketish bilan birga namoyon bo'lsa;
  • Davomiy og'riq faqat bir tomonda kuzatilsa;
  • Siyish og'riq bilan kelib, siydikda qon bo'lsa.

2. Qorin pastki qismidagi og'riqlar.

Shu kabi og'riqlar odatda homiladorlikning 2 trimestridan boshlanadi. Bunga sabab bachadonning keskin kattalshib qorin pastki ligament(mushaklar)ni tortilishiga olib kelishidir. Bu mushaklar oyoqlarning badanga to'qnashgan joyida joylashgan. Aynan ligamentlar beradigan og'riq biron harakatdan so'ng, jismoniy holatni birdan o'zgartirish yoki uzoq vaqt mobaynida oyoqda turish natijasida yuzaga keladi. Undan tashqari aksirish, yo'talish, qattiq kulish, qaqalib qolish ham ushbu mushaklarning tortilib sanchishiga sababchi bo'lishi mumkin. Bu og'riqlar tabiiy bo'lib homiladorlikka xavf solmaydi. Odatda keskin harakatlanmaslik, qo'pol jismoniy harakat qilmaslik, yo'talish, kulish payti o'tirib olish tavsiya etiladi.

Xavfli holatlar:

  • Og'riq o'ta kuchli bo'lsa;
  • Og'riq bir necha daqiqadan uzoqroq davom etsa;
  • Tana harorati ko'tarilsa;
  • Yurish qiyinlashib qolsa;
  • Keskin og'riq qorinning faqat bir tomonida kuzatilsa;
  • Siyish bilan bog'liq muammolar paydo bo'lsa.

3. Qindagi og'riqlar.

Homiladorlikda ko'p uchraydigan yana bir og'riq qindagi og'riqdir. Bu og'riqlar homiladorlik davomida bir-bir kuzatilib turadi. Dastlabki 9-12 haftada yuz beradigan qin sanchishlari asosan bachadonning bu davrda keskin kattalashishni boshlaganidan bo'ladi. 

Xavfli holatlar:

  • Agar sanchishlar qon ketishi bilan birga namoyon bo'lsa;
  • Sanchishlar ma'lum bir muddat davom etib, bir soat davomida qayta-qayta takrorlansa;
  • Sanchishlar yelkaga og'riq bersa(bachadondan tashqari homiladorlik bo'lishi xavfi katta);
  • O'griqlar yuqori qon bosimi bilan birga namoyon bo'lsa(preeklampsiya);
  • Og'riq kuchi keskinlashib, qindan qizg'ish, qizil, pushti, jigarrang, qoraroq ajralmalar chiqsa(yo'ldoshning vaqtidan oldin ajralishi);
  • Tana harorati ko'tarilsa;
  • Kuchsizlanish, qusish va ishtaha buzilishi kuzatilsa;
  • Qindan suyuq, oqish yoki yashilrang suyuqlik ajralsa.

4. Qorindagi og'riqlar.

Bu og'riqlar hatto tinch yotgan holatda ham kuzatiladi. Ular muntazam bo'lmay, ba'zi-ba'zida namoyon bo'ladi, ayniqsa kechki payt. Bu og'riqlar qorinning barcha qismlarida paydo bo'lishi mumkin. Buning sababi gazlardir. Homiladorlik payti gaz ajralishi ko'payadi. Ortiqcha gazlar ichaklarda yig'ilib qolib qoringa og'riq berishi mumkin. Qatiq mahsulotlarini ko'proq iste'mol qilish tavsiya etiladi. Gaz chiqish payti uni ushlab qolmay, albatta chiqarib yuborish maqsadga muvofiq bo'ladi. Gaz chiqib ketsa, og'riqlar ketishi kerak.

Xavfli holatlar:

  • Qorindagi og'riq kelib-ketib 1 soatni ichida bir necha bor takrorlansa;
  • Qorindagi og'riqlar belga berib, gaz chiqargandan so'ng ham o'zgarmasa;
  • Tana harorati oshsa;
  • Og'riqlar to'xtamay bir necha kun davomida keskinlashib borsa.

5. Beldagi og'riqlar.

Homiladorlik umurtqadan juda katta kuch talab etadi. O'sib borayotgan bachadonni ushlab turish umurtqa zimmasiga tushadi. Shuning uchun bel og'rishi homiladorlikning ilk davridan deyarli oxiriga qadar kuzatilib turadi. Muhimi og'riqlar doimiy emas, yengil bo'lishi lozim. Ular asosan uzoq vaqt oyoqda bo'lish, turib ish qilish, charchash sababli bo'ladi. Ba'zida homilador ayollarda ko'p rivojlanadigan bavosil (gimorroy) ham belning pastki qismida og'riq keltirib chiqarishi mumkin.

Xavfli holatlar:

  • Og'riqlar kuchi ortib borayotgan bo'lsa;
  • Og'riqlar bir muddat davom etib 1 soat davomida qayta-qayta takrorlansa;
  • Og'riqlar bilan birga qindan suv kabi suyuqlik yoki qon ajralsa;
  • Dam olib, bo'shashgan holatda ham og'riqlar kuchi o'zgarmasa;
  • Tana harorati oshsa.

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring