Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

oshqozon og'rishi

Ko'plab homilador ayollar ovqatdan so'ng yoki uyqudan oldin jig'ildoq qaynashi kabi noxush holat bilan tanishdirlar. Bunga sabab homiladorlik gormonlaridir.

Ayniqsa, progesteron gormoni oshishi natijasida homilador ayolning xazm qilish tizimi kuchsizlanadi, oshqozon mushaklari bo'shashadi. Shunda ovqatning xasm bo'lish davri cho'ziladi. Natijada ovqat xazm bo'lguniga qadar jig'ildoq qaynashi kabi hissiyot kuzatiladi. Homiladorlik davomida bachadon kattalashgan sari oshqozonni bosadi va jig'ildoq qaynashi hissi yanada ortishi mumkin.

Homiladorlikda paydo bo'lgan jigildoq qaynashi tuqqandan so'ng o'z-o'zidan o'tib ketadi. Buning hech qanday salbiy tomoni mavjud emas.

Jigildoq qaynashi hissini kamaytirish maqsadida dori-vositalarini qo'llashga shoshilmang, buni o'rniga quyidagi maslahatlardan foydalanib ko'ring:

  • Tez-tez va oz-ozdan ovqatlaning. Shu yo'l bilan siz oshqozonga tushadigan og'irlikni kamaytirasiz.
  • Ovqat "pastroqqa" tushishini ta'minlang. Ovqat yegandan so'ng kamida 30 daqiqa davomida yotmay, o'tirgan holatda bo'ling. Shunda ovqat tezroq oshqozonga tushadi va jig'ildoq qaynashi hissi kuzatilmaydi.
  • O'ng biqiningizda yoting. Bu yo'l bilan oshqozondagi ovqatni tezroq xazm bo'lishiga yordam berasiz. Uchinchi trimestrda jig'ildoq qaynashi hissini kamaytirish uchun ko'p ayollarga emaklash yordam beradi. Bu holatda bachadon oshqozonga bosim keltirmaydi va oshqozondagi yegulik tezroq ichaklarga tushadi.

Xom qizil sabzi va bodom ko'pchilikka jig'ildoq qaynashi hissini kamaytirishga yordam berar ekan.

 

  • Aynan qaysi mahsulotlar sizda jig'ildoq qaynatishini bilib oling. Ularni yemaslikka harakat qiling (Masalan, achchiq va qattiq qovurilgan ovqat jig'ildoq qaynashini kuchaytiradi).
  • Yog'liq mahsulotlardan voz keching. Birinchidan, bu ortiqcha vazn kelib chiqishiga sababchi bo'ladi, ikkinchidan yog'liq yeguliklar juda sekin xazm bo'ladi.
  • Ovqatlanishdan oldin, sut, yog'sizlangan qaymoq yoki yengil muzqaymoqdan 2-3 qoshiq yeb olishingiz mumkin. Ular oshqozon devorlarini qoplab, jig'ildoq qaynashi hissini yumshatib beradi.
  • Ovqatlanish jarayonida ko'p suyuqlik ichmaslikka harakat qiling. 

 

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • sizlar 5ta qizmisizlar oilada, sizlar ham mazza qilibsizlarda diydor shirinda baribir
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Mart 2017
    • Bugun kotta buvijonimiz bizikiga mehmonga keldilar, buvimiz bn ham rasmga tushib oldik... [image] [image]
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bolalardagi kasalliklar
    • Va aleykum assalom Miyrxan. Forumga xush kelibsiz! Qizizga alloh shifo bersin. Shina yechilgandan keyin xar 3 yoki 6 oyda massaj, elektrafarez, parafin olib turasizlar. Qiziz yurishni boshlagandan keyin maxsus yassi oyoqchalar un tufliklar sotiladi, shuni kiydirasiz. Xar 6 oyda ortaped ko'rigidan o'tkazib turasiz. Keyinchalik qiziz bemalol yurib ketgach uyda oyoq uchida, tovonda, baklajka qopqoqlari ustida yurgizib o'ziz shugullansangiz ham bo'ladi.
    • Pazandaxon
    • Oymomo's Avatar
    • Go'zallik sirlari
    • Juda xavfli parhezlar: takrorlashga urinmang Bahor kelishi bilan hamma ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin. Foto: “ Gastronom.ru” Oqsilli parhez Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan...
    • Oymomo

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...