Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

siyib qo'yish

Bu holat ko'pincha 2 chi va undan keyingi homiladorliklarda namoyon bo'ladi. Undan tashqari 3 trimestrda ham siydik pufagi ezilishi natijasida tez-tez ichki kiyim xo'l bo'lib qolishi kuzatladi.

Aksirish, yo'talish yoki kulish payti ichki kiyimning namlanishi kuzatilayotgan bo'lsa, xavotirli emas. Bu homiladorlikning ta'siridir. Bola tug'ilgach bu holat o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketadi. 

Siydikni ushlay olmaslikka sabab homiladorlik davrida bachadon to'lib qolgan siydik pufagini ezishi va toz mushaklarining bo'shashganligidir. Imkon qadar siydik pufagini bo'shatib yuring. Vaqtida siyib yuring. Siyayotganingizda oxirida 2-3 marta yana siydik chiqarishga urinib ko'ring. Shunda siydik pufagi haqiqatan bo'shaydi. Undan tashqari askrish, kulish yoki yo'talish davomida ovoz chiqarish lozim. Shunda siydik pufagiga beriladigan kuch kamayadi. 

Bu davrda gigienaga e'tiborliroq bo'lish kerak. Bir martalik tagliklarni tez-tez almashtirish ichki kiyimda mikroblar tarqalishini oldini oladi. Tagliklar faqat paxta tolasidan tayyorlangan bo'lishi muhim. Homiladorlik davrida sintetik tagliklardan butunlay voz keching.

Toz mushaklarini kuchaytirish uchun eng yaxshi mashg'ulot Kegel mashg'ulotidir. Bu mashg'ulotlarni homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashgan holda bajarish mumkin. Tuqqandan so'ng esa, Kegel mashg'ulotlarini muntazam ravishda har kuni bajarish shart. Birinchidan, ular toz mushaklarini kuchaytiradi. Natijada siydikni ushlay olmaslik kabi nohush holat takrorlanmaydi. Ikkinchidan, kengaygan bachadon va qin mushaklarini o'z holiga tezroq qaytishini ta'minlaydi. 

Muhimi, siydik chiqib ketishini bachadondan suv ketishi bilan adashtirmaslik lozim. 

Siydik chiqib ketganida uning spesifik hidi bo'ladi. Undan tashqari siydik yuqorida aytilgan ma'lum bir keskin harakat(masalan, aksirish)dan so'ng namoyon bo'ladi. Bachadondan homila oldi suvlari esa yotgan holatda ham kelib chiqaveradi va uni siydikdan farqli ularoq mushaklarini qisgani bilan ayolning o'zi to'xtata ololmaydi. Yana bir kichik farq, siydik ichki kiyimga sarg'ish rang beradi, homila oldi suvlarining esa rangi deyarli bo'lmaydi. 

Ba'zi ayollarning ta'kidlashicha, aksirish yoki yo'talish davomida tizzalarni asta bukib biroz engashib olinsa, siydik chiqib ketishini oldini olish mumkin ekan.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • sizlar 5ta qizmisizlar oilada, sizlar ham mazza qilibsizlarda diydor shirinda baribir
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Mart 2017
    • Bugun kotta buvijonimiz bizikiga mehmonga keldilar, buvimiz bn ham rasmga tushib oldik... [image] [image]
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bolalardagi kasalliklar
    • Va aleykum assalom Miyrxan. Forumga xush kelibsiz! Qizizga alloh shifo bersin. Shina yechilgandan keyin xar 3 yoki 6 oyda massaj, elektrafarez, parafin olib turasizlar. Qiziz yurishni boshlagandan keyin maxsus yassi oyoqchalar un tufliklar sotiladi, shuni kiydirasiz. Xar 6 oyda ortaped ko'rigidan o'tkazib turasiz. Keyinchalik qiziz bemalol yurib ketgach uyda oyoq uchida, tovonda, baklajka qopqoqlari ustida yurgizib o'ziz shugullansangiz ham bo'ladi.
    • Pazandaxon
    • Oymomo's Avatar
    • Go'zallik sirlari
    • Juda xavfli parhezlar: takrorlashga urinmang Bahor kelishi bilan hamma ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin. Foto: “ Gastronom.ru” Oqsilli parhez Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan...
    • Oymomo

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...