Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkin bo'lmagan holatlar

Sog'lom homiladorlikda odatda jinsiy aloqaning zararli tomoni bo'lmaydi. Lekin ba'zi hollarda jinsiy aloqadan vaqtinchalik voz kechish muhim hisoblanadi.

Homiladorlik davomida jinsiy aloqada bo'lish quyidagi hollarda mumkin emas. Ya'ni bu holatlarda jinsiy aloqa homiladorlikni normal davom etishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi:

1. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi aniqlansa. Bu holatni shifokor ko'rigida bilsa bo'ladi. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi tufayli qon ketish ehtimoli yuqori bo'lib, jinsiy aloqa bunga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qo'shimcha faktor bo'ladi.

2. Muddatidan oldin tug'ish xavfi mavjud bo'lsa. Jinsiy aloqa tufayli bachadon qisqarishi, suv ketishi yoki bachadon yo'li ochilishiga turtki berib yuborish mumkin.

3. Qindan suyuq oq rang, qon yoki boshqa ajralmalar chiqayotgan bo'lsa. Ajralmalar sababini bilmaguncha jinsiy aloqada bo'lmaslik lozim. Chunki ba'zida ajralmalar xavfli holat belgisi bo'lishi mumkin.

4. Bachadon bo'yni rivojlanmagan yoki muddatidan oldin qisqargan bo'lsa. Ba'zi ayollarda bachadon bo'yni sust rivojlanganligi tufayli muddatidan oldin uning ochilishi kuzatiladi. Buni oldini olish yo'llari mavjud, undan tashqari jinsiy aloqada bo'lmaslik ham muhim.

5. Suv ketishi boshlangan bo'lsa. Agar bachadon shishi yorilib suv ketayotgan bo'lsa, jinsiy aloqada bo'lish aslo mumkin emas. Homilaga infeksiya kiritib yuborish xavfi yuqori bo'ladi.

6. Jinsiy infeksiyalar aniqlangan yoki ularga qarshi muolajalar olinayotgan bo'lsa. Homiladorlik davomida jinsiy infeksiyalar davolanishi muhim. Jinsiy infeksiyalar mavjud bo'lgan davrda jinsiy aloqada bo'lish homilaga zarar tegishi mumkinligi tufayli ta'qiqlanadi. 

7.  Bundan oldingi homiladorlik homila tushishi, muddatidan oldin tug'ish, yo'ldosh ajralishi bilan yakunlangan bo'lsa. Bu gal bu holatlar qaytarilmasligi ehtimoli yuqori, lekin o'tgan homiladorlikda o'sha holatlar yuz bergan davrda jinsiy aloqada bo'lmaslik maqsadga muvofiq bo'ladi. 

8. Kuchli og'riq yoki to'lg'oqlar sezilayotgan bo'lsa. Bunda jinsiy aloqa jismonan ham ayolga yoqmaydi. Undan tashqari muddatidan oldin tug'ishga olib kelishi mumkin.

9. Ayol aloqaga kirishishni istamasa. Homilador ayol organizmi juda "aqlli" bo'ladi. Agar ayolga jinsiy munosabatlar shu davrda yoqimsiz va keraksiz bo'lsa, uni bunga majburlash mumkin emas. Demak, hozir unga aloqa faqat salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

10. Agar ayol egizaklarga homilador bo'lsa. Egizaklarni ko'tarish oson emas. Normal rivojlanayotgan egizaklar ham odatda muddatidan oldin dunyoga keladi. Shuning uchun qo'shimcha turki bo'lmasligi uchun bu davrda jinsiy aloqada bo'lmaslik foydadan holi bo'lmaydi.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...